13.12.2023 yildagi 3787-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 13.12.2023 yildagi 3787-IV-son
Kuchga kirish sanasi
13.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini oʻrganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, sohada taʼsirchan nazoratni taʼminlash hamda yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bugungi kunda sohada oʻz yechimini kutayotgan masalalar ham mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekistonda 44,8 mln gektar yer maydoni, 8,3 mln. bino va inshootlarning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud bino va inshootlarning shartli kadastr qiymati 70 mlrd dollarini tashkil etsa-da, aslida ularning haqiqiy bozor bahosi bundan ancha koʻpdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish joizki, mamlakatimizda erga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, ilgari doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanilmayotgan 286,2 ming gektar yer maydoni mavjud boʻlib, mazkur holatlar joylarda masalani oʻrganishni hamda yer munosabatlarini tartibga solishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hududlarda erga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish holatini oʻrganish maqsadida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 22-dekabriga qadar har bir tuman (shahar) kesimida 1-ilovadagi* namunaga muvofiq mahalliy Kengashlar deputatlaridan iborat tarkibda hududiy ishchi guruhlarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerdan foydalanish samaradorligini ishchi guruhlar tomonidan ikki oylik reja asosida oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganishlar yakunlaridan kelib chiqib, har bir yer uchastkasi boʻyicha tuman (shahar) hokimi va yerdan foydalanuvchi oʻrtasida ijara shartnomasini tuzish (ijara shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish) yoki yer uchastkasini zaxiraga qaytarish choralarini koʻrish masalasini xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishchi guruh erga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish holatini oʻrganish ishlarini 2-ilovaga* muvofiq sxema asosida tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hududlarda tuzilgan ishchi guruhlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari 3-ilovaga* muvofiq hududlarga masʼul etib biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Qaror ilovalari berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarga biriktirilgan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolarining aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarida ishtirok etishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan va ilgari doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish holatlarini oʻrganishda mahalliy Kengashlarga koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan doimiy monitoring olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 5-martga qadar oʻrganish natijalari yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirsin hamda Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hududlarda ishchi guruhlar ishini sifatli tashkil etish hamda ularni tegishli maʼlumotlar bilan taʼminlashda amaliy yordam bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitalari hududlarda erga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari toʻliq boʻlmagan, hujjatda va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish holatini oʻrganish natijalari boʻyicha 2024-yilning 10-martiga qadar axborot tayyorlasin hamda Oliy Majlis palatalari Kengashlariga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 13-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3787-IV-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-642-IV-son