Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 28.07.2023 yildagi 320-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga “Yoshlar daftari” va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan yoshlarga yer uchastkalarini ajratish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va gʻalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirishda fuqarolarga, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga hamda xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish tizimi joriy etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, “Yoshlar daftari” va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan yoshlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratishda ochiq elektron tanlovlarda ustuvorlikni taʼminlovchi mezonlarni takomillashtirish zarurati mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari” va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan yoshlarga yer uchastkalarini ajratish hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari” va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan yoshlarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq elektron tanlov orqali “Yoshlar daftari” va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari roʻyxatiga kiritilgan yoshlarga yer uchastkalarini ajratishda soddalashtirilgan tartibni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
320-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 320-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-apreldagi 223-sonli qaroriga asosan 2024-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tanlovda ijara huquqini yutib olish uchun koʻproq ball toʻplash maqsadida ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olingan qoʻshimcha toʻlovlar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining ijara davri muddatiga teng taqsimlangan holda toʻlanadi va tegishli tuman (shahar) budjetiga yoʻnaltiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 09/23/320/0544-son; 22.04.2024-y., 09/24/223/0292-son)