07.06.2023 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shu jumladan sohaga oid qonunchilik hujjatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonun doirasida tizimlashtirish maqsadida “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun bilan elektron raqamli imzo, uning ochiq va yopiq kalitlari, elektron raqamli imzo kalitining sertifikati kabi asosiy tushunchalar, elektron raqamli imzo vositalari va ulardan foydalanish, elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining faoliyati, elektron raqamli imzolar kalitlari egalarining huquq va majburiyatlari bilan bogʻliq muhim normalar belgilab berildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarorida IT-park rezidentlari tomonidan ingliz tilini oʻqitish boʻyicha xizmatni koʻrsatishga ruxsat berish orqali rezidentlar amalga oshirishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini kengaytirish nazarda tutilgan boʻlib, ushbu qoida asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxati kengaytirish bilan bogʻliq qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorning qabul qilinishi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlarini “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatini kengaytirish orqali IT sohasida ingliz tilini mukammal oʻzlashtirgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron raqamli imzo va undan foydalanish sohasini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarini “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatiga axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizdan oshmagan holda, axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim doirasida ingliz tilini oʻqitish boʻyicha xizmatni koʻrsatish faoliyatini kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi reglamentining 37-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazi” soʻzlari “Qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 3-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshidagi “kelishishi shart.” soʻzlari “kelishishi;” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“axborot texnologiyalari sohasida ingliz tilini oʻqitish xizmatidan tushgan mablagʻlar hajmi axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshmasligini taʼminlashi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“axborot texnologiyalari sohasida ingliz tilini oʻqitish xizmatidan tushgan mablagʻlar hajmi axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizidan oshganda;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Texnopark direksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali taʼlim berish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlimdan yillik umumiy daromadning 40 foizdan oshmagan holda, axborot texnologiyalari sohasida tashkil etiladigan taʼlim doirasida ingliz tilini oʻqitish boʻyicha xizmatni koʻrsatish faoliyati”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-iyuldagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga muvofiqligini tasdiqlaydigan elektron hujjat;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddati ikki martadan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-sentabrdagi 215-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-oktabrdagi PQ-1836-son qarori)” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 2014-yil 9-iyuldagi 185-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-son Qonuni)” 2014-yil 11-sentabrdagi 259-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga ilovaning 24-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 15-iyuldagi 190-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi 569-son qarorining 2-bandi va 2-3-ilovalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 137-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 12-maydagi 219-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hayʼati aʼzolari toʻgʻrisida” 1996-yil 2-iyuldagi 228-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hayʼati aʼzolari toʻgʻrisida” 2002-yil 16-avgustdagi 292-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 30-maydagi 155-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)