15.11.2023 yildagi 601-son
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
Ariza beruvchidan ushbu Reglamentga 3-ilovada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 12-bandi birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato hamda kamchiliklar bartaraf etilmaganda;

1. Soliq to‘lovchining yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari bo‘yicha:

1.1. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov:

soliq deklaratsiyasi;

talaba bilan O‘zbekiston Respublikasi professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (mavjud bo‘lganda);

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.2. Farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar:

soliq deklaratsiyasi;

ariza beruvchi bilan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar o‘rtasida to‘lov asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.3. Soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish:

soliq deklaratsiyasi;

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.4. Olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha:

soliq deklaratsiyasi;

ipoteka kredit shartnomasi;

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.5. Fuqarolarning Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga:

soliq deklaratsiyasi;

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

2. Soliq to‘lovchining soliq davri davomida quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari bo‘yicha:

2.1. Xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot a’zosi sifatida:

soliq deklaratsiyasi;

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

2.2. Qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlar:

soliq deklaratsiyasi;

nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursni tugatganlik to‘g‘risida berilgan hujjat;

mablag‘lar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.