06.09.2023 yildagi PF-156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, jumladan boshqaruvni takomillashtirish, sohani rivojlantirishning kelgusi istiqbollarini belgilash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining barqaror tibbiy madaniyatini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor va maqbul xorijiy tajriba asosida sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, oʻrta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish ssenariylari va strategiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy statistikani shakllantirish va yuritish, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tibbiyot sohasidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash borasidagi ishlarni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan Institut va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra, tegishli ravishda, Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqaruv organlari xodimlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi Institut bilan birgalikda ikki oy muddatda 2024 — 2026-yillarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanishni tizimli targʻib qilish va ommalashtirish dasturini ishlab chiqsin va unda, jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan yiliga 25 tagacha promo-roliklar, dastur va telekoʻrsatuvlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyali telefon foydalanuvchilariga kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha har kuni qisqa xabarlar (SMS) yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jurnalistlar va boshqa matbuot vakillari oʻrtasida har yili “Sogʻlom turmush tarzi boʻyicha yilning eng yaxshi targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, samolyot, poyezd, avtobus, metro, supermarketlar va fuqarolar ommaviy yigʻiladigan boshqa joylarda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha roliklar namoyish qilish, radiomaslahatlar taqdim qilish va bukletlar tarqatishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda 2023-yil yakuniga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida quyidagilarga asosiy eʼtiborni qaratgan holda “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi ishlab chiqilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini maksimal qamrab olgan holda birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini unga yanada yaqinlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini, sogʻlom ovqatlanishini va jismoniy faolligini qoʻllab-quvvatlash, ularni aholi orasida har tomonlama targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholining bu boradagi ehtiyojlarini qondirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻlamini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash tizimini toʻliq raqamlashtirish, qogʻozbozlikka, asossiz byurokratiyaga va navbatlarga chek qoʻyish, aholiga tibbiyot muassasalariga murojaat qilganida qulayliklar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy va samarali boshqaruv usullarini joriy qilish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar salohiyatini oshirish, tibbiy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika tarmogʻini samarali tartibga solish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga oʻtkazilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-yanvardan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonning 5-bandida koʻrsatilgan muassasalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tuzilmasiga mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda ular faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibini saqlab qolgan holda oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni toʻliq zimmasiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasining kuzatuv kengashi tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy xizmat koʻrsatish uchun jalb qilinadigan yetkazib beruvchilar (davlat va nodavlat)ni, xarid qilinadigan tibbiy yordamlar hajmini mustaqil belgilaydi va oʻz budjetini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi 2027-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi tarkibidan chiqadi va mustaqil jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha tasdiqlangan standartlarga muvofiq tibbiy xizmatlarning bazaviy narxlari Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-fevraldagi PF-35-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash vaziri va Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijrochi direktori 2026-yilning yakuniga qadar tibbiy sugʻurtaning respublika boʻylab toʻliq joriy etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2024-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilarni birlashtirish orqali yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi) tashkil etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar 2024-yil 1-yanvardan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan 350 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish xarajatlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish uchun Davlat budjetidan har yili ajratiladigan 50 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning boʻsh turgan binolari, koʻchmas mulk obyektlari va yer uchastkalarini ommaviy savdolar (auksion)da sotishdan tushadigan mablagʻlarning Davlat budjetiga oʻtkaziladigan qismining 50 foizi. Bunda tushumlar quyidagi ulushlarda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46 foizi — Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 foizi — Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning mol-mulkini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarning mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan qismining 100 foizi. Bunda tushumlar quyidagi ulushlarda taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 foizi — davlat mulkini balansda saqlovchiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 foizi — Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizi — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xalqaro moliya institutlarining, hukumat va nohukumat tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar sotib olish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy asbob-uskunalar, kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari, dasturiy taʼminotlarni xarid qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarining xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, oʻqitish, malaka oshirish va tajriba almashishni respublikada tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklar boʻyicha yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish, sogʻliqni saqlash sohasidagi keng koʻlamli vazifalarni amalga oshirish maqsadida ekspertlik guruhi faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tegishli tibbiyot muassasalarini kapital va joriy taʼmirlash, qurish va rekonstruksiya qilish, ularga asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiy buyumlar, laboratoriya reaktivlari va boshqa sarflash vositalarini xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida ogʻir kasallikka chalingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning respublikada amalga oshirilmaydigan jarrohlik amaliyotlarini xorijiy mamlakatlarda oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarga respublika hududidagi davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining yuqori texnologik tashxis va davolash-profilaktika xizmatlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi xodimlarini oʻqitish, qayta tayyorlash va stajirovkasini tashkil etish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, Oʻzbekiston hududidan tashqarida oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta tibbiyot taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar toʻlashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi va uning direksiyasi, shuningdek, Institut va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan boshqa tadbirlarni hamda sogʻliqni saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2024-yil 1-yanvardan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi direksiyasi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mazkur Farmonda nazarda tutilgan birlashtirilayotgan jamgʻarmalarning barcha majburiyatlari va daromadlar manbalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari uning kuzatuv kengashi qaroriga asosan qatʼiy ravishda ushbu Farmonda koʻrsatilgan yoʻnalishlarga sarflanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasining joriy moliya yilida foydalanilmagan (oʻzlashtirilmagan) mablagʻlari keyingi moliya yiliga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi bir oy muddatda Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni hamda uning kuzatuv kengashi tarkibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflashning shaffof tartibini, uning daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisida hisobdorlikni, shuningdek, faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash masalalarini nazarda tutish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-156-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-sentabrdagi PF-156-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” boʻlimining 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “4” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2.

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

42

23

19

shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning 2.4-kichik bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-band quyidagi mazmundagi 12.2-kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12.2. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 12.2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

12.2

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Farmagentlik

Farmagentstvo

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4592-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2024-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushadigan tamaki mahsulotlari uchun aksiz soligʻi yigʻim summasining 7 foizi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarori 3-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti

“Oʻzmedimpeks” davlat muassasasi

“IT-Med” davlat muassasasi

“Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” davlat muassasasi

“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi” davlat muassasasi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi

Ilmiy-tadqiqot va tibbiy taʼlim muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari

“Oʻztibtexnika” davlat muassasasi

Respublika tibbiyot va yordamchi tashkilotlar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi respublika tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi,

viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi hududiy tashkilotlar

Ilmiy-tadqiqot va tibbiy taʼlim muassasalari, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarining hududiy boʻlinmalari va boʻlimlari (filiallari)

Hududiy tibbiyot va yordamchi tashkilotlar

Xususiy va idoraviy tibbiyot tashkilotlari

Tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalari

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tizimidagi tuman (shahar) tashkilotlari

Tuman (shahar)lar markaziy shifoxonalari, koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tugʻuruq majmualari, ixtisoslashtirilgan shifoxona va dispanserlar

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2023-y., 06/23/156/0684-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son; 01.03.2025-y., 06/25/35/0204-son)