15.11.2023 yildagi 598-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 15-bandida davlat sport-ta’lim muassasalarida xo‘jalik, jumladan, sportchi-o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatlarini autsorsing asosida amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
mazkur qarorga 1-ilovada keltirilgan autsorsingga o‘tkaziladigan xizmatlarni sport-ta’lim tashkilotlarida joriy qilish choralarini ko‘rsin;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-sentabrdagi PQ-3953-son qaroriga muvofiq davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatida nazarda tutilgan ishlar yoki xizmatlar bo‘yicha autsorser buyurtmachi huzurida faoliyat ko‘rsatadigan Xarid komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Xarid komissiyasi) tomonidan katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va moddiy-texnik bazasiga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik bergan holda ularning narxlarni o‘rganish orqali aniqlanadi.
20. Agar taklif O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni va xarid hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lsa, u Xarid komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan deb topiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Buyurtmachi

1. Toq sonli va kamida besh nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.

2. Autsorserni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Buyurtmachi

Xarid hujjatlari, shartnoma va autsorserni tanlash haqidagi e’lonning matnini ishlab chiqib, Xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda taqdim etadi.

Autsorserni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng uch kun ichida

3-bosqich

Xarid komissiyasi

Xarid hujjatlari, shartnoma va autsorserni tanlash haqidagi e’lonning matnini ko‘rib chiqadi va kelishilgan hujjatlarni buyurtmachiga yuboradi.

Uch kun ichida

4-bosqich

Buyurtmachi

1. Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.

1. Bir kun ichida

2. Xarid hujjatlari, shuningdek, autsorserni tanlash haqidagi e’lonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.

2. Talabgorlarning takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kunidan oldin

5-bosqich

Talabgor

Elektron taklifni o‘zining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.

E’londa ko‘rsatilgan muddatdan kechiktirmay

6-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Talabgor taklif etayotgan narxning boshlang‘ich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning to‘ldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.

Takliflarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar

2. Talabgor tomonidan taklif etilayotgan narx boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lsa, shuningdek, to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan maydonlar to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki biriktirilishi majburiy bo‘lgan fayllar mavjud bo‘lmasa, rad etish sababini ko‘rsatgan holda talabgorning taklifini rad etadi.

3. Taklif talablarga mos kelmaganligi to‘g‘risidagi qarorni talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunda

7-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Tanlash to‘g‘risidagi taklifning miqdoriy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi.

1. Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

2. Takliflarni ko‘rib chiqish hamda baholash natijalari bo‘yicha dastlabki elektron bayonnomani shakllantiradi.

2. Avtomatik tarzda

8-bosqich

Xarid komissiyasi a’zolari

Dastlabki elektron bayonnomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaydi.

Takliflar berish tugagan paytdan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda

9-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

1. Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.

1. Avtomatik tarzda

2. Elektron bayonnoma muhokamasini o‘tkazadi.

2. Ikki ish kuni ichida

10-bosqich

Xarid komissiyasi

Talabgorlar tomonidan tanlov o‘tkazish natijalari bo‘yicha e’tirozlar tushmagan bo‘lsa, bu to‘g‘risida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.

Ikki ish kuni ichida

11-bosqich

Buyurtmachi

G‘olib deb topilgan talabgor bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.

Un ish kuni ichida

12-bosqich

Davlat xaridlarining elektron tizimi

Tuzilgan shartnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.

Avtomatik tarzda