27.11.2023 yildagi PF-200-son
ONLINE TRANSLATE

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish

1.

Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asoslarini yanada takomillashtirish.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va boshqa davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi;

davlat organlarida majburiy ravishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini amalga oshirish talablari;

korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari;

davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarning asosiy vazifalari;

siyosiy partiyalarning moliyalashtirilishining ochiq va shaffofligi hamda saylov jarayonlaridagi korrupsiyaning oldini olish choralari;

davlat boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etish va ularga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha mexanizmlarini belgilash.

2024-yil may

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

2.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markaz” faoliyatini takomillashtirish.

Fuqarolar tomonidan korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi “Call-markaz”ga qilingan qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va ovozli xabar qoldirish imkoniyatini yaratish.

2024-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Korrupsiyaga oid xabarlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Korrupsiya to‘g‘risida xabar beruvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, korrupsiya bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash imkoniyatini beruvchi yagona markazlashtirilgan elektron tizimni yaratish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

4.

Davlat organlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul xodimlarini onlayn o‘qitishga mo‘ljallangan “Open data” elektron ta’lim platformasini ishga tushirish.

Elektron ta’lim platformasi dasturiy ta’minotini yaratish hamda ochiqlikni ta’minlash sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda o‘quv modullarini ishlab chiqish, shuningdek, platforma orqali davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlarini o‘qitishni tashkil etish.

2024-yil fevral

Grant mablag‘lari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

5.

Davlat organlari va tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushayotgan mablag‘larning sarflanishi ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

Davlat organlari va tashkilot�ari budjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushayotgan mablag‘lar (jarima, davlat mulkini ijaraga berish va sotish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va boshqa), ularning sarflangan maqsad va yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlar portali va rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

6.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini monitoring qilish va baholash mexanizmlarini takomillashtirish.

Quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjati loyihasini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarning faoliyatini baholash mezonlarini takomillashtirish;

ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishini baholashda “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbiri natijalarini hisobga olish.

2024-yil iyun

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev)

7.

Davlat organlari va tashkilotlari ochiqlikligini ta’minlash faoliyati ustidan nazorat tizimi samaradorligini oshirish.

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofaviy monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2024-yil iyun

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

II. Davlat xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish

8.

Vazirlik va idoralarning inson resursini rivojlantirish va boshqarish faoliyatini raqamlashtirish.

Byurokratik to‘siqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirish maqsadida vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyatini hrm.argos.uz elektron bazasi orqali amalga oshirish.

Bunda:

tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish;

shaxsiy tarkibga oid buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar loyihalarini ishlab chiqish;

xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy o‘qitish;

kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish.

2023-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(O. Xasanov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

vazirlik va idoralar

III. Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olish

9.

Ma’muriy tartib-taomillarning bir xilda qo‘llanilishi bo‘yicha davlat organlarida yagona yondashuvni shakllantirish.

Davlat organlari va tashkilotlarida ma’muriy tartib-taomillarni bir xilda tashkil etish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda yetkazilishini ta’minlash.

2023-yil dekabr

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

10.

Sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining, ularning mansabdor shaxslarining bekor qilingan noqonuniy qarorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlash.

Sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan qarorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakuni bilan rasmiy veb-saytda ochiq e’lon qilib borish.

Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15 sanasiga qadar

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

IV. Davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olish

11.

Davlat xaridlari tartib-taomillarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash.

Davlat xaridi jarayonidagi ishtiroki bilan bog‘liq holatda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan yoki manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan, davlat xaridi ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxslari yoki ta’sischilarini Insofsiz ijrochilar reyestriga kiritish hamda ushbu shaxslar boshqaruvidagi yoki benefitsiar ta’sischiligida bo‘lgan boshqa yuridik shaxslarning ham davlat xarididagi ishtirokini cheklash bilan bog‘liq tartibni joriy qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

12.

Davlat xaridlarida tovar (ish va xizmatlar)ning narxlarini nazorat qilish mexanizmlarini yaratish.

1. Davlat xaridlari tartib-taomillarini amalga oshirishda tovarning (ishning, xizmatning) boshlang‘ich narxini davlat xaridlarining maxsus axborot portalida e’lon qilingan narxlar asosida shakllantirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Davlat xaridlarida tovar (ish va xizmatlar)ning boshlang‘ich narxini belgilashning namunaviy tartibini ishlab chiqish. Bunda, tovar (ish va xizmatlar)ning boshlang‘ich narxlarini maxsus axborot portalida e’lon qilib borish amaliyotini joriy etish.

2023-yil dekabr

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Statistika agentligi

(B. Begalov),

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi

(Sh. Sharaxmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda yagona yetkazib beruvchilarni belgilashning shaffof tizimini yaratish.

1. Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqish reglamentini ishlab chiqish. Bunda:

amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish kiritgan holda Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun vakolatli organ va tegishli mas’ul vazirlik, idoralarning mas’ullaridan iborat komissiyani tuzish hamda ushbu komissiya ish faoliyatini “Xarid.mf.uz” platformasi orqali elektron tarzda ko‘rib chiqish mexanizmini joriy qilish;

yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi ariza va unga ilova ma’lumotlarni Davlat xaridlari markaziy axborot portalida ochiq e’lon qilish, majburiy jamoatchilik muhokamasini o‘tkazish, mazkur ariza bo‘yicha jamoatchilik vakillarida o‘z fikr va e’tirozlarini portalda qoldirish imkoniyatini yaratish;

yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalarini (qanoatlantirilganlar va rad etilganlar asoslari) Davlat xaridlari markaziy axborot portalida ochiq e’lon qilish.

2. Yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish jarayonlarini elektronlashtirish, ya’ni maxsus axborot portali orqali tuzilishini joriy qilish.

2024-yil yanvar

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlarining sudlarda ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona amaliyotni shakllantirish.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘rish amaliyotini umumlashtirib, bu toifadagi ishlarni ko‘rishda yagona amaliyotni shakllantirish bo‘yicha sudlarga zaruriy tavsiyalarni ishlab chiqish.

2024-yil may

-

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Davlat organlari va tashkilotlarga tegishli korporativ bank kartalari orqali xaridlarni amalga oshirish jarayonini tartibga solish.

Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil aprel

-

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

16.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida autsorsing xizmatlari ko‘rsatishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida autsorsing xizmatlari ko‘rsatishning yagona tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

autsorserlarni tanlab olish, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirishning ochiq va shaffof mexanizmlarini, shu jumladan yagona elektron platforma joriy etishni;

autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlarini;

autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring qilish mexanizmlarini;

autsorsing xizmatlarini tashkil etish va o‘tkazishda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlarini belgilash.

2024-yil mart

-

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

vazirlik va idoralar

17.

Davlat xaridlari sohasida qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Agentlik vakolati doirasida aniqlagan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;

Agentlikka davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgan holda tuzilgan bitimni, qabul qilingan qarorni hamda boshqa hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish yoki ularni haqiqiy emas deb topish haqida davlat bojidan ozod etilgan holda sudga da’vo kiritish vakolatini berish;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda davlatga yetkazilgan zararning hamda haqiqiy emas deb topilgan hujjatning ijrosi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rni aybdor mansabdor shaxsdan undirib olish;

davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi holatlari aniqlanganda Agentlikning taqdimnomasiga asosan xarid qilish tartib-taomillarni to‘xtatib turishni nazarda tutish.

2024-yil iyun

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

V. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olish

18.

Korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarda “Korrupsiyasiz soha” loyihalarini amalga oshirish.

Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash:

sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish;

korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;

sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish;

korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish.

2023-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Korrupsiyaga qarshi k�rashish agentligi

(A. Burxanov),

vazirlik va idoralar

19.

Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish.

NEMIS axborot tizimi orqali anonim so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan oliy ta’lim muassasalarining har yilgi korrupsiyaga qarshi kurashish reytingini aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Reyting natijalari bo‘yicha salbiy ko‘rsatkich qayd etgan oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va ijroga qaratish.

2023-yil dekabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

VI. Korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional asoslarini takomillashtirish

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, tanqidiy va ekspert salohiyatini kuchaytirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish:

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasini bosqichma-bosqich shakllantirish;

ilmiy-metodik materiallarni ishlab chiqishga xorijiy ekspertlar va maslahatchilarni jalb etishni muvofiqlashtirish;

milliy ekspertlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro akademiyasi (IACA) va boshqa xalqaro ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil etish.

2024-yil ya�var

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(E. Kolenko),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov)

VII. Sud-huquq tizimida korrupsiyaning oldini olish

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldini olish.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishiga imkoniyat yaratib berayotgan funksiya va vazifalarini tahlil qilib, ularni sudlarga o‘tkazish yoki raqamlashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlarni minimallashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2024-yil may

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

vazirlik va idoralar

VIII. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

22.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish.

1. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar va ijtimoiy buyurtmalar soni va ajratilayotgan mablag‘lar miqdorini oshirish.

2. Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan e’lon qilinadigan davlat grantlari ajratish uchun tanlovlarda muntazam ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi mavzular kiritish.

2023-2024-yillarda

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashlari

(kelishuv asosida),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(K. Ishanxodjayev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

3. Nodavlat notijorat tashkilotlarini sohaga oid o‘zgarishlardan xabardor qilib borish maqsadida mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tizimli ravishda seminarlar tashkil etib borish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

(E. Kolenko),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

(K. Ishanxodjayev)

23.

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida keng ko‘lamli “Aksilkorrupsiya haftaligi”ni o‘tkazish.

“Aksilkorrupsiya haftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning samarali amalga oshirilishini tashkil etish.

Har yili noyabr-dekabr oylarida

Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

24.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini aniqlash va oshirish maqsadida tizimli ravishda ijtimoiy tadqiqotlar va so‘rovlar tashkil etib borish va natijalarini keng jamoatchilikka e’lon qilish.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi va boshqa nodavlat tashkilotlar ishtirokida aholining korrupsiyaga munosabatini va olib borilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasini o‘rganish yuzasidan so‘rovnomalar tashkil etish.

Bunda, so‘rovnomalar mavzusi tanlashda korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlash, amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga baho berish, fuqarolarning korrupsiyaga nisbatan munosabatini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratish.

Har yarim yilda

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi

(N. Raximova)

25.

Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish yuzasidan yillik reja-jadvalni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash.

2023-yil dekabr

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov),

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

(A. Ikramov),

vazirlik va id�ralar

26.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan natijalarni muhokama qilish va tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish.

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, korrupsiya holatlariga duch kelganda qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirish va amaliy ko‘mak berish, sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, erishilayotgan natijalar va kelgusi vazifa-maqsadlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan maxsus teleko‘rsatuv, tok-shoularni efirga uzatishni yo‘lga qo‘yish.

Alohida reja jadvalga asosan 2023-2024-yillarda

-

MTRK

(A. Xadjayev),

Milliy media assotsiatsiyasi

(Sh. Qudratxo‘ja)

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(A. Xodjayev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

vazirlik va idoralar

IX. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

27.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi doirasida o‘tkaziladigan 5-bosqich monitoring chora-tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish.

Monitoring o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rish.

2023-yil dekabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

vazirlik va idoralar

28.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro moliya-tijorat bitimlarini amalga oshirishda xorijiy mansabdor shaxslarga pora berishga qarshi kurashish bo‘yicha konvensiyasiga qo‘shilish masalasini o‘rganish.

1. Konvensiyaga qo‘shilish yuzasidan milliy ekspertlar guruhini shakllantirish.

2. Konvensiyaga qo‘shilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil avgust

-

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

vazirlik va idoralar

29.

“Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lish masalasi bo‘yicha asoslantirilgan taklif ishlab chiqish.

1. “Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lish yuzasidan mas’ul davlat idoralari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2024-yil fevral

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

vazirlik va idoralar

2. “Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkiloti vakillari bilan a’zo bo‘lish shartlari, mavjud salohiyatni tahlil qilish hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni muhokama qilish.

2024-yil aprel

3. “Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasini a’zo bo‘lishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

2024-yil iyun

30.

“O‘zbekiston — 2030” Strategiyasidan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish bo‘yicha davlatning istiqboldagi asosiy yo‘nalishini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish:

korrupsiya kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash va ularni tahlil qilish;

amaldagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan mexanizmlarning samaradorligini baholash va ularni takomillashtirish;

jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish.

2024-yil mart

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

vazirlik va idoralar

1-ilova quyidagi mazmundagi 36 — 40-pozitsiyalar bilan to‘ldirilsin:

36.

Hududlar kesimida “Haj” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami va ziyorat turi) ma’lumotlar.

Rasmiy veb-sayt

har chorakda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

37.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy maktabgacha va ta’limi boshqarmalari

38.

Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat)

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

39.

Bo‘sh ish o‘rinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida), ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har oyda

Davlat organlari va tashkilotlari

40.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har yarim yillikda

Davlat organlari va tashkilotlari

.