20.04.2023 yildagi PQ-128-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-metodik va tadqiqot ishlari sifatini oshirish orqali taʼlim tizimini kompleks rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy talablar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan yangi oʻquv rejalari, dasturlari va oʻquv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritish hamda oʻz hayotiy qiziqishlari, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlari yoʻlida ham ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga qodir boʻlgan har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika markazi)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Respublika markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining 34 ta shtat birligini hamda faoliyati tugatilayotgan Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazining 18 ta shtat birligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining 10 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni, oʻqitishning samarali shakl va usullarini, taʼlim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, qisqa muddatli, shu jumladan xususiy oʻquv kurslar (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kurslari)ning taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarida oʻqitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy talablar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagogik kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilgʻor shakllarini joriy qilish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv-tarbiya jarayonlari va kadrlarni tayyorlash sifatini monitoring qilishda, taʼlim oluvchilarning bilimi taʼlim standartlari va talablariga muvofiqligini tahlil qilishda ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati sohasida xalqaro dasturlar va tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, taʼlim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish boʻyicha ilmiy ishlanmalar va tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasidagi ilgʻor amaliyotni oʻrganish va tizimli tahlil qilish hamda uni respublikada joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan aloqalarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablar maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun majburiy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarini litsenziyalash, attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishni Respublika markazi bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning shunday tartibi oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Respublika markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilishni tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari hamda oʻquv kurslarini moddiy-texnik jihozlash boʻyicha talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari faoliyati sifatini nazorat qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim standartlari, oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning samaradorligini davriy tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil yakunlariga koʻra hamda vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilikdan kelib tushgan takliflar asosida taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyilgan talablarni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) vakolatli davlat organlari Respublika markazi talablari asosida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslari uchun taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini Respublika markazi talablariga muvofiq jihozlash boʻyicha zarur choralar koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika markaziga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari, shuningdek, oʻquv kurslarida taʼlim sifatini hamda oʻquv-tarbiya jarayonining taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlariga taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari talablarini bajarmagan taʼlim tashkilotlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni qoʻllash boʻyicha taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqot va tahliliy ishlar natijalarini taʼlim tashkiloti, tuman (shahar) yoki hudud misolida tajriba-sinovdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, yetakchi ilmiy, taʼlim va tahliliy, shu jumladan xorijiy muassasalar ekspertlarini shartnoma asosida tadqiqotlarga jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashr qilish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilish, taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish uchun, zarur hollarda, respublika va xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislaridan iborat loyiha (ishchi) guruhlarni, shu jumladan shartnoma asosida tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar olib borish va kadrlar tayyorlash, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga nisbatan litsenziya huquqlarini keyinchalik ularni tarjima qilish, moslashtirish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish imkoniyatlari bilan birga sotib olish boʻyicha xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar, mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari va oʻquv muassasalari bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlar jarayoniga nodavlat taʼlim tashkilotlarini jalb qilish, ular bilan ishlarni bajarish toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijro etuvchi hokimiyat organlaridan statistik, tahliliy va boshqa axborotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot-tahliliy sharhlar, maʼruzalar va boshqa nashrlar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha konsalting va ekspert-tahliliy xizmatlar koʻrsatish, ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy tuzilmalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markaziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari va grantlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari bilan birgalikda taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish va oʻquv jarayonini tashkil etishga taalluqli masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralarni qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazi faoliyatiga umumiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari rahbarlari Respublika markaziga har tomonlama koʻmaklashadi, jumladan, markaz oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga zarur shart-sharoit yaratadi, shuningdek, soʻralgan maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etadi, tahlillar yakuniga koʻra kiritilgan materiallar va tavsiyalarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika markazi 2023-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga quyidagilar boʻyicha takliflarni kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oluvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olgan holda umumtaʼlim tashkilotlarining oʻquv rejalari va dasturlarini tabaqalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish, tajriba-sinovdan oʻtkazish va ekspertiza qilish tartibini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor amaliyotlarni (MELQO, TIMSS, PISA, EQVET va boshqalar) hisobga olgan holda taʼlim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy metodlarini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika markazining xodimlari umumiy soni 42 nafardan iborat tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazi direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishgan holda, zarur hollarda, markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz faoliyatini moliyalashtirishning budjetdan tashqari manbalari hisobidan Respublika markazi xodimlarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Respublika markazi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va muassasalar tomonidan ularning buyurtmalari asosida tadqiqotlar va baholash ishlarini olib borishga ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida konsalting, ekspert-tahlil va boshqa xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari va maqsadli mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashqi ishlar vazirligi Respublika markaziga xorijiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda, shuningdek, ularning malakali mutaxassislarini jalb etishda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Respublika markaziga yangi tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda markazning intellektual-tahliliy salohiyatini rivojlantirish uchun xalqaro donorlarni jalb qilishda koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, Respublika markazi faoliyatini joriy taʼminlash va unga yuklatilgan vazifalarni bajarish, shuningdek, zarur inventarlar, mebel va orgtexnika bilan jihozlash uchun budjet mablagʻlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yilda Davlat budjeti parametrlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun nazarda tutilgan va shtat birliklarining qisqarishi munosabati bilan iqtisod qilinadigan budjet mablagʻlari doirasida ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (S. Umurzakov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Respublika markazining faoliyatini tashkil etish boʻyicha ustav, birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazini taʼlim sohasida chuqur nazariy va amaliy bilimga ega boʻlgan, xorijiy tillarni egallagan, belgilangan vazifalar ijrosini yuqori professional darajada bajara oladigan tajribali va malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Respublika markazi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi 30-uy manzildagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti 2023-yil 1-iyulga qadar Respublika markazini zarur mebel jihozlari, kompyuter texnikasi va boshqa moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-128-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ-128-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Maslahatchilar

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Axborot xizmati

Buxgalteriya hisobi boʻlimi

2

Taʼlimni oʻquv-meʼyoriy va metodik muvofiqlashtirish boshqarmasi

Taʼlimni pedagogik-psixologik qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi

Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi

Raqamli savodxonlik va innovatsion texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi

Ilmiy-metodik faoliyat va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish boʻlimi

2

Taʼlim dasturlari va oʻquv-metodik komplekslarni joriy etish boʻlimi

4

Pedagogik mahorat va inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻlimi

3

Baholash va ijtimoiy-amaliy tadqiqotlar boʻlimi

4

Raqamli pedagogika va mediataʼlimni rivojlantirish boʻlimi

3

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati

Ekspert-tahlil xizmatlarini amalga oshirish boʻlimi

3

Psixologik xizmatni rivojlantirish va kasbga yoʻnaltirish boʻlimi

3

Xalqaro dasturlar va reytinglardagi koʻrsatkichlar tahlili boʻlimi

3

Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish boʻlimi

3

Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash xizmati

Yuriskonsult

AKT boʻyicha bosh mutaxassis

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy soni — 42 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 15 nafar, ilmiy xodimlar — 27 nafar.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2023-y., 07/23/128/0224-son)