1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalariga erishish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | ||||
1. | Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mansabdor shaxslariga Konsepsiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini yetkazish, uning ijrosini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Vazirliklar va idoralarda Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish va masʼul shaxslarga vazifalarni belgilash. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari |
2. Hududlarda Konsepsiyaning mohiyatini yetkazishga bagʻishlangan oʻquv seminarlarini tashkil etish. | reja asosida | |||
3. Konsepsiyaning ijrosi boʻyicha tizimli monitoring olib borish. | muntazam ravishda | |||
2. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari hamda Konsepsiya ijrosini taʼminlash yuzasidan harbiy-maʼmuriy sektor aʼzolari bilan kengaytirilgan yigʻilishlarni oʻtkazish. | 1. Hududlarning oʻz xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, qabul qilish va harbiy-maʼmuriy sektor yigʻilishida koʻrib chiqish. | har yil yanvar oyida | Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari |
2. Qabul qilingan “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha hisobotlarni hamda ushbu yoʻnalish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga taqdim qilish. | har chorakda | |||
3. | Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish ishlarini samarali tashkil etish. | 1. Yoshlar siyosati va sport vazirligining hududiy boshqarmalari negizida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish boʻyicha shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil iyul | Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari |
2. Shtab yigʻilishlarida ishtirok etish hamda masʼul shaxslar hisobotlarini eshitib borish. | doimiy ravishda | |||
3. Dastur ijrosi yuzasidan hudud kesimida tahliliy hisobotlarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga kiritish. | har chorakda | |||
4. | Harbiy qism va muassasalarning mahallalarda targʻibot tadbirlarini olib boradigan boʻlinmalari (guruhlari) uchun oʻquv qoʻllanma, uslubiy tavsiyalar, targʻibot materiallarini (taqdimot va videorolik) tayyorlash va yoshlar yetakchilariga tarqatish. | 1. Zarur targʻibot materiallarini tayyorlash. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Targʻibot materiallarini chop etish va belgilangan tartibda har bir mahallaning yoshlar yetakchilariga yetkazilishini taʼminlash. | har yil aprel oyida | |||
5. | Har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari hamda oliy taʼlim muassasasi rektorlari oʻzlariga biriktirilgan eʼtiborga muhtoj yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish | 1. Biriktirilgan yoshlar roʻyxatlariga aniqlik kiritish va ularning turmush tarzini oʻrganish. | har yil yanvar oyida | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Aniqlangan maʼlumotlar asosida yoshlarga koʻmak berish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash. | har yil fevral oyida | |||
3. Biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | muntazam | |||
4. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritish. | har chorak yakuni boʻyicha | |||
II. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tadbirlar | ||||
6. | Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan amaliy tajribalarini oshirish choralarini koʻrish. | 1. Mahallalardagi yoshlar yetakchilarini yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir koʻrgazmali materiallar, targʻibot roliklari hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash. | 2023-yil avgust | Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Harbiy okruglar (garnizon) miqyosida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan oʻquv-uslubiy seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish. | har yil kamida ikki marotaba | |||
7. | Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkiloti faoliyatining samaradorligini oshirish. | 1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlarini koʻrgazmali materiallari, targʻibot roliklari hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash. | 2023-yil avgust | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qurolli Kuchlar tizimidagi boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari bilan forumini oʻtkazish. | har yil kamida ikki marotaba | |||
3. “Eng ilgʻor Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalaridagi boshlangʻich tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash. | har yil avgust-sentabr oylarida | |||
8. | “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faoliyatini samaradorligini yanada oshirish. | 1. “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari aʼzolarining Forumini tashkil etish va oʻtkazish. | har yil aprel oyida | Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
2. “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari oʻrtasida sport musobaqalari va intellektual viktorinalarning tuman, viloyat, respublika bosqichlarini oʻtkazish. | alohida rejaga muvofiq | |||
9. | “Jizzax tajribasi” asosida harbiy qismlar bazasida profilaktik hisobda turgan va tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan “Jasorat maktabi” nomli harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish. | 1. Oʻquv yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi hokimlar qarorlarini ishlab chiqish. | har chorakda kamida bir marotaba | Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari |
2. Yigʻinlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish. | reja asosida | |||
10. | Yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish. | 1. Tadbirlarning reja-ssenariylarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari |
2. Targʻibot materiallarini tayyorlash. | 2023-yil iyul | |||
3. Tadbirlarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
11. | Mahallalardagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlarini tashkil etish. | 1. “Ezgu amal” saxovat karvonlarini oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja asosida tadbirlarni amalga oshirish. | alohida reja asosida | |||
12. | Yoshlarni “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli boʻladi!” shiori ostida poligonlarga hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish hamda ularga jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari va koʻrgazmali oʻquvlarni namoyish etish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlar roʻyxatini shakllantirish. | har yil yanvar oyida | |||
3. Tadbirlarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
13. | Uyushmagan, tarbiyasi ogʻir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida alohida maxsus dastur boʻyicha harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlarni tashkil etish rejasini (har bir okrug, harbiy qism kesimida) ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlarning hududlar kesimida roʻyxatini shakllantirish. | har yil yanvar oyida | |||
3. Tadbirlarni reja asosida oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
14. | Yoshlar oʻrtasida harbiylar, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida harbiy qismlar bazasida “Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
2. Reja asosida tadbirlarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
15. | “Vatanparvar” tashkilotining faoliyatiga yoshlarni qiziqishi va xayrixohligini oshirish maqsadida tashkilotning hududiy boʻlinmalarida “Vatanparvar” tashkiloti — mening tanlovim!” shiori ostida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish. | 1. “Vatanparvar” tashkiloti hududiy boʻlinmalarida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash (muvofiqlashtirish). | har yil yanvar oyida | “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Tashkilot faoliyatiga oid targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
16. | Hududlarda yoshlarni keng jalb etgan holda, “Vatan muqaddas, uni himoya qilish — sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkil etish. | 1. Festivallarning reja-dasturlarini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja-dastur asosida festivallarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
III. Yoshlarni maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha tadbirlar | ||||
17. | Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiylashtirilgan tuzilmalarga ega vazirlik va idoralarning Faxriylar ishlari boʻyicha kengashlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish. | 1. Hududlar kesimida Faxriylar ishlari boʻyicha kengashlarning ustozlik ruhidagi “Kecha, bugun, ertaga” shiori ostida tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni oʻtkazish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
2. Yoshlar, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Eʼzoz va ehtirom” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni oʻtkazish. | reja asosida | |||
3. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida yoritish. | reja asosida | |||
18. | Yoshlarning maʼnaviy savodxonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida deputat va senatorlar, Oʻzbekiston qahramonlari, xalq shoirlari, obroʻ eʼtiborda boʻlgan, jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviyat soatlarini tashkil etish. | 1. Maʼnaviyat soatlarini oʻtkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish va konspektlar tayyorlash. | 2023-yil iyul | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, “Nuroniy” jamgʻarmasi |
2. Reja-dastur asosida tadbirlarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
19. | Yoshlar bilan harbiy qism va muassasalar madaniyat markazlarida “Oʻzbekiston farzandlari botir boʻlur” shiori ostida madaniy tadbirlarni (konsert dasturlari, harbiylar bilan yoshlarning birgalikda sahna va koʻrgazmali chiqishlari, QVZ oʻyinlari va boshqalar) tashkil etish. | 1. Yoshlar bilan madaniy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha reja-jadvallarni ishlab chiqish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Madaniyat va turizm vazirligi |
2. Tadbirlarni reja asosida tashkil etish. | haftaning juma kunlari | |||
IV. Yoshlarni axloqiy tarbiyalash va ularni sportga jalb etish boʻyicha tadbirlar | ||||
20. | “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish | 1. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. | 2023-yil sentabr | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya |
3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish. | reja asosida muntazam ravishda | |||
21. | Mahallalarda yoshlar uchun “Mard askar yoshlarga namuna” shiori ostida harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlarini, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlari ishtirokida hamda “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv kurslari va sport seksiyalarining koʻrgazmali namoyishlarini tashkil etish. | 1. Harbiy-vatanparvarlik karvonlari, sport marafonlari, festival va aksiyalar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston “Vatanparvar” tashkiloti |
2. Tadbirlarni oʻtkazish joylarini va moddiy-texnik bazasini tayyorlash. | reja asosida | |||
3. Tadbirlarni oʻtkazish. | har oy kamida bir marotaba | |||
22. | Yoshlar oʻrtasida “Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” deb nomlangan harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish. | 1. Tuman (shahar) va hududlar kesimida harbiy-sport musobaqalari nizomini ishlab chiqish va tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash. | 2023-yil iyul | Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari |
2. Harbiy-sport musobaqalarini bosqichma-bosqich oʻtkazish uchun moddiy-texnik bazasini tayyorlash va roʻyxatlarni shakllantirish. | muntazam ravishda | |||
3. Tadbirlarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2023-2024-yillar | |||
23. | Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun!” shiori ostida uzoq masofalarga yurish va yugurish marafonlarini oʻtkazish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish. | 2023-yil iyul | Sport vazirligi |
2. Tadbirlarni oʻtkazish. | oyiga kamida bir marotaba | |||
24. | Yoshlarda vatanparvarlik yurt ravnaqiga hissa qoʻshish tuygʻularini shakllantirishga yoʻnaltirilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida yoshlar bilan harbiy psixologlarning motivatsion uchrashuvlari (treninglari)ni tashkil etish. | 1. Tadbirlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyi | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja asosida motivatsion uchrashuvlar (treninglar) oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
25. | Yoshlar oʻrtasida toʻrt bosqichda (mahalla — tuman — viloyat — respublika) “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarini oʻtkazish. | 1. Yoshlar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etish va jamoalarni shakllantirish. | har yil yanvar oyida | “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, harbiy-maʼmuriy sektorlar |
2. Oʻyinlarni oʻtkazish va gʻolib jamoalarni taqdirlash. | har yil aprel — iyun oylarida | |||
26. | Mahalla yoshlari oʻrtasida toʻrt bosqichda (mahalla — tuman — viloyat — respublika) “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasini oʻtkazish. | 1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ittifoqi |
2. Musobaqani oʻtkazish uchun moddiy-texnik bazani tayyorlash. | muntazam ravishda alohida | |||
3. Musobaqalarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | reja asosida | |||
27 | Yoshlar orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish maqsadida pnevmatik quroldan oʻq otish, duatlon kabi sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish. | 1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish. | har yil yanvar oyida | “Vatanparvar” tashkiloti, Sport vazirligi |
2. Musobaqalarni oʻtkazish uchun moddiy-texnik bazasini tayyorlash. | muntazam ravishda | |||
3. Musobaqalarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | alohida reja asosida | |||
28. | Taniqli harbiy sportchilar va sport ustalari ishtirokida yoshlar bilan “Mahorat darslari”ni tashkil etish. | 1. “Mahorat darslari”ni oʻtkazishga jalb etiladigan harbiy sportchilar va sport ustalari roʻyxatini shakllantirish va tadbirlarni oʻtkazish rejalarni tasdiqlash. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Sport vazirligi |
2. “Mahorat darslari”ni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
V. Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini va huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha irofilaktik tadbirlar | ||||
29. | Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida mahallalarda “Qoʻmondon va yoshlar”, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish. | har yil aprel oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi |
2. Reja-jadval asosida tadbirlarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
30. | Xalqaro armiya oʻyinlari hamda turli sport musobaqalari, harbiy yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlar va fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan, davlat mukofotlari bilan taqdirlagan yosh harbiy xizmatchilarning “Ibratli tengdoshim” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish. | 1. Eng ilgʻor harbiy xizmatchilardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari |
2. Targʻibot guruhlari tomonidan mahallalardagi yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish. | alohida reja asosida | |||
31. | Umumtaʼlim maktablari hamda kasb-hunar taʼlim muassasalarida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “Hokim soati”, “Prokuror sabogʻi”, “Huquqiy tarbiya soati”, “Soliq sabogʻi” mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etish. | 1. Hududlar kesimida sektor rahbarlari tomonidan taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | har yil yanvar oyida | Harbiy-maʼmuriy sektorlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
2. Tadbirlarni amalga oshirish. | alohida reja asosida | |||
32. | Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari bilan “Ofitserlik mardlar kasbi!” shiori ostida oliy harbiy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlarning reja-jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | har yil yanvar oyida | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati |
2. Targʻibot materiallarini tayyorlash. | muntazam ravishda | |||
3. Tadbirlarni oʻtkazish. | alohida reja asosida | |||
33. | Yoshlarga tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, yot gʻoyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashishni hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etuvchi badiiy va hujjatli filmlar namoyish etish va ularning muhokamasini oʻtkazish. | 1. Badiiy va hujjatli filmlar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil iyul | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi, Kinematografiya agentligi |
2. Harbiy qismlarga tashrif buyurgan yoshlar uchun filmlar namoyishini tashkil etish. | alohida reja asosida | |||
VI. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari tahlili | ||||
34. | Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ijrosining tizimli monitoringini yuritish. | 1. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida ijro etilishini tizimli monitoring qilib borish. 3. Monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga hisobot kiritib borish. | har chorakda | Mudofaa vazirligi |
35. | Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yoritish. | 1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot materiallarini tayyorlash. 2. Tayyorlangan materiallarni ommaviy axborot vositalari, respublika va mahalliy televideniye kanallari, shuningdek, internet tarmoqlarida yoritish (eʼlon qilish). | muntazam ravishda | Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
36. | Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining natijadorligini tahlil qilish. | 1. Yoshlar fikrlarni oʻrganishga qaratilgan hududlar kesimida tadqiqotlar oʻtkazish. | har chorakda | Mudofaa vazirligi |
2. Tadqiqotlar natijasiga muvofiq dasturlarga qoʻshimchalar kiritish. | har yil 5-yanvar | |||
3-ILOVA