Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.2021 15.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1497
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining Qarori, 15.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1497
Kuchga kirish sanasi
01.08.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OChIQ VALYUTA MAVQYINI YuRITISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 15-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1497]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 30-apreldagi 8/1-sonli “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida ”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3301, 07.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” (yangi tahrirda)gi qonunlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 28-martdagi 392-sonli qarori (1998-yil 3-avgust, roʻyxat raqami 466);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Ochiq valyuta mavqeyini yuritish qoidalariga 1-son oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi 2000-yil 24-iyundagi 392-1-sonli qarori (2000-yil 11-avgust, roʻyxat raqami 466-1).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror 2005-yil 1-avgustdan kuchga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 28-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
610-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 28-maydagi 610-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ochiq valyuta mavqeyini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq holda ishlab chiqilgan va u valyuta xatari (riski) meʼyorlarini (ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini), ularni hisoblash, tartibga solish va Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi barqarorligini taʼminlash maqsadida tijorat banklarining oʻrnatilgan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishning oʻziga xos jihatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta mavqeyi — tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini oldi-sotdi operatsiyasini shuningdek, boshqa operatsiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valyutasida ifodalangan talablarning yoki majburiyatlarning oʻzgarishiga olib keladigan tijorat bankining chet el valyutasidagi talablari yoki majburiyatlari oʻrtasidagi nisbatni ifodalovchi koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq valyuta mavqeyi — tijorat bankining chet el valyutasidagi talablari uning chet el valyutasidagi majburiyatlari summasiga mos (teng) boʻlmagan holatdagi valyuta mavqeyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzun valyuta mavqeyi — tijorat bankining chet el valyutasidagi talablarining summasi uning chet el valyutasidagi majburiyatlari summasidan ortiq boʻlgan holdagi ochiq valyuta mavqeyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa valyuta mavqeyi — tijorat bankining chet el valyutasidagi majburiyatlarining summasi uning chet el valyutasidagi talablari summasidan ortiq boʻlgan holdagi ochiq valyuta mavqeyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq valyuta mavqelarining jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari boʻyicha ochiq valyuta mavqelarining jami yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari boʻyicha qisqa ochiq valyuta mavqelarining jami yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi — barcha turdagi chet el valyutalari boʻyicha uzun ochiq valyuta mavqelarining jami yigʻindisi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) asosan yettinchi sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan —Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining chet el valyutasidagi talablari — chet el valyutasi bilan bogʻliq aktivlar va koʻzda tutilmagan holatlar (hosilaviy moliya vositalar boʻyicha transaksiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat bankining chet el valyutasidagi majburiyatlari — chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar va koʻzda tutilmagan holatlar (hosilaviy moliya vositalar boʻyicha transaksiyalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq valyuta mavqelarining limitlari — har bir chet el valyutasi turi boʻyicha ochiq valyuta mavqelari alohida, ochiq valyuta mavqelarining jami summasiga va barcha qisqa (uzun) valyuta mavqelari jami summasiga bankning regulyativ kapitaliga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatiladigan limitlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha talab va majburiyatlar — tijorat bankining chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosila moliyaviy vositalar (valyuta derivativlari: forvard, fyuchers, opsion va svop) xarid qilish yoki sotish yuzasidan vujudga keladigan talab va majburiyatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) asosan chiqarilgan —Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ochiq valyuta mavqeyini hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar ochiq valyuta mavqeyi oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi operatsiyalar jumlasiga kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni darhol oʻtkazish orqali chet el valyutasini xarid qilish va sotishga doir operatsiyalar (bitim tuzilgan sanadan keyingi ikki bank ish kunidan kechiktirmagan holda) hamda mablagʻlarni muayyan muddat ichida (bitim tuzilgan sanadan keyingi ikki bank ish kunidan ortiq boʻlgan muddatda) oʻtkazishga doir operatsiyalar, shuningdek naqd chet el valyutasidagi operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlarni chet el valyutasida hisoblash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlarni chet el valyutasida hisoblash va toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasi bilan bogʻliq hosila moliyaviy vositalar (valyuta derivativlari) boʻyicha, shuningdek chet el valyutasidagi boshqa operatsiyalarda hisob-kitoblarni amalga oshirish usuli va shaklidan qatʼiy nazar chet el valyutasidagi talab va majburiyatlar vujudga keladigan bitimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasida amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalar (chet el valyutasida xarid qilingan aktivlar, oʻz aksiyalarini chet el valyutasiga sotish va valyuta qimmatliklari bilan bogʻliq boshqa bitimlar, agar ushbu bitimlar shartlariga muvofiq u yoki bu koʻrinishda chet el valyutasining ayirboshlanishi (konversiyasi) koʻzda tutilgan boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ochiq valyuta mavqelarini hisoblash har bir operatsion kun holati yakuni boʻyicha hisobotni aks ettirish sanasida amalda boʻlgan Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining soʻmga nisbatan belgilangan qiymatlarda har bir chet el valyutasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ochiq valyuta mavqelarini hisoblash uchun tijorat bankining chet el valyutasidagi majburiyatlari summasi uning chet el valyutasidagi talablari summasi bilan taqqoslanadi. Bunda, qisqa valyuta mavqeyi “-” belgisi bilan, uzun valyuta mavqeyi “+” belgisi bilan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ochiq valyuta mavqelari jami summasining haqiqiy hajmi barcha qisqa va barcha uzun valyuta mavqelari jami summalarini alohida-alohida hisoblab chiqishda hamda barcha ochiq valyuta mavqelarini hisoblab chiqishda aniqlanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balanslantiruvchi mavqeyini soʻmda hisoblash uchun barcha uzun valyuta mavqelarining soʻm bahosidagi mutlaq va barcha qisqa valyuta mavqelarining soʻm bahosidagi mutlaq miqdori oʻrtasidagi farq aniqlanadi. Barcha uzun (agar u uzun boʻlsa soʻmdagi balanslashtiruvchi mavqeyini ham hisobga olgan holda) va barcha qisqa (agar u qisqa boʻlsa soʻmdagi balanslashtiruvchi mavqeyini ham hisobga olgan holda) valyuta mavqelarining jami summalari oʻzaro teng boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Valyuta mavqeyini hisoblash uchun tijorat bankining chet el valyutasidagi talab va majburiyatlari “Valyutalar savdosi va valyuta mavqelari” hamda “Koʻzda tutilmagan holatlar” balans hisobraqamlari boʻyicha aniqlanadi. Ushbu hisobraqamlarda valyuta oldi-sotdisi va boshqa valyuta qimmatliklari boʻyicha tuzilgan bitimlar summalari, shu jumladan, bitimlar shartlariga koʻra chet el valyutalarini har qanday turini ayirboshlanishi (konversiyasi) koʻzda tutilgan operatsiyalar summasi hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ochiq valyuta mavqeyi chet el valyutasini sotib olish yoki sotishga doir bitimlar imzolangan sanada, shuningdek chet el valyutasidagi foiz daromadlarini (xarajatlarini) hisoblab yozish va boshqa daromadlar (xarajatlar)ni hisobvaraqqa kiritilgan (hisobdan chiqarilgan) sanada vujudga keladi. Koʻrsatilgan sanalar ochiq valyuta mavqelari limitining tegishli oʻzgarishlari aks ettirilgan hisobot sanasini ham anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ochiq valyuta mavqeyining limitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tijorat banklarining milliy valyutani chet el valyutalariga nisbatan qiymatining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan valyuta xatarini cheklash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori bilan tijorat banklari uchun ochiq valyuta mavqelarining quyidagilar boʻyicha chegaralari belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el valyutasining har bir turi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq valyuta mavqelarining jami summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha qisqa valyuta mavqelari jami summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha uzun valyuta mavqelari jami summasi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilangan limitlardan oshirib yuborilgan ochiq valyuta mavqelari tijorat banklari tomonidan keyingi operatsion kunga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ochiq valyuta mavqelari belgilangan limitlardan oshib ketgan taqdirda, tijorat banki tomonidan ochiq valyuta mavqelarini belgilangan limitlargacha qisqartirish maqsadida joriy kun yakunigacha tegishli balanslashtiruvchi bitimlarni amalga oshirishi lozim (masalan, chet el valyutasini sotish yoki xarid qilish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ochiq valyuta mavqelarining limitlariga rioya etilishini nazorat qilish va tijorat banklarining hisobotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tijorat banklari tomonidan ochiq valyuta mavqelari limitlariga rioya qilinishi har bir ish kuni yakuni holati boʻyicha jamlangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tijorat banklari oʻzlarining filiallari uchun ochiq valyuta mavqelari limitlarini mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar doirasida mustaqil ravishda belgilaydi va bu haqida ularni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Limitlarni filiallar oʻrtasida bir operatsion kun davomida qayta taqsimlashga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tijorat banklarining ochiq valyuta mavqelari ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ish kuni uchun taqdim etiladigan ochiq valyuta mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank tomonidan oʻtkazilayotgan tekshiruv maʼlumotlari.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarining balans hisobvaraqlarining kunlik monitoringi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ochiq valyuta mavqelari limitlari buzilgan taqdirda, tijorat banki Markaziy bankka yoʻl qoʻyilgan buzilishlar sabablarining ushbu buzilishlarni tuzatish yuzasidan koʻrilgan chora tadbirlar roʻyxati bilan birga tushuntirish taqdim etishi shart. Yoʻl qoʻyilgan tartib buzarlik sabablari yuzasidan tushuntirish taqdim etish bankni ochiq valyuta mavqeyilari limitlariga rioya qilmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tijorat banklari ochiq valyuta mavqeyi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda Markaziy bankka taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ochiq valyuta mavqelari holati toʻgʻrisidagi hisobot tijorat banki tomonidan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotda chet el valyutasining har bir turi boʻyicha Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining soʻmga nisbatan belgilangan qiymati boʻyicha ochiq valyuta mavqelari soʻm ekvivalentida va ularni tijorat bankining regulyativ kapitaliga nisbatan foizlari shuningdek, amalga oshirilgan balanslashtiruvchi bitim natijalari boʻyicha vujudga kelgan soʻmdagi ochiq valyuta mavqeyi (balanslashtiruvchi), ochiq valyuta mavqelarining jami summasi hamda ularni tijorat bankining regulyativ kapitaliga nisbatan foizlari aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik tijorat banklari rahbarlari zimmalariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ochiq valyuta mavqelarining limiti oshirib yuborilgan hollarda yoki hisobot taqdim etilmaganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Bank nazorati qoʻmitasining qaroriga asosan tijorat bankiga nisbatan qonun hujjatlarda belgilangan javobgarlik choralarini qoʻllashi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1497-3 11.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 10/18/1497-3/2041-son)