15.09.2023 yildagi 475-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari oʻrnatilishini qoʻshimcha ragʻbatlantirish, hamda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-maydan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga muvofiq elektr energiyasining yirik isteʼmolchilari — yuridik shaxslar tomonidan tungi davrda (soat 2200 dan 2400 gacha va soat 0000 dan 0600 gacha) foydalanilgan elektr energiyasi uchun toʻlovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvchi koeffitsiyentni koʻllash orqali hisob-kitob qilinishi oʻrnatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish tariflarini hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz isteʼmolchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish xizmatlari va boshqa tariflarni qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqova suv xizmatlariga, shahar yoʻlovchilar tashish transportida (bundan yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar mustasno) yoʻlovchilar tashish xizmatlariga yangi tariflarni belgilash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, issiqlik taʼminoti xizmatlarining aholi uchun belgilanadigan narxlari joriy kuz-qish mavsumida oshirilmasligi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur bandda belgilangan tariflarni qayta koʻrib chiqishda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda neft-gaz va energetika sohasini rivojlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslarini yetkazib berish sifatini yaxshilash va ularning narxlarini takomillashtirishga oid mavzularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha media-rejani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-oktabrga qadar energiya resurslari isteʼmolini maqbullashtirish, yoʻqotishlarini kamaytirish va ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 20-oktabrga qadar texnologik jarayonlarni hamda material va xom ashyo resurslarini sarflash normalarini, foydalanish va ishlab chiqarishga oid boʻlmagan xarajatlarni qisqartirish dasturini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-noyabrga qadar energetika korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini oʻrtacha 8 — 10 foizga qisqartirishni nazarda tutuvchi maqsadli koʻrsatkichlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-noyabrga qadar uy xoʻjaliklarida elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash, ulardan samarali foydalanish loyihalari uchun 2024-yilda imtiyozli resurslarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-dekabrga qadar elektr energiyasi va tabiiy gazni isteʼmolchilarga uzatishdagi yoʻqotishlarni hisoblash uslubiyatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-dekabrga qadar energetika korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini maqbullashtirish, ularning samaradorligini oshirish va xaridlar jarayonlari shaffofligini tashkil qilish orqali investitsiya xarajatlarini qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tizimli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda tarif oshishi bilan bogʻliq muammolarni oldindan aniqlab, ularni joyida hal qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida chakana narxlar keskin oshib ketishining oldi olinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik sanoat va infratuzilma obyektlari, shu jumladan elektr stansiyalari yoqilgʻi bilan uzluksiz taʼminlanishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlarini energiya resurslari bilan taʼminlashda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tariflar oshishining iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga taʼsiri, shu jumladan isteʼmol tovarlari narxlari keskin oshishining oldini olish, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini va ishlab chiqariladigan mahsulotlarga sarf qilinadigan energiya resurslari miqdorini kamaytirish boʻyicha choralarni belgilab borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishchi guruh (Ramatov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tizimli ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining holatini oʻrganib, ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari hamda qurilmalarini kapital taʼmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin hamda mazkur ishlarning yakunlari boʻyicha obyektlarni qabul qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur vazifalarni amalga oshirishda vujudga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) har oʻn kunda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi hamda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunalari tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga toʻliq ulanganligini va onlayn rejimda maʼlumotlar uzatilayotganligini qatʼiy nazorat qilib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy ulanish, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj qilish va noqonuniy isteʼmol qilishning boshqa holatlarini, shuningdek, ularni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish va oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini yanada kuchaytirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi bir kub metr uchun 2024-yil 1-iyungacha 3 350 soʻmdan, 2024-yil 1-avgustgacha 3 750 soʻmdan oshib ketmasligi boʻyicha qatʼiy choralar koʻrsin;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-maydagi 301-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, onlayn rejimda maʼlumotlar uzatmayotgan, chakana sotishda cheklangan narxning asossiz oshirilishiga, noqonuniy ulanishga, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-toroj va noqonuniy isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻygan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berishni toʻxtatish choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-fevraldagi PQ-54-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari Sh.A. Aminov mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosini samarali tashkil qilishga shaxsan javobgar ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi PQ-157-son qaroriga muvofiq tabiiy gaz hajmining aniq hisobini yuritish maqsadida tabiiy gazni qabul qilish va uzatishning barcha nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlarni oʻrnatish, ularni soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimini joriy etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi hamda Energetika vazirligiga tabiiy gazni qazib olishdan yakuniy isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish orqali uning aniq hisobini yuritish boʻyicha ishlar lozim darajada olib borilmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov bu borada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “UzGasTrade” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarining mahsulot sotishdan tushadigan barcha tushumlari Yagona gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi qaroriga asosan belgilanadigan mablagʻlar taqsimoti asosida Yagona gʻazna hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlar shu kunning oʻzida mazkur korxonalarning xizmat koʻrsatuvchi banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi elektr energiyasi va tabiiy gazni yakuniy isteʼmolchilarga sotishdan tushadigan tushumlar mazkur korxonalarning Yagona gʻazna hisobvaragʻida yuritiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga tushishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Energetika vazirligi ushbu qarorga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi narxlari barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilansinki, ushbu qaror 2023-yil 1-oktabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
475-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga
2-ILOVA

Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

2.

J.T. Mirzamahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Kelishuvga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

4.

Kelishuvga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

5.

B.B. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

6.

L.Sh. Kudratov

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

7.

A.D. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri

8.

Sh.Sh. Sharaxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

9.

Lavozimi boʻyicha

Yoqilgʻi-energetika sohasi korxonalari rahbarlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga
3-ILOVA

Energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh raisi

2.

Kelishuvga kura

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, Ishchi guruh raisi oʻrinbosari

3.

P.R. Bobojonov

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

4.

Kelishuvga kura

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari

5.

J.T. Mirzamahmudov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

6.

I.I. Norqulov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Kelishuvga kura

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti direktori

8.

I.A. Nimatullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligi, Ishchi guruh ishchi organi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh.

Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh ishchi organi ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga
4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARTIRISHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarining narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-iyuldagi 633-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. 2019-yil 15-avgustdan boshlab Ai-91 markali avtomobil benzini birja savdolari orqali sotiladigan tartib belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentabrdagi 475-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 30-iyundagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turish haqida” 2022-yil 14-iyuldagi 387-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2023-y., 09/23/475/0708-son; 17.04.2024-y., 09/24/204/0277-son, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)