Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2009 15.03.2005 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2009
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FUQAROLARNI MUDDATLI HARBIY XIZMATGA YIGʻISh VA JOʻNATISh, ULARNI HARBIY QISMLARDA QABUL QILISh, ShUNINGDEK OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI REZERVIGA BOʻShATILGAN HARBIY XIZMATChILARNI YaShASh JOYLARIGA QAYTARISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 14-yanvardagi 10-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishning samarali tashkil etilishini taʼminlash, shuningdek harbiy xizmat nufuzini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining — fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga uyushgan holda yigʻish va qoʻshinlarga tantanali vaziyatda joʻnatishni; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning yashash joylarida tantanali ravishda kutib olinishini taʼminlash; muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashishda va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda koʻmaklashish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshinlar qismlari komandirlarining — muddatli harbiy xizmatga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarda qabul qilib olish boʻyicha tantanali tadbirlarni oʻtkazish, ularni harbiy xizmat sharoitlariga koʻniktirish; oziq-ovqat va kiyim-kechaklarning barcha turlari bilan taʼminlash, jangovar va ijtimoiy-siyosiy jihatdan samarali tayyorlash, maʼnaviy, axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan muddatli harbiy xizmatchilarni qoʻshinlar qismlaridan uyushgan holda kuzatib qoʻyish yuzasidan shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Gʻulomov Q.), Ichki ishlar vazirligi (Almatov Z.), Milliy xavfsizlik xizmati (Inoyatov R.) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarining sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Nazirov F.) joylardagi tibbiy va muqobil komissiyalarning samarali ishlashini, chaqiriluvchilarning tibbiy tekshiruvdan sifatli va xolisona oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov O.) mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning egallagan harbiy va fuqarolik ixtisoslarini hisobga olgan holda ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Qosimov R.) Davlat test markazi (Ismoilov B.), tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar orasidan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiradigan shaxslarni sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish chogʻida abituriyentlarni test sinovlaridan oʻtkazishda muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga erishgan hamda qoʻshinlar qismlari qoʻmondonligining belgilangan namunadagi tavsiyanomasini olishgan fuqarolar uchun ularga mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar berish tarzida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini bajarish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlashning davlat va mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga belgilangan tartibda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (Koʻchimov A.), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Hazratqulov M.), Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi (Alimov B.)ga Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablarini amalga oshirish tadbirlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Qosimov va S.T. Inomova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 15-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-martdagi 84-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarish tartibini, davlat organlarining ushbu ishlarni amalga oshirish boʻyicha vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi va muddatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yigʻish va joʻnatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan shtabi chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatishning umumiy jadvalini ishlab chiqadi. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ularga tegishli qismi boʻyicha yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Chaqiriluvchilarni qoʻshinlarga joʻnatish viloyat yigʻin punktlarida amalga oshiriladi. Chaqiriluvchilar viloyat yigʻin punktlariga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan avtobuslarda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda va chaqiriluvchilarni joʻnatish jadvallarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chaqiriluvchilarning qoʻshinlarga joʻnatish uchun mudofaa ishlari boʻlimlariga kelish vaqti ularning viloyat yigʻish manzillariga harbiy komandalarning harbiy qismlarga joʻnatilishidan kamida 4 soat oldin yetib kelishi hisobga olingan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chaqiriluvchilarni viloyat yigʻin punktlariga joʻnatishdan oldin mudofaa ishlari tuman boʻlimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat yigʻish manziliga yuborilayotgan harbiy komandaga nomma-nom roʻyxat tuzishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat yigʻin punktlariga joʻnatilayotgan fuqarolarga harbiy guvohnomalar berishi va ulardan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari va pasportlarini olib qoʻyishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Viloyat yigʻin punktida chaqiriluvchilar mudofaa ishlari boʻlimlari vakillaridan nomma-nom roʻyxat boʻyicha qabul qilish, qoʻshinlarni butlash uchun joʻnatilayotgan chaqiriluvchilar harbiy qismlarning vakillariga topshiriladi. Qoʻshinlarning vakillari (komandalarning boshliqlari) chaqiriluvchilarning hujjatlarini va harbiy tashuv hujjatlarini oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari viloyat yigʻin punktlarida viloyat chaqiruv komissiyalarining qarorlari bilan muddatli harbiy xizmatga olingan chaqiriluvchilarga “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasiga muvofiq ular Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari muddatli xizmatiga yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilar ekanligini eʼlon qiladi. Harbiy xizmatchilarga havo, temir yoʻl va avtomobil transporti qatnovi yoʻlida xavfsizlik choralari va xatti-harakat qoidalari boʻyicha yoʻriqnomalar beriladi. Harbiy xizmatchilarga va ularning kuzatish uchun kelgan ota-onalariga muddatli harbiy xizmatni tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorlari, muddatli harbiy xizmatchilarning huquqlari, vazifalari va imtiyozlari, qoʻshinlarning har xil turlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash xususiyatlari tushuntiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarga joʻnatish kunida viloyat yigʻin punktida tantanali kuzatish boshlangunga qadar ularga shaxsan foydalanish uchun sport kiyimi va belgilangan namunadagi poyabzal beriladi, ular bu buyumlarni muddatli harbiy xizmat tamom boʻlgandan keyin oʻzlari bilan olib ketish huquqiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan birgalikda harbiy xizmatchilarni harbiy qismlarga joʻnatish jadvali olingandan keyin ularni qoʻshinlarga tantanali kuzatib qoʻyishni tashkil etish va amalga oshirish rejasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshinlarga yuborilayotgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatib qoʻyish chaqiruv komissiyalarining raislari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining oʻrinbosarlari rahbarligida tashkil etiladi hamda hokimliklar, Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Mahalla”, “Nuroniy” jamoat tashkilotlari, Xotin-qizlar qoʻmitasining vakillari, ota-onalar ishtirokida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tantanali kuzatib qoʻyish mobaynida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatishga bagʻishlangan miting oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarga esdalik sovgʻalari topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tantanali kuzatib qoʻyish qatnashchilari va harbiy xizmatchilarga bayram tushligi tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti namoyish qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar ota-onalar, hokimliklar, mahalliy jamoatchilik vakillari bilan esdalik uchun suratga tushadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tantanali kuzatib qoʻyish tugallangandan keyin harbiy xizmatchilar xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida tashkiliy ravishda transportda xizmat joylariga joʻnatish uchun vokzallarga (aeroportlarga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiy xizmatchilar harakat xavfsizligi shartlariga javob beradigan, yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, texnik jihatdan tayyor transport vositalarida tibbiyot xodimlari hamrohligida xizmat joylariga yetkaziladi. Harbiy xizmatchilarni moslashtirilgan vagonlarda tashish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ommaviy axborot vakillari tomonidan harbiy xizmatchilarni qoʻshinlarga kuzatish bilan bogʻliq tantanali tadbirlarni keng yoritish tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarda qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Harbiy qoʻshilmalar va harbiy qismlarning komandirlari muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun kelgan harbiy xizmatchilarni vokzallar, aeroportlarda shaxsan kutib oladilar hamda ularning yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamrohligida bevosita harbiy qismlarga tashkiliy ravishda yetkazilishini amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Harbiy qismlarda yangidan chaqirilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkibni hammomda yuvintirish va harbiy xizmatchilarga harbiy kiyim-kechak kiydirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlarning komandirlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida qismga harbiy xizmatchilar kelganligiga bagʻishlangan tantanali mitinglar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tushligi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qismlarning komandirlari tomonidan harbiy xizmatchilar boʻlinmalarda boʻlgan dastlabki oʻn kunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha tibbiy tadbirlar kompleksi (dastlabki tibbiy koʻriklar, profilaktik emlash va sanitariya koʻrigi), sanitariya madaniyati darajasini oshirish tadbirlari (shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chaqiriluvchilarning maʼnaviy-ruhiy sifatlarini oʻrganish, chaqiriluvchilarni takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilikni jalb etgan holda joylarda “Sen xizmat qilayotgan oʻlka” rukni ostida mavzuli tadbirlar oʻtkaziladi. Bunday tadbirlar davomida harbiy xizmatchilarga viloyat, tuman, shaharning tarixi, iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar va yutuqlar, viloyat, tuman, shaharning taniqli kishilari haqida hikoya qilinadi. Harbiy qismning tashkil etilishi tarixi, uning anʼanalari hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik borasida erishgan yutuqlari bilan tanishtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qismdagi qurol-yarogʻlar va texnika harbiy xizmatchilarga namoyish qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy tarkib Harbiy qasamyodni, umumqoʻshin ustavlarini, muddatli harbiy xizmatni oʻtash masalalari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari qoidalarini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan huquq va majburiyatlar, ashyolar va pul, ovqat bilan taʼminlash normalari, tibbiy va hammom-kir yuvish xizmatlari tartibi maʼlum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Harbiy xizmatchilarni jismoniy yuklamalarga moslashtirish maqsadida harbiy qismlar va boʻlinmalarning komandirlari, harbiy-tibbiy xizmatlar mutaxassislarining doimiy nazorati ostida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ertalabki badantarbiyani amalga oshirish jarayonida shaxsiy tarkibni chiniqtirish va jismoniy tayyorgarlik boʻyicha rejali mashgʻulotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarning yuklamalarga yakka tartibda jismoniy va ruhiy chidamliligini, ularning harbiy xizmatchilar organizmiga taʼsiri darajasini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarni boʻlinmalarda shtatdagi lavozimlar boʻyicha taqsimlash haqidagi qarorlarni aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy mutaxassisliklar sifatli oʻzlashtirib olinishiga, jismoniy va axloqiy kamol topishiga, maqsadli xarakter, Vatanga muhabbatga va uning himoyasi uchun tayyor turishga asoslangan qatʼiy hayotiy nuqtayi nazar shakllanishiga yoʻnaltirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni jangovar va ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida samarali tarbiyalashni taʼminlash boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni joʻnatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Muddatli harbiy xizmatchilarni rezervga boʻshatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan fuqarolarni harbiy xizmatdan boʻshatish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiruv toʻgʻrisidagi qarori chiqqandan keyin harbiy okruglar shtablari Milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari birlashmalari shtablari, Ichki ishlar vazirligi ichki va qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻshilmalari hamda qismlari bilan birgalikda okrug qoʻshinlari uchun yagona harbiy xizmatchilarni rezervga boʻshatish rejasini ishlab chiqadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Harbiy qismlar komandirlari mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda harbiy xizmatchilarning harbiy qism bilan tantanali xayrlashuvini taʼminlaydilar, xayrlashuv davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga joʻnatishga bagʻishlangan mitinglar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezervga boʻshatilgan, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik aʼlochilari boʻlgan harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun harbiy qismlar qoʻmondonligining tavsiyanomalarini topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga yordam puli berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
esdalik sovgʻalari topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy xizmatchilarning qism qoʻmondonligi bilan esdalik uchun suratga tushishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tushligi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligining harbiy qismlaridan, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlaridan, Ichki ishlar vazirligining ichki va qoʻriqlash qoʻshinlaridan, keyinchalik yashash joylariga joʻnatish uchun xavfsizlik choralariga rioya etgan holda belgilangan muddatlarda vokzallarga (aeroportlarga) yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Rezervga boʻshatilayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy guvohnoma va hisobga olish-xizmat qilish kartochkasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni tantanali kutib olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joylardagi mudofaa ishlari boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorlikda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tantanali kutib olish davomida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olishga bagʻishlangan mitinglar oʻtkaziladi, mitingda hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijodiy jamoalar va badiiy havaskorlar konserti uyushtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining joylardagi organlari vakillari chiqishlari oʻtkaziladi, bunday chiqishlarda harbiy xizmatchilarga va ularning ota-onalariga ishga joylashtirish va kasbga oʻqitish yuzasidan maʼlumot beriladi, tegishli esdaliklar topshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni kutib olish boʻyicha tantanali tadbirlar yoritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tantanali tadbirlar tamom boʻlgandan keyin zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar xavfsizlik choralariga rioya etilgan holda tashkiliy tartibda transportda yashash joylariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash boʻyicha vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar boshqa teng shartlarda (taʼlim, kasb malakasi va boshqalar) davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalariga ishga qabul qilishda mardlikning armiya maktabidan oʻtgan va vatanparvarlik tarbiyasi singdirilgan,harbiy tayyorgarlik koʻrgan va hayotiy tajribaga ega boʻlgan mamlakatning eng faol va tayyorlangan kadrlar zaxirasi hisoblangan shaxslar sifatida ustunlik huquqidan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy organlari “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni ishga joylashtirishni va kasbga oʻqitishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishiga qodir boʻlmagan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda tashkil etilayotgan qonun hujjatlarida belgilangan ish joylarining eng kam (kvota) soniga ishga joylashtirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning koʻrsatib oʻtilgan toifasini ishga joylashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari faoliyati nazorat qilinishini;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar bilan ularning mehnat huquqlari va ishga joylashishini tushuntirish boʻyicha shaxsan ish olib borilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mudofaa ishlari boʻlimlarining rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilar ishga joylashtirilishi va ijtimoiy muhofaza qilinishi toʻgʻrisida belgilangan muddatlarda xabardor qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni ishga joylashtirish yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat test markazi, tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolardan boʻlgan shaxslarni oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda test sinovlari oʻtkazish davomida muddatli harbiy xizmat davomida jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan va Harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalarini olgan fuqarolar uchun eng koʻp toʻplash mumkin boʻlgan ballning 20 foizi miqdorida qoʻshimcha ballar tarzidagi qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni hisobga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlarning qoʻmondonligi tavsiyalari boʻyicha rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirishi uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etish boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olishni amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 74-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda)