1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang);
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxati raqami 3163, 2019-yil 31-may).
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);
3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.06.00 Ishga qabul qilishda kafolatlar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgan ish beruvchilar tomonidan subsidiya olish uchun murojaat qilish hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibini nazarda tutuvchi Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda boʻlgan (probatsiya) davrida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasidan keyin qaytarib berish tizimini joriy etsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni tashkilotlardagi mavjud boʻsh (vakant) hamda zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy mehnat organlari tomonidan roʻyxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan fuqarolarni tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomaga asosan bepul amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazasini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish orqali taʼlim muassasalari bitiruvchilari va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimini joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bitiruvchilar va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyatini yaratish nazarda tutilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
450-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxati raqami 3163, 2019-yil 31-may).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) tomonidan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya berish tartibi va shartlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan soʻng uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaatda ishga qabul qilingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish beruvchining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvaragʻi koʻrsatilishi, shuningdek, murojaatga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 10-maydagi 19-2019-B-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi (roʻyxati raqami 3163, 2019-yil 31-may).
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy mehnat organi ish beruvchi tomonidan subsidiya olishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Bunda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan (keyingi oʻrinlarda — “YAMMT” IDAK) roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasining axborot tizimlari) mavjudligi subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.12.00 Jazoni oʻtashdan ozod qilish. Jazoni oʻtashdan ozod qilingan shaxslarga yordam koʻrsatish va ularni nazorat qilib borish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ish beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilib, barcha zarur maʼlumotlar koʻrsatilgan va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, mahalliy mehnat organi uch ish kuni ichida ish beruvchiga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya berish toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi. Buyruqda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hujjatlar ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq toʻliq taqdim etilmagani yoki jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi “YAMMT” IDAK da roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi hamda unga kamida uch oy mobaynida ish haqi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarida mavjudligi emasligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etadi va murojaatchiga rad etishning sabablari asoslangan xabarnomani yuboradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ish beruvchi mahalliy mehnat organining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi buyrugʻidan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organga yoki sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mahalliy mehnat organining subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan besh ish kuni ichida ish beruvchiga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan har bir shaxsni ishga qabul qilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida bir martalik subsidiya hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ushbu Nizomda ajratilishi belgilangan subsidiyani olayotgan ish beruvchilar bir vaqtning oʻzida qonunchilik hujjatlarida belgilangan, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan boshqa turdagi subsidiyalarni ham belgilangan tartibda olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ish beruvchi
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda — mahalliy mehnat organi) zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi.
Ixtiyoriy
2-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Murojaatni oʻrganib chiqadi va oʻrganish natijalariga koʻra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Uch ish kunida
3-bosqich
Mahalliy mehnat organi
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiyani ish beruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Besh ish kunida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Amalga oshirish shakli
Moliyalash-tirish manbai
Ijro muddati
Masʼul vazirlik va idoralar
1.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, moslashtirish va ularni faol hayotga jalb etish.
1. Mahallalardagi “beshlik” tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning oilaviy sharoitini, turmush darajasini oʻrganish.
2. Mahallalarda davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa targʻibot tadbirlari oʻtkazish orqali ularning ongiga faol, sogʻlom turmush tarzini singdirish boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
-
Doimiy
Ichki ishlar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sektor rahbarlari
2.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va ularning bandligi taʼminlanishi yuzasidan monitoring olib borish.
1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashtirilganligi va bandlik holatini mahallalardagi uchastka profilaktika nozirlari hokim yordamchilari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda monitoring qilib borish.
2. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashtirilganligi va bandligi taʼminlanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda umumlashtirib borish.
3. Umumlashtirish natijasida aniqlangan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan ijtimoiy moslashmagan va bandligi taʼminlanmagan shaxslar bilan alohida manzilli ishlash. Bunda zarur holatlarda psixologlarni jalb qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
-
Har chorakda
Ichki ishlar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,sektor rahbarlari
3.
Har yili tuman (shahar) hokimlarining aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha qarorlarini qabul qilish.
1. Keyingi yil uchun zaxira qilinadigan ish oʻrinlari boʻyicha korxona va tashkilotlarning takliflarini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan umumlashtirish hamda tegishli qaror qabul qilish uchun tuman (shahar) hokimliklariga kiritish.
2. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini zaxiraga qoʻyish boʻyicha qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish.
tuman (shahar) hokimlik qarorlari
-
Har yili 1-noyabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman, shahar hokimliklari,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni doimiy va vaqtincha ish oʻrinlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga mavjud boʻsh (vakant) va zaxiraga qoʻyilgan ish oʻrinlarini taklif etish va ularni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi
Doimiy
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
5.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish.
1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni yoʻllanma bilan kasb-hunarga tayyorlash oʻquv kurslariga yuborish.
2. “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasb-hunarga oʻqitish ishlarini amalga oshirish.
Amaliy chora-tadbirlar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari
Doimiy
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
6.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillarni oʻrgatish.
1. Profilaktika inspektorlari bilan uzviy hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillar oʻquv kurslariga yuborish.
2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarida masofaviy taʼlim shaklida xorijiy tillarni oʻrgatishni tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari
Doimiy
Ichki ishlar vazirligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,sektor rahbarlari
7.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga subsidiyalar berish orqali ularning bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.
1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga bandlikni ragʻbatlantiruvchi subsidiyalar ajratish.
2. Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishini monitoring qilib borish.
3. Tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi boʻlgan shaxslarni hokim yordamchisi, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari, shuningdek tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga koʻmaklashish.
Amaliy chora-tadbirlar
Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi hamda tijorat banklari mablagʻlari
Doimiy
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
tijorat banklari,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,sektor rahbarlari
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2023-y., 09/23/450/0682-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)