04.09.2023 yildagi PQ-292-son
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Mazmuni

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Kichik biznesga yangi imkoniyatlar yaratish

1.

Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishning yangi tizimini yaratish

1. “Qishloq qurilish bank” ATB negizida Biznesni rivojlantirish bankini tashkil qilish va uning faoliyatini ustuvor ravishda kichik biznes yo‘nalishidagi, shu jumladan mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirish.

2. Kichik biznes loyihalarini amalga oshirish uchun zarur kredit mablag‘larining yarmini banklar tomonidan mustaqil jalb qilish va qolgan yarmini davlat ko‘magida yo‘naltiriladigan resurslar va investitsiyalar hisobidan moliyalashtirish dasturini yo‘lga qo‘yish. Bunda:

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 2023-yil 1-oktabrdan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi;

kreditlar qulay shartlarda 7 yilgacha muddatga ajratiladi;

qo‘shimcha resursga ehtiyoji bor tadbirkorlik subyektlariga mavjud kreditga qo‘shimcha kredit ajratishga ruxsat beriladi;

ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratishda ularga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi;

maxsus elektron platformani ishga tushirish orqali kredit olish uchun ariza berish, uni ko‘rib chiqish, qaror qabul qilish va kredit ajratishning barcha bosqichlari raqamlashtiriladi;

kredit miqdoridan kelib chiqib, bankning hududiy filiallari tomonidan qaror qabul qilish vakolatlari kengaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Saydulla�v),

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2.

Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklarining resurs bazasini oshirish

1. Mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari hisobidan Biznesni rivojlantirish bankiga bosqichma-bosqich 500 million AQSh dollari miqdorida resurs ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr — 2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazi�ligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Saydullayev)

2. Xalqaro moliya institutlari ko‘magida amalga oshirilayotgan va yangi amalga oshiriladigan loyihalarning 2024 — 2026-yillarda o‘zlashtirilishi kutilayotgan 500 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larini Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturida ishtirok etadigan moliya tashkilotlariga resurs sifatida yo‘naltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

3. Dastlabki bosqichda zarur mablag‘larni ajratish uchun 2023-yil yakuniga qadar Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr — dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

3.

Kichik biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash institutlarini takomillashtirish

1. Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish. Bunda:

Jamg‘armaning moliyaviy instrumentlarini belgilash, jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari ustav fondida Jamg‘arma tomonidan kiritiladigan mablag‘lar hisobiga ishtirokchi (ta’sischi) sifatida ishtirok etish hamda kichik biznes loyihalari uchun ta’minot taqdim etish;

Jamg‘armaning resurs bazasini kengaytirish va ustav fondini oshirish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalini Jamg‘armaga balans qiymatida beg‘araz o‘tkazishni nazarda tutish.

2. Biznesni rivojlantirish banki huzurida har bir hududda 14 ta kichik biznesga ko‘maklashish markazlarini tashkil etish.

Bunda, markazlar kichik tadbirkorlik subyektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqishda ko‘maklashish, o‘qitish, buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanishini nazarda tutish.

3. Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tomonidan yangi loyihalar uchun tadbirkorlik subyektlariga tor doiradagi mutaxassislarni jalb qilishga ko‘maklashish.

Bunda, mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda:

tasdiqnomaning amal qilish muddati 3 yilgacha etib belgilanadi;

tasdiqnoma berilganligi uchun undiriladigan yig‘im bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida o‘rnatiladi.

4. Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tomonidan startap tashabbuskorlari va tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardosh, arzon, sifatli hamda katta hajmda mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun oliy o‘quv yurtlari, kichik biznes subyektlari, sanoat korxonalari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, sanoat klasterlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan kichik biznesni rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha o‘quv dasturini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

4.

Kichik tadbirkorlik subyektlari va yirik davlat korxonalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish

1. Yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil qilinadigan kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar tadbirkorligi va yoshlar tadbirkorligi uchun:

kichik biznesga ko‘maklashish markazlari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotni realizatsiya qilishga amaliy yordam berish;

davlat xaridlari doirasida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni 2 yil davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat berish. Bunda, yiliga jami 10 milliard so‘mgacha qiymatdagi shartnomalar tuzilishi mumkin.

2. 2024 — 2025-yillarda kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan kichik biznes, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar tadbirkorligi va yoshlar tadbirkorligi loyihalari doirasida olib kiriladigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash, xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov, Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

5.

Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturining huquqiy asoslarini yaratish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

kichik biznesga ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlikda kichik biznes loyihalarini amalga oshi�ish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni soddalashtirish;

Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasidagi loyiha ishga tushirilgandan so‘ng, tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlarni 2 yil davomida Biznesni rivojlantirish bankiga yo‘naltirish;

Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlashning kompleks dasturida ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar bo‘yicha ajratilgan bank kreditlaridan olingan foiz ko‘rinishidagi daromadlarini dastlabki ikki yil davomida foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlash.

Qonun loyihasi

2023-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

(Abidxodjayev),

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB,

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

II. O‘rta biznesni barqaror iqtisodiy o‘sish garoviga aylantirish

6.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini transformatsiya qilish

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda qayta tashkil etish:

Jamg‘armani Iqtisodiyot va moliya vazirligi ta’sischiligida aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish;

Jamg‘armaga tijorat banklari va xalqaro moliya institutlaridan qarz mablag‘larini jalb etish huquqini berish;

Jamg‘arma tomonidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining ustuvor ravishda xizmat ko‘rsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish;

Jamg‘armaga bank va nobank kredit tashkilotlari tomonidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha ham kafilliklar taqdim etish vakolatini berish;

Jamg‘armaga o‘rta tadbirkorlik subyektlari ustav fondida u tomonidan kiritiladigan mablag‘lar hisobiga ishtirokchi (ta’sischi) sifatida ishtirok etishga ruxsat berish. Bunda, ushbu maqsadlar uchun 2023-yilda Davlat budjeti mablag‘laridan Jamg‘armaga qo‘shimcha 25 million AQSh dollari, 2024-yilda 100 million AQSh dollari ajratish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

2023-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

7.

Xizmatlar ipotekasi tizimini joriy qilish

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan turizm, savdo va servis sohalarida xizmatlar ipotekasi tizimini joriy qilish. Bunda:

Jamg‘arma Kengashi qarori bilan belgilangan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga tayyor loyihalar (biznes-reja, bank va nobank kredit tashkilotlari orqali moliyaviy resurslar, bino-inshootlar va uskunalar) tadbirkorlik subyektlariga taklif etiladi;

Jamg‘arma resurslari hisobiga bank va nobank kredit tashkilotlari orqali tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish obyekti uchun yer uchastkalarini sotib olish, bino-inshootlarni qurish va ularni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash uchun kreditlar ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

8.

Tadbirkorlik subyektlarida yashil texnologiyalarni keng joriy qilish

Yashil texnologiyalarni joriy qilish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga xalqaro va xorijiy moliya institutlari, tashkilotlari va kompaniyalaridan 100 million AQSh dollari miqdorida mablag‘lar jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

9.

Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish

1. Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan sanoat loyihalariga:

xorijiy valyutada yillik 5 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yilgacha muddatga kredit mablag‘lari;

xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 1 yilgacha muddatga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit mablag‘lari;

import qilinadigan asbob-uskuna xaridi uchun avans to‘lovlarini qoplab berish maqsadida kredit ajratish tartibini joriy qilish.

2. Jamg‘arma hisobidan sanoat korxonalarining marketing, loyihalashtirish, xorijiy mutaxassis jalb qilish xarajatlarining 20 ming AQSh dollarigacha qismiga kompensatsiya ajratish.

3. Jamg‘armaga xorijiy brend yoki xorijiy investor jalb qilgan tadbirkorlik subyektlari ustav fondida 25 foizgacha ulush bilan u tomonidan kiritiladigan mablag‘lar hisobiga ishtirokchi (ta’sischi) sifatida ishtirok etishga ruxsat berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

(Vafayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

10.

Sanoat ipotekasi tizimini yo‘lga qo‘yish

1. Sanoat ipotekasi tizimini yo‘lga qo‘yish.

Bunda:

tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi;

bino-ishootlarni xarid qilish va ijaraga olish uchun 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi.

2. Har bir hududda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalarini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“O‘zsanoatqurilish-bank” ATB

(Annaklichev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

11.

Kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini kengaytirish

Kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish obyektini ishga tushirib, investitsiya majburiyatlarini bajargan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev, Qo‘chqorov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davla� aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

III. Yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish

12.

“Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturini kengaytirish

1. “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi bilan qamrab olingan korxonalar sonini 500 taga yetkazish.

2. Eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni izchil davom ettirish va ularning moliyaviy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Eksportni rag‘batlantirish agentligiga xalqaro moliya institutlaridan 125 million AQSh dollari miqdorida mablag‘larni jalb qilish. Bunda:

logistika xarajatlarini kompensatsiya qilishga qo‘shimcha 100 million AQSh dollari;

mahsulotlarni xorijda sertifikatlash, xalqaro standartlarni joriy qilish va mutaxassislar tayyorlashga 25 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Transport vazirligi

(Mahkamov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

13.

Nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish

1. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish bo‘yicha brendlar egalari bilan muzokaralar o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

2023-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi das�urni amalga oshirish:

ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablarini joriy qilish;

mahalliy korxonalar mutaxassislarini xalqaro standartlar asosida o‘qitish;

mahalliy korxonalarda munosib mehnat sharoitlarini yaratishga ko‘maklashish;

qulay bojxona rejimini joriy qilish;

nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga grant ajratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

14.

Xalqaro platformalar orqali axborot texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatish

Axborot texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro platformalarda 100 ming AQSh dollarigacha qiymatdagi shartnoma va hisob-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev)

15.

Qandolatchilik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash

Yillik eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan oshgan qandolatchilik korxonalariga Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan aylanma mablag‘ ajratish tartibini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil sentyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

16.

Parrandachilik sohasini rivojlantirish

Parrandaning genetikasini tashkil etish yuzasidan xorijiy Hukumatlar va yetakchi genetik kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Voitov)

IV. Yuqori daromadli korxonalarni ko‘paytirish

17.

Hududlarda yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish

1. Elektrotexnika, to‘qimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati sohalarida “140 ta ilg‘or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Saydullayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Alohida elektron platformani yaratish orqali dasturga kiritilgan sanoat loyihalarini tadbirkorlik subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr

3. Dasturga kiritilgan korxonalarga Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan imtiyozli shartlar asosida 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-2024-yillar

18.

Paxta-to‘qimachilik klasterlari moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish

1. Paxta-to‘qimachilik klasterlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 18 oy muddatga jami 3 trillion so‘m kreditlar ajratish.

2. Eksportni rag‘batlantirish agentligi hisobidan paxta va sun’iy tolani olib kelishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish.

3. Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan import xomashyo, bo‘yoq va kimyoviy vositalar, furnitura, sovutish tizimlari va aksessuarlarni uch yil muddatga bojxona bojidan ozod qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

19.

Eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash

2024-yil 31-dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yig‘im miqdorini 5 baravar kamaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil sentyab�

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

20.

Charmni chuqur qayta ishlash

Ohangaron tumanidagi charmni chuqur qayta ishlash sanoat zonasida suv tozalash inshootini barpo etish.

Bunda, ushbu inshootni barpo etish uchun Davlat budjetidan 50 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Ramatov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“O‘zsuvta’minot” AJ

(Azimov)

21.

Xususiy aviakompaniyalarni rivojlantirish

Ishlab chiqarilganiga 25 yildan oshmagan, ijara va lizing asosida vaqtincha olib kiriladigan samolyotlarni davriy bojxona to‘lovidan ozod qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov),

Transport vazirligi

(Mahkamov)

22.

Startap ekotizimini yanada rivojlantirish

1. “Startap loyiha”, “yuqori texnologik startap loyiha” hamda “ulushga konvertatsiya qilinadigan investitsiyalar” tushunchalarini qonunchilikka kiritish.

2. Ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, startap loyihalarni baholash metodologiyasini qayta ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil dekabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abduraxmonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

V. Sodda soliq ma’muriyatchiligi va byurokratiyadan xoli qulay muhit yaratish

23.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini soddalashtirish

1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini qo‘llash amaliyotini bekor qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibini bekor qilish (bundan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lgan holatlar mustasno).

Bunda, nomuvofiq holatlar 30 kun muddatda o‘z tasdig‘ini topmaganda guvohnomaning amal qilishi faollashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil sentyabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

24.

Tadbirkorlarning qonunchilik talablariga to‘liq amal qilgan holda faoliyat yuritishini rag‘batlantirish

1. 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlarining ishonchlilik reytingini joriy qilish:

a) tadbirkorlik subyektlarining isho�chlilik reytingini shakllantirish bo‘yicha ochiq-oshkora mezonlarni belgilash;

b) yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralarini belgilash:

barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilish (bundan jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar mustasno);

qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasini bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda qaytarish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, shu jumladan biznesning “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish, teng raqobat muhitini ta’minlash, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Iqtisodiyot va moliya va�irligi

(Xaydarov),

Markaziy bank

(Saydullayev),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

25.

Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibini soddalashtirish

1. Kameral soliq tekshiruvi soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz soliq organining o‘zida o‘tkazilishini belgilash (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishda o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari mustasno).

Bunda, soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinadi:

soliq to‘lovchining hududiga kirish;

soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;

soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Qonun loyihasi,

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini olti oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2023-yil dekabr

26.

“Soliqchi — ko‘makchi” tizimini takomillashtirish

1. Soliq organlari tomonidan mahalla darajasida ishlash tizimini joriy qilish.

2. “Onlayn mahalla” elektron platformasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq organlarining faoliyatini baholash imkonini yaratish.

Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan bahoni soliq organlari faoliyatining muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri etib belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil sentyabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

27.

Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini adolatlilik tamoyili asosida belgilash

1. Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralarini, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar va ma’muriy jarimalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun ham moliyaviy sanksiya, ham ma’muriy jarima ko‘zda tutilgan holatlar bo‘yicha bitta javobgarlik chorasini belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil noyabr

3. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdorini huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zarar miqdoriga mutanosib ravishda belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil noyabr

28.

Soliq nizolari doirasida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish

1. Iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlarni ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkazish.

2. Soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqini ta’minlash.

3. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatini uch yil etib belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

29.

Kredit qarzini undirish tartibini takomillashtirish

Aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishini to‘xtatish.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

Markaziy bank

(Saydullayev),

Oliy sud

(Islamov)

30.

Tadbirkorlar uchun hisobot tizimini soddalashtirish

2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan statistik hisobot shakllarini bekor qilish;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga topshiriladigan statistik va boshqa hisobotlarning yagona ro‘yxatini tasdiqlash. Bunda, ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlarni talab qilishni taqiqlash;

hisobotlarni shakllantirish va topshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish hisobiga ularning qog‘oz shaklini bekor qilish;

davlat organlariga statistik va boshqa hisobotlarni taqdim etish jarayonlarini bosqichma-bosqich Standart biznes hisoboti tizimiga muvofiqlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qo‘chqorov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Statistika agentligi

(Begalov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

31.

Qurilish sohasida ruxsat berish jarayonlarini raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish

1. Toshkent shahrida 2024-yil 1-yanvardan boshlab va Qarshi shahrida 2024-yil 1-iyuldan boshlab eksperiment tariqasida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha takliflarini (eskiz) ko‘rib chiqish va kelishish jarayonini to‘liq raqamlashtirish hamda inson omilisiz tizimni yaratish. Bunda:

qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni berish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirishni nazarda tutgan holda Toshkent va Qarshi shaharlarining shaharsozlik “raqamli egizaklari”ni ishlab chiqish;

obyektlarga bo‘lgan talablar (qavati, hajmi, faoliyat ixtisoslashuvi, qo‘shni yondosh binodan oraliq masofasi, avtoturargoh va yashil hudud me’yorlari va boshqalar) avtomatik tarzda belgilanishini nazarda tutish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Zakirov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. Toshkent va Qarshi shaharlarida hududiy Arxitektura-qurilish kengashlarining obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha takliflarini (eskiz) ko‘rib chiqish va kelishish vazifalarini hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalariga va tegishli tashkilotlarga yuklash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

3. Modulli mehmonxonalar qurish va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash.

Shaharsozlik normalari va qoidalari

2023-yil dekabr

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(Zakirov),

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

(Abduxakimov)

32.

Islom moliyasini joriy qilish

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

islomiy mahsulotlar, xizmatlar va banklar faoliyatining huquqiy asosini yaratish;

islomiy mahsulotlar va xizmatlar hamda ularni ko‘rsatuvchi ta�kilotlarni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;

islom moliyasi asosida jalb etilgan omonatlarni himoya qilish.

Qonun loyihasi

2023-yil dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Markaziy bank

(Saydullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

33.

Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish

Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini baholash va o‘zining tartibga solish maqsadlariga erishmagan, samaradorligi va natijadorligi yuqori bo‘lmagan tartibga solish vositalarini bekor qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

34.

Tadbirkorlar uchun zarur xizmatlar va ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish

1. Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini kreditorlar uchun zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirish, reyestrdan ko‘chirma olish yig‘imi miqdorini kamaytirish.

2. Tadbirkorlik subyektlarining vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organni xabardor etish tartibini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

3. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, loyihalarni shakllantirish va biznes-rejalar ishlab chiqishga ko‘maklashish hamda konsalting xizmatlarini yagona dislokatsiya tamoyili asosida ko‘rsatish maqsadida davlat xizmatlari markazlari binolariga Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) bo‘limlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov)

35.

Ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash

1. Chetdan olib kelinadigan tabiiy olmos, zumrad, sapfir kabi qimmatbaho toshlarni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish.

2. Qadoqlash va etiketkalash mahsulotlariga bojxona bojini nol stavkada belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil oktyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

3. Zargarlik sanoati uchun mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda undiriladigan yig‘im miqdorini kamaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

36.

Sanoat zonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish

Sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni ijaraga berishda to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrini amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2023-yil oktyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov)

37.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash

Yuridik shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa uzatish uchun texnik shartlar berish va shartnoma rasmiylashtirish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.

Bunda, tarmoqlarga ulanish bosqichlarini 30 — 35 foizga va kelishish muddatini 20 kungacha qisqartirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Energetika vazirligi

(Mirzamahmudov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

(Mustafoyev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

38.

Transport logistikasi xizmatlarini rivojlantirish

Yuk tashish vagonlarini chet el korxonalariga ijaraga berishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol darajali stavkasini qisqa muddatli (90 kungacha) shartnomalarga nisbatan ham tatbiq etish.

Qonun loyihasi

2023-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Transport vazirligi

(Mahkamov)

39.

Fitosanitariya talablarini yengillashtirish

Xalqaro amaliyotda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan tovarlarni import qilishda, eksport qiluvchi davlatning fitosanitariya sertifikatini talab etish amaliyotini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Voitov),

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

(Ergashev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Bojxona qo‘mitasi

(Mavlonov)

40.

Tadbirkorlar uchun kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda qulayliklar yaratish

To‘lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo‘lmaganda, mablag‘larni, birinchi navbatda, mutanosib ravishda muddati o‘tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to‘lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoplashga yo‘naltirish tartibini o‘rnatish.

Qonun loyihasi

2023-yil noyabr

Markaziy bank

(Saydullayev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

41.

Aholi o‘rtasida tadbirkorlikni keng targ‘ib qilish va yoshlarga motivatsiya berish

1.Tadbirkorlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — taqdirlangan tadbirkorlar) haqida:

“Yilning ilg‘or tadbirkorlari” kitobini chop etish, hujjatli film va qisqa videoroliklar tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;

tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar) mahallalarda tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Taqdirlangan tadbirkorlar ishtirokida umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun o‘quv kurslari va mahorat darslarini tashkil qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Abduraxmonov)

42.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini ta’minlash

1. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan har bir vazifa mas’ul idoralar tomonidan belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini nazorat qilish va ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Nazorat inspeksiyasi

(Saidkarimov),

Hisob palatasi

(Turabov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining ijro holati, huquqni qo‘llash amaliyoti, shu jumladan amalga oshirilayotgan islohotlarning tadbirkorlar faoliyatiga ta’sirini joylarga chiqqan holda o‘rganish, ularning natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot, shuningdek, zarur hollarda, mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har oy

1.

D.A.Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

D.S. Qosimov

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil

3.

Lavozimi bo‘yicha

“Biz�esni rivojlantirish banki” ATB raisi

4.

E.T. Abdullayev

“SUN-NIGNTECN” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

5.

R.A. Abdullayev

“Almerro Group” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

6.

L.K. Belousova

O‘zbekiston muhandis-maslahatchilar uyushmasi direktori

7.

O.O. Boltayev

“Well done” oilaviy korxonasi rahbari

8.

S.A. Golosova

“TRI-S-AUDIT” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

9.

A.K. Dobrix

“IFTINOR KIYIM SANOAT” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

10.

J.T. Esmurzayev

“MEDICAL CENTRE” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

11.

F.F. Ilyasov

“ILYASOV” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

12.

A.A. Irchayev

“Universal bank” ATB kengashi raisi

13.

J.X. Ismatullayev

“Chust textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati konsultanti

14.

S.R. Isonbayev

“Dentafill Plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

15.

Y. Lasselsberger

“Lasselsberger” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

16.

G.G‘. Mahmudova

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi raisi

17.

X.R. Mamasaidov

“Dekos group” xususiy korxonasi rahbari

18.

Z.B. Mustafayev

“Uzbek Leasing International A.O.” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

19.

M.Sh. Muxamedjanov

“United Tax Advisors” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori

20.

S.S. Nasretdinov

“Agro prodex group” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

21.

U.T. Raximov

“Kid’s Plate Distrubition” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

22.

U.J. Rasulov

“Orient ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi

23.

U.A. Safarov

“Soliq kalkulyatori” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

24.

F.P. Toshtemirov

“K7 hotel management” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

25.

M.M. Tulaxodjayeva

O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi

26.

X.M. Urakov

Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligi rahbari

27.

Z.K. Xashimov

“Anglesey Food” mas’uliyati cheklangan jamiyati Kuzatuv kengashi raisi

28.

T.M. Sharipov

“Procab” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori

29.

Y.B. Yusupov

“Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti direktori

30.

Lavozimi bo‘yicha

Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i, Jamoatchilik kengashi kotibi

1. 2-banddan “2-ilovaga muvofiq tarkibda” so‘zlari chiqarib tashlansin.

2. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.