28.12.2023 yildagi PQ-415-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarini qisqartirish, aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi “IT-Med” davlat muassasasini tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tugatilayotgan “IT-Med” davlat muassasasining vazifa va funksiyalarini “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MChJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) zimmasiga yuklash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “IT-Med” davlat muassasasining asosiy vazifa va funksiyalari oʻtkazilishi munosabati bilan quyidagilarni Yagona integratorning qoʻshimcha vazifalari etib belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xalqaro tajriba asosida sogʻliqni saqlash tizimida biznes jarayonlarini raqamlashtirish orqali maqbullashtirish va soddalashtirish hamda bu boradagi mexanizmlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ularning boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va farmatsevtika sohasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan axborot tizimlarini rivojlantirish va xorijiy moliya tashkilotlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlari, konsepsiyalari, shuningdek, boshqa loyiha va loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida investorlar, biznes hamkorlar va autsorsing xizmatlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “IT-Med” davlat muassasasi tomonidan amalga oshirilayotgan joriy loyihalar boʻyicha, shu jumladan tuzilgan shartnomalar doirasida huquq va majburiyatlarni toʻliqligicha Yagona integratorga oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Milliy raqamli sogʻliqni saqlash tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Davlat budjeti parametrlarida sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish boʻyicha mablagʻlar ajratishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “IT-Med” davlat muassasasi tugatilishi munosabati bilan ishdan boʻshaydigan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-140-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va “KfW” banki oʻrtasida tuzilgan bitimlar asosida “Raqamli sogʻliqni saqlash islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha doirasida Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) ishlab chiqilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Platformani yaratish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi etib — Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operator hamda uni yaratish, joriy etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlashga masʼul etib — Yagona integrator;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Platformani yaratish, joriy etish, texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbasi etib — Loyihani amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarz va boshqa mablagʻlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan dorixonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich Platformaga ulanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash sohasidagi axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish majburiy tarzda Yagona integrator bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab raqamli sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish va saqlab turish maqsadida Platformada qayd etilgan har bir sugʻurta va boshqa holatlar (shu jumladan, imtiyozli yoʻllanmalar) bilan bogʻliq maʼlumotlarni ishlash va qayta ishlash uchun Yagona integratorga Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasidan davlat tibbiyot muassasalariga toʻlanadigan mablagʻlarning 0,3 foiz miqdorida komissiya toʻlovi ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Yagona integratorga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun apparat va dasturiy komplekslarni, axborot tizimlarini, muhandislik infratuzilmasini, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda davlat tibbiyot muassasalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va texnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy-apparat komplekslari, axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmasi boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasida uskunalar, butlovchi qismlar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish va tegishli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-140-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi “muvofiq” soʻzidan keyin “tasdiqlansin” soʻzi bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov va raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-415-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Milliy raqamli sogʻliqni saqlash tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbasi

Loyiha qiymati

Masʼul vazir oʻrinbosari

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini avtomatlashtirish talablarini ishlab chiqish, “Elektron poliklinika” axborot tizimini takomillashtirish.

1. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi mavjud axborot tizimlarini oʻrganib chiqish va ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish.

2024-yil may

Davlat budjeti mablagʻlari

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil avgust

3. Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil fevral

2.

“Elektron shifoxona” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

1. Statsionar tibbiyot muassasalaridagi mavjud axborot tizimlarini oʻrganib chiqish va ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish.

2024-yil iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil sentyabr

3. Statsionar tibbiyot muassasalari axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil fevral

3.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatini avtomatlashtirish.

1. Markazlarda mavjud axborot tizimlarini oʻrganib chiqish va ishlab chiqilishi koʻzda tutilgan axborot tizimlariga texnik talablarni shakllantirish.

2024-yil dekabr

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil fevral

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2025-yil sentyabr

4.

Sogʻliqni saqlash vazirligining mobil ilovasini takomillashtirish.

1. Mobil ilovadagi interaktiv xizmatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil mart

Xalqaro moliya institutlari kreditlari, Davlat budjeti mablagʻlari

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Xatlov yakunlari yuzasidan mobil ilovada yangi interaktiv xizmatlarni ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

5.

Respublika raqamli sogʻliqni saqlashning FNIR (Fast Nealthcare Interoperability Resources) xalqaro standarti asosida sogʻliqni saqlash axborot tizimining yagona platformasini yaratish.

1. Tibbiy maʼlumotlarni uzatish tizimlarini yaratish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

2024-yil fevral

“KfW” bankining kredit mablagʻlari

15,6 mln yevro

(“KfW” banki bilan kelishil-gan holda)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil iyul

3. Sogʻliqni saqlash yagona platformasini ishga tushirish.

2024 — 2026-yillar

6.

Tibbiyot muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimini yaratish (“Elektron shifoxona” axborot tizimi).

1. Loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil avgust

“KfW” bankining kredit mablagʻlari

4,5 mln yevro (“KfW” banki bilan kelishil-gan holda)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. “Elektron shifoxona” axborot tizimini markaziy shifoxonalarga joriy etish.

2024 — 2026-yillar

7.

“Diagnostik tasvirlar almashinuvi, arxivi va teleradiologiya” milliy axborot tizimini yaratish.

1. Respublika boʻyicha tibbiy tasvirlar arxivi tizimi (keyingi oʻrinlarda “PACS”) serverlar arxitekturasini yaratish.

2025-yil sentyabr

“KfW” bankining kredit mablagʻlari

6,6 mln yevro

(“KfW” banki bilan kelishil-gan holda)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil dekabr

3. “Diagnostik tasvirlar almashi�uvi, arxivi va teleradiologiya” milliy axborot tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2026-2027-yillar

8.

“Elektron retsept” tizimini joriy etish.

1. “Elektron retsept” tizimi doirasida faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari roʻyxati hamda davlat va xususiy dorixonalarni ushbu tizimga ulash tartiblarini tasdiqlash.

2024-yil iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Davlat va xususiy dorixonalarda “Elektron retsept” tizimini joriy etish.

2024-2025-yillar

9.

Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratish.

Elektron reyestrni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-yil dekabr

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

10.

Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʻyxatini yuritishga moʻljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini rivojlantirish va joriy etish.

1. Onkologik kasalliklarga chalingan mavjud bemorlarning maʼlumotlarini raqamlashtirish boʻyicha axborot tizimi ishlab chiqish.

2024-yil oktyabr

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini reja grafikka asosan joriy etish.

2024-2025-yillar

11.

“Elektron tibbiy taʼlim” platformasini yaratish.

1. Raqamli sogʻliqni saqlash tizimi doirasida “Elektron tibbiy taʼlim” platformasining texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil iyul

Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Elektron platformani ishlab chiqish va joriy etish.

2025-2026-yillar

12.

“Laboratoriya” axborot tizimini joriy etish.

Axborot tizimini dastlabki talqinini ishlab chiqish va joriy etish.

2024-2025-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

13.

Sogʻliqni saqlash vazirligi yagona platformasida yaratilayotgan maʼlumotlar monitoringini olib borish, “BI” dashbordlarni joriy etish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish va texnik talablarni ishlab chiqish.

2024-yil sentyabr

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari,

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. “BI” dashbordlarni joriy etish.

Reja grafikka asosan

14.

Tibbiyot muassasalari xodimlarining kompyuter savodxonligi va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish yuzasidan oʻqitish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Kompyuter savodxonligi boʻyicha oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

“KfW” bankining grantlari

1,5 mln yevro

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqib tasdiqlash.

2024-yil noyabr

3. Reja asosida oʻqitish ishlarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

15.

Amalda mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish.

Xodimlarning raqamli texnologiyalar boʻyicha koʻnikmalarini oshirish maqsadida ularni rivojlangan mamlakatlarning oʻquv kurslari va amaliy treninglarida oʻqitish choralarini koʻrish.

Reja-jadval asosida

“KfW” bankining grantlari

1,0 mln yevro

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

16.

Barcha hududlardagi statsionar davolash muassasalarida ichki lokal tarmoqlarni tashkil etish ishlarini yakunlash.

Bosqichma-bosqich statsionar davolash muassasalarida ichki lokal tarmoqlarni tashkil etish.

2025-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, respublika va mahalliy budjet mablagʻlari

Hisob-kitoblar asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

17.

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida Tibbiyot axborot tizimining yangilangan shaklini hududlarda joriy etish.

1. Hududlarda ambulator tibbiyot muassasalarida aholini oilaviy shifokorlarga biriktirish, onlayn qabulga yozish, qabullarni amalga oshirish jurnallarini yuritishni elektron shaklga oʻtkazish, oilaviy shifokorlardan tor doiradagi mutaxassislarga va ambulator tashkilotlardan shifoxonalarga yoʻllanmalar berish imkoniyatlarini yaratish.

2024-yil sentyabr

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Hududlarda statsionar muassasalarda bemorlarni yotqizish, tibbiy statistik shaklini elektron toʻldirish, Davlat tibbiyot sugʻur�a jamgʻarmasiga maʼlumotlar uzatish imkoniyatlarini yaratish.

2024-yil oktyabr

3. Sinov natijalariga asosan Tizimni respublikaning barcha ambulator va statsionar tibbiyot muassasalarida toʻliq joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib Loyiha ofisiga kiritish.

2024-yil dekabr

18.

“Tibbiy asbob-uskuna va jihozlarning hisobi va nazorati” axborot tizimini yaratish.

Respublikadagi barcha davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni xatlovdan oʻtkazish va tizimga kiritish.

2024-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

19.

“Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati” axborot tizimini yaratish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil mart

Xalq�ro moliya institutlari mablagʻlari,

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil sentyabr

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-2025-yillar

20.

Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil fevral

Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grant va kreditlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Homiladorlik paytida va tugʻuruqdan keyingi birinchi yilda oʻtkazilgan tekshiruvlar va diagnostika maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish.

2024-yil sentyabr

3. Axborot tizimining Raqamli sogʻliqni saqlash yagona platformasiga integratsiyalashuvini amalga oshirish.

2024-2025-yillar

21.

“Nefrologik kasalliklar yagona reyestri va gemodializ uchun sarflov m�teriallari monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-yil noyabr

3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

22.

“Mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarning reyestri va sarflov materiallari monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-yil noyabr

3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

23.

Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralari transplantatsiya qilingan bemorlarni reyestri va sarflov materiallari monitoringi axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Axborot tizimining loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.

2024-yil iyul

Davlat budjeti mablagʻlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(O. Fozilkarimov)

2. Axborot tizimini ishlab chiqish va reja grafikka asosan joriy etish.

2024-yil noyabr

3. Axborot tizimini tegishli tizimlar bilan integratsiya qilish.

2024-yil dekabr

24.

Yagona portalda dori vositalari va ularning analoglari toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini yaratish.

1. Loyihaoldi oʻrganish ishlarini amalga oshirish.

2024-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grant va kreditlari

Hisob-kitoblarga asosan

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(O. Omonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(O. Pekos),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(N. Xolmurodov)

2. Texnologik yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil may

3. Dori vositalari va ularning analoglari toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyul

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4055-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5000-son qarorining 3, 4 va 7-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-140-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi hamda qarorga 4-ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/415/0988-son)