13.07.2023 yildagi 287-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 465-moddasiga muvofiq, shuningdek, vaxta usulida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish hamda xodimlarning hayoti va sogʻligini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 465-moddasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʼminlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida shakli ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishning vaxta usulini qoʻllash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishni vaxta usulida tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta usulida ishlashni tashkil etish hamda xodimlarning mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta usulidagi ishlarda band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularga imtiyozlar va kompensatsiyalar berish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta usulida ishlashda tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 13-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
287-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 287-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Namunaviy nizom xodimlarning ish joyi ularning doimiy yashash joyidan yoki ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, vaxta usulida ishlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta usulidagi ish — xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʼminlash imkoni boʻlmagan taqdirda va (yoki) ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta obyekti — xodimlarning doimiy yashash joyi va ish beruvchining tashkilotlari joylashgan hududdan sezilarli uzoq masofada (choʻlda, togʻli va aholi qatnovi boʻlmagan chekka hamda uzoq hududlarda) joylashgan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta shaharchalari — vaxta usulida ishlayotgan xodimlarning vaxtadagi dam olish vaqtida hayoti va faoliyatini taʼminlash uchun moʻljallangan turar joy, madaniy-maishiy, sanitariya xonalari, shuningdek, qurilish texnikasi va maxsus texnika, avtotransportga xizmat koʻrsatiladigan, tovar-moddiy boyliklar zaxirasi saqlanadigan xoʻjalik bino va inshootlari kompleksi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyi — mehnat faoliyati amalga oshiriladigan ishlab chiqarish obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vaxta usulida ishlashni quyidagi holatlarda qoʻllash mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligi, geologiya-qidiruv, aloqa va temir yoʻl transporti tashkilotlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj, shuningdek, rekonstruksiya-taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan qurilish tashkilotlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika obyektlaridan foydalanishda (ekspluatatsiya qilishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft va gaz sanoati obyektlarida, shu jumladan, quvur oʻtkazuvchi, xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar hamda quvur transporti tashkilotlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rangli va qimmatbaho metallar, koʻmir va boshqa tabiiy boyliklar konlarini oʻzlashtirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta usuli qoʻllangan tashkilotlar xodimlariga xizmat koʻrsatayotgan tibbiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport tashkilotlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda boshqa tashkilotlarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʼminlash imkoni boʻlmagan taqdirda va (yoki) ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada (choʻl zonalari, togʻ va togʻoldi hududlar hamda boshqa hududlarda) joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har kuni oʻzining doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, bunday ishni bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimni vaxta usulidagi ishlarga yuborish xizmat safariga yuborilgan deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda vaxta usulidagi ishlar maxsus ish va dam olish rejimi boʻyicha qoidaga koʻra ish vaqti jamlab hisobga olingan holda, vaxta orasidagi tanaffuslar esa xodimlarning doimiy yashash joyida tashkil qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vaxtaning davomiyligi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda belgilanadi va uning davomiyligi bir kalendar oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida belgilangan alohida hollarda ayrim obyektlarda vaxtaning davomiyligi uch oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vaxta usulida ishlarni tashkil etish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ish beruvchi ishlarni bajarishda mehnat xavfsizligini taʼminlash, xodimlarni obyektga va undan yotoqxonalarga yetkazish, vaxta shaharchalarida maishiy sharoitlar, ovqatlanish va tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi tashkil etilishiga javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vaxta usulida ishlarni tashkil etish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Vaxta usulida ishlarni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vaxta usulidagi ishlar obyektlardagi ishlar bir maromda, uzluksiz va kompleks ravishda amalga oshirilishi uchun oʻzgaruvchan jadvalga binoan tashkil etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vaxta usulidagi ishlar, qoida tariqasida, ishlarni tashkil etish va mehnatga haq toʻlashning asosiy prinsiplariga rioya qilingan, vaxta xodimlarining ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan smenalar almashinuvi jadvaliga muvofiq, shuningdek, mehnatni tashkil qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi, moddiy boyliklar saqlanishini taʼminlagan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vaxta usulida ishlaydigan xodimlar tarkibi tashkilot shtatida roʻyxatga olingan va shartnoma boʻyicha vaqtincha jalb etiladigan, ushbu usulda bajarilishi koʻzda tutilgan ishlarni amalga oshirishni rad etuvchi tibbiy koʻrsatmalarga ega boʻlmagan xodimlar bilan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homilador ayollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch yoshgacha boʻlgan farzandini tarbiyalayotgan ota-onadan biri (vasiy);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi koʻrsatmalar boʻlgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vaxta usulidagi ishlarni bajarish maqsadida ish beruvchi xodimlar bilan kelishgan holda, ularni ishlarning bir uchastkasidan boshqasiga oʻtkazishga haqli. Bunda bir ish uchastkasidan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan ish beruvchi “vaxta” muddati yakunlangandan soʻng xodimlar avvalgi ish joyida (lavozimida) tiklanishi, agar ish joyi tugatilgan boʻlsa, ushbu ish joyiga (lavozimiga) tenglashtirilgan tashkilotdagi boshqa ish joyiga (lavozimga) oʻtkazilishini taʼminlashi shart. Buyruqda “Vaxta usulida ishlash uchun” degan maqsad koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vaxta usulidagi ishlarni bajarayotgan xodimlarning mehnat sharoitlari amaldagi mehnatni muhofaza qilish qoidalari, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tashkil etilishi, shuningdek, vaxta obyektiga yoki shaharchasiga yetib kelgan xodimlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlardan oʻtishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimlar tashkilot joylashgan joydan yoki ish beruvchi tomonidan belgilangan yigʻilish punktidan vaxta obyektiga transport vositalari orqali yetkaziladi va qaytib olib kelinadi. Bunda tashkilotga tegishli yoki shartnoma asosida jalb etilgan transport vositalaridan foydalanish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Xodimlar obyektda boʻlgan vaqtda maxsus tashkil etilgan vaxta shaharchalari yoki boshqa ish beruvchi hisobidan moliyalashtiriladigan turar joy binolarida, yotoqxona, mehmonxona va boshqa turar joylarda yashashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xodimlarning turar joylari kerakli jihozlar va maishiy texnikalar bilan taʼminlangan, tibbiy va maishiy xizmat koʻrsatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur obyektlarda texnik va maishiy xizmatlar tegishli smena xodimlari tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning maxsus moslashtirilmagan sanitariya-maishiy yoki boshqa binolarga joylashtirilishi qatʼiyan man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vaxta shaharchalarini saqlash, shaharchada yashayotgan xodimlarga maishiy xizmat koʻrsatish, ular bilan madaniy-ommaviy ishlarni tashkil etish balansida vaxta shaharchasi boʻlgan tashkilot maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasiga yuklanadi. Ushbu tashkilotlar maʼmuriyati tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda, vaxta shaharchasida barcha yashovchilarga xizmat koʻrsatishning ichki tartibi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vaxta shaharchasi hudud sharoitlariga bogʻliq ravishda namunaviy yoki yakka tartibdagi loyiha boʻyicha qurilib, ushbu loyihada ijtimoiy-maishiy soha obyektlari, elektr, suv, issiqlik taʼminoti, aloqa vositalari, kirish yoʻllari va uchish-qoʻnish polosasi (texnik zarurat mavjud boʻlsa), vaxta xodimlarini yetkazib kelish usuli, shuningdek, shaharchani qurish va uning faoliyatini taʼminlash xarajatlarining smetasi koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, loyihada shaharchada ishlayotgan va istiqomat qilayotgan xodimlar ovqatlanishi, dam olishi va ularning ishdan boʻsh vaqtini tegishli tarzda tashkil qilish, ularga tibbiy, savdo-maishiy va madaniy xizmat koʻrsatish masalalari ham hal qilinadi. Vaxta shaharchasi joylashuvini tanlashda xodimlarni vaxta shaharchasidagi yashash joylaridan ish joyigacha yetkazish va qaytib olib ketish vaqtini qisqartirish talabi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaxta shaharchasining loyihasi tegishli kasaba uyushmasi tashkilotlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati va yongʻin nazorati organlari bilan kelishiladi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilishi tugallangan vaxta shaharchasi qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vaxta usulida ishlaydigan xodimlarning vaxtalararo dam olish davrida vaxta shaharchasida yashashi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ish beruvchi tomonidan vaxta usulida ishlaydigan xodimlar transport, savdo-maishiy xizmatlar hamda kuniga uch mahal issiq ovqat bilan markazlashgan holda taʼminlanadi va ularning ovqatlanishi uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob beradigan sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatib boʻlmaydigan ish joylarida ovqatlanish uchun alohida sharoitlar yaratib berilishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatib boʻlmaydigan holatlarda, ovqatlanish uchun xodimlar navbat bilan chiqishlari yoki texnologik jarayonning xususiyatidan kelib chiqib, boshqa xavfsiz sharoitlar yaratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Mehnat va dam olish rejimi, ish vaqti hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vaxta usulidagi ishlarni tashkil etishda, odatda bir oy, bir chorak yoki boshqa uzoq muddatli, lekin 12 oydan koʻp boʻlmagan davr uchun jamlab hisob yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olinadigan davr xodimning vaxtada boʻlgan davridagi ish vaqti, ish beruvchining joylashgan joyidan yoki toʻplanish joyidan ish bajariladigan joyga borish va qaytish chogʻida yoʻlda boʻlish, mazkur kalendar davrga toʻgʻri keladigan dam olish vaqtini qamrab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hisobga olingan davr uchun har kungi ish vaqtining maksimal davomiyligi 12 soatdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish beruvchi vaxta usulida ishlaydigan har bir xodimning ish vaqti va dam olish vaqtini, oylar va butun hisobot davri uchun oʻsib boruvchi yakun bilan maxsus hisobni yuritib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda, ish vaqti va dam olish vaqtini belgilash uchun jadval ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadval xodimlarga vaxta usulida ishlash davri boshlanishidan 2 oydan kechiktirmagan holda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jadvalda quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish davrining davomiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni vaxtaga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish uchun zarur boʻlgan vaqt. Ish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish chogʻida yoʻlda boʻlish kunlari ish vaqtiga kiritilmaydi hamda vaxtalar oʻrtasidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimning vaxtada boʻlgan davrida har kunlik ishning davomiyligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxtada dam olish vaqti, ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus (agar kunlik ishning (smenaning) davomiyligi 8 soatdan oshsa, ikkita tanaffus), ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra bunday tanaffusning imkoni boʻlmagan hollarda esa, ish vaqtida xodimlarning ovqatlanish vaqtini belgilash va tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kunlik (smenalar oʻrtasidagi) dam olish va uning davomiyligi (dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusni hisobga olgan holda 12 soatdan kam boʻlmasligi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta davrida haftalik dam olish kunlari (agar ishlab chiqarish sharoitlariga koʻra buning imkoni boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta oraligʻidagi dam olish vaqti (jadvalda nazarda tutilgan ish vaqti normasidan ortiq ishlaganlik uchun otgul (ortiqcha ishlangan vaqt uchun olingan dam olish kunlari) kunlari va bu davrga toʻgʻri keladigan dam olish kunlari). Otgul kunlari (ortiqcha ishlangan vaqt uchun olingan dam olish kunlari) soni xodimning vaxtada boʻlgan davrida jadvalga muvofiq ortiqcha ishlangan umumiy soatlar sonini ish kuni davomiyligining belgilangan normasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaxtadagi ish jadvali doirasida toʻliq ish kuniga yetmaydigan ish vaqtining ortiqcha ishlangan soatlari kalendar yil mobaynida yigʻilib borishi va toʻliq ish kunlarigacha jamlanib, keyinchalik vaxta oraligʻidagi qoʻshimcha dam olish kunlari berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olingan davr yakunlanishidan oldin ishdan boʻshagan xodimlar uchun ishdan boʻshash sanasi ularning roziligi bilan vaxtalararo dam olish kunlari hisobga olingan holda koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Noqulay mehnat sharoitlarida bajariladigan ishlar uchun ish vaqtining normasi qonunchilikda belgilangan tartibda qisqartirilgan ish vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olingan davrda yoki vaxtada ish vaqti toʻliq boʻlmaganda (mehnat taʼtili, kasallik tufayli ishga chiqmaslik va boshqalar), norma boʻyicha belgilangan ish soatlaridan ishda boʻlmagan kunlarga toʻgʻri keladigan kalendar boʻyicha ish soatlari ayirib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hisobga olish davrida xodim uchun jadvalda belgilangan ish vaqti davomiyligidan tashqari ishlash vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Vaxta usulida ishlayotgan xodimlarga mehnat taʼtili vaxta smenasi oraligʻidagi dam olish vaqtida berilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat taʼtilining tugashi vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimni vaxtaning boshqa smenasiga oʻtkazishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Mehnatga haq toʻlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vaxta usulida ishlarni tashkil etishda xodimlarga mehnat haqi quyidagi tartibda toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishbay xodimlarga — bajarilgan ishlar hajmi boʻyicha mehnat shartnomasida belgilangan narxlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtbay xodimlarga — amalda ishlab berilgan hamma soatlar uchun razryadlar boʻyicha belgilangan tarif stavkalariga muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vaxta usulida ishlovchi shaxslar uchun vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida boʻlgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek, ish beruvchining joylashgan joyidan (yigʻilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chogʻida yoʻldagi haqiqiy kunlar uchun sutkalik oʻrniga vaxta usulida ishlaganlik uchun ustama toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga vaxta davrida ishlarni bajarish joylarida boʻlgan har bir kalendar kun uchun, shuningdek, ish beruvchining joylashgan joyidan (yigʻilish punktidan) ish joyigacha borish va orqaga qaytish chogʻida yoʻldagi haqiqiy kunlar uchun bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0,1 koeffitsiyent miqdorida ustama toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ustama xodimlarga har oyda ish haqi bilan birga hisoblab toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xodimning umumiy ish vaqtini hisobga olgan holda oʻrtacha ish haqi boʻyicha toʻlovni amalga oshirishda, bir soat uchun oʻrtacha ish haqining miqdori hisoblanadi. Buning uchun soʻnggi uch oy davomida ishlab berilgan barcha soatlar uchun hisoblangan ish haqi ushbu soatlar soniga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xodimlarni mukofotlash, ularga ustamalar toʻlash miqdori va tartibi jamoa shartnomasi, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilingan ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Agar jamoa shartnomasida, ichki hujjatda yoki mehnat shartnomasida yuqoriroq haq toʻlash belgilanmagan boʻlsa, vaxtadagi ish jadvali doirasidagi ish vaqtida ortiqcha ishlaganlik munosabati bilan har bir dam olish kuni (vaxtalar oraligʻidagi dam olish kuni) uchun kunlik tarif stavkasi, kunlik stavka (bir kunlik ish uchun maoshining bir qismi) miqdorida haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Hududida ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar qoʻllaniladigan tumanlarda vaxta usulidagi ishlarni bajarayotgan barcha xodimlarning (shu jumladan, vaxta usulida ishlayotgan jamoalarga xizmat koʻrsatayotgan savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, transport, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlari) ish haqiga nisbatan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tuman koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Xodimlar ish joyiga oʻz vaqtida yetib kelmasa, vaxta usulidagi ishlarni bajarayotgan tashkilotlarning rahbarlari, kasaba uyushmalari qoʻmitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda, yangi smena yetib kelguniga qadar xodimlarni jadvalda belgilangan ish vaqtidan koʻproq vaqt ishlashga jalb etishi mumkin. Bunday holatlarda ish beruvchi vaxta xodimlarini eng qisqa muddatlarda obyektga yetkazib kelish boʻyicha barcha choralarni qoʻllashi shart va ortiqcha ishlangan kunlar uchun jamoa shartnomasida koʻrsatilgan miqdorda haq toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tashkilot joylashgan joydan yotoqxonaga va orqaga qaytadigan yoʻlda oʻtadigan vaqtlar uchun, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga koʻra va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolingan vaqt uchun xodimga oʻtgan oy uchun hisoblangan ish haqi asosida aniqlanadigan oʻrtacha kunlik stavka miqdoridan kelib chiqqan holda kompensatsiya toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tibbiy yordamning tashkil etilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vaxta usulida ishlashda ish beruvchi xodimlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi va ularning tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida tashkilot joylashgan hududdagi sogʻliqni saqlash organlari bilan xodimlarni davolash-profilaktika muassasasiga biriktirish masalasini hal qiladi, xodimlarning tibbiy koʻrik va tekshiruvlardan oʻz vaqtida va tartibli ravishda oʻtishlari uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Balansida vaxta shaharchalari boʻlgan tashkilotlar maʼmuriyati tibbiyot muassasalari bilan birgalikda vaxta shaharchalari jamoalariga tibbiy yordam koʻrsatilishini, shaharchalarni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari, dori-darmon va tibbiy uskunalar bilan butlanishini tashkil qiladi va bemorlarning evakuatsiyasini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vaxta usulida bajariladigan ishlarga yuborilayotgan shaxslar ishga kirayotganda, ish beruvchi ularning dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Vaxta shaharchasiga yoki obyektga yuborilishidan 2 — 4 kun oldin xodimlar tashkilot shifokori tomonidan yoki tashkilot joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasasida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi kerak, tibbiy koʻrikdan oʻtish jarayoni tashkilot maʼmuriyati tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Hududida vaxta shaharchalari va obyektlari joylashgan sogʻliqni saqlash organlari va muassasalari umumiy qiymat hisobidan vaxtada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
feldsherlik punktlari (xodimlar soni 50 va undan koʻproq boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot punktlari (xodimlar soni 500 va undan koʻproq boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vrachlik punktlari (xodimlar soni 1500 dan koʻproq boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar soni 50 nafargacha boʻlganda — vaxtaga kelib-ketish davriyligi tashkilot maʼmuriyati bilan kelishiladigan tibbiy yordam brigadalarini tashkil qilgan holda, vaxtada ishlovchi xodimlarni tibbiy yordam bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy yordam brigadalarining obyektlarga qatnashi tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ishga qoʻyilayotgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlar ish beruvchining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ushbu Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 09/23/287/0471-son)