1-ILOVA
1. | A. Abduxakimov | — | ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Idoralararo ishchi guruh rahbari |
2. | B. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
3. | Sh. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
4. | B. Yuldashev | — | Fanlar akademiyasi prezidenti |
5. | K. Karimov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari |
6. | O. Fazilkarimov | — | iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
7. | N. Xolboʻtayev | — | Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri |
9. | F. Abduxalikov | — | Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori |
10. | R. Kurbanov | — | Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
11. | S. Saidov | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
12. | A. Eminov | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori |
13. | Sh. Sirojiddinov | — | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori |
14. | J. Eltazarov | — | “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, Idoralararo ishchi guruh masʼul kotibi |
2-ILOVA
Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Ijro uchun masʼullar | |
I. “Uzacademy” Internet platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni takomillashtirish | |||||
1. | “Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) Internet platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) faoliyatini tashkil qilish. Bunda: Platformada taʼlim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilish; xorijda oʻzbek tili va madaniyati boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning yagona bazasini shakllantirish; Platformani zaruriy axborot, oʻquv qoʻllanma, adabiyot, audio va videomateriallar bilan toʻldirish; Platforma faoliyatini doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ ajratish tartibini belgilash nazarda tutiladi. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil aprel | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. | Platformada taʼlim beradigan oʻqituvchilarga ish haqi toʻlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2024-yil may | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (O. Fazilkarimov) |
3. | Platformaga atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni joylashtirib borish, shuningdek, xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda oʻzbek tili hamda madaniyati oʻqitiladigan “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini ushbu filmlar bilan (ingliz va rus tillarida subtitrlari bilan) taʼminlab borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil maydan boshlab doimiy ravishda | Kinematografiya agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar | Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
4. | Platformani oliy taʼlim tashkilotlari va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining raqamli kutubxonalari bilan integratsiya qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil avgust-oktabr | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi (U. Teshabayeva), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar |
5. | Platforma orqali onlayn darslar, maʼruza va taqdimotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish. | Dars jadvalini tuzish | 2024-yil apreldan boshlab har yili aprel oyida | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) |
6. | Platformada Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanallari koʻrsatuvlarini namoyish qilib borish imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
7. | Platformada “Yangi Oʻzbekiston — uning tarixi, buguni va kelajagi” mavzusida taqdimot oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil iyundan boshlab doimiy ravishda | - | Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) |
II. Xorijiy mamlakatlarning taʼlim va ilmiy muassasalarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini (keyingi oʻrinlarda — kafedralar) tashkil qilish va rivojlantirish | |||||
8. | Xalqaro tajribani oʻrgangan holda har bir markaz va kafedra faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan jihozlar, oʻquv-qoʻllanmalar va adabiyotlarning standart toʻplami roʻyxatini tuzish va tasdiqlash. | Standart toʻplam roʻyxatini shakllantirish | 2024-yil mart | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
9. | Markazlar va kafedralarda tashkil etiladigan mashgʻulotlar oʻquv rejasi hamda oʻtkaziladigan tadqiqotlar mavzularini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Oʻquv reja va tadqiqotlar mavzularini shakllantirish | 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) |
10. | Markazlar va kafedralarni tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan xorijiy mamlakatlar va ulardagi taʼlim (ilmiy) tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish. | Axborot-tahliliy maʼlumot | 2024-yil mart | - | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov) |
11. | Markazlar va kafedralarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda quyidagilar orqali ilmiy-tadqiqot va taʼlim dasturlarini kuchaytirish: qisqa intensiv maʼruzalar tashkil qilish; qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish; yosh tadqiqotchilarga oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etish (ilmiy daraja olish maqsadida). | Chora-tadbirlar rejasi | 2024-yil fevral | - | Ishlab chiqish uchun — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) Amalga oshirish uchun — markazlar va kafedralar, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Tarix instituti |
12. | Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganayotgan xorijlik talabalarning taniqli oʻzbek yozuvchi hamda shoirlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, ular ishtirokida “Adabiy kecha” va “Sheʼriy mushoira” kabi tadbirlar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda | Davlat budjeti, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
13. | Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish maqsadida broshyura, buklet va boshqa tarqatma targʻibot materiallarini tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda | Davlat budjeti, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
14. | Platforma, markazlar va kafedralarda Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlariga bagʻishlangan maʼruzalarni tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil apreldan boshlab doimiy ravishda | - | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |