02.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3421
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 02.03.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3421
Kuchga kirish sanasi
03.03.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 2-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3421]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Transport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D. KASIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-yanvar

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 16-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-yanvar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. TOShKULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 7-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. MAXKAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 19-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 23-yanvardagi 21-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Ushbu Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:

ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash Akademiyada;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarining malakasini oshirish Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun Akademiyada, qolgan viloyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarining malakasini oshirish har uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga o‘qishga kirish istagini bildirgan o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilar yoxud o‘zining o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini o‘qitish xohishini bildirgan ta’lim tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi — qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga qabul qilingan o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash (bundan buyon matnda qayta tayyorlash deb yuritiladi) — tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan, shuningdek pedagogik hamda haydovchi-yo‘riqchilik faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmini egallashga qaratilgan ta’lim turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarning malakasini oshirish (bundan buyon matnda malaka oshirish deb yuritiladi) — o‘qituvchi hamda haydovchi-yo‘riqchilarning kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlash, ularning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qilishga qaratilgan ta’lim turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tyutor (o‘qituvchi-konsultant) — qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tegishli o‘quv moduli bo‘yicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yo‘naltiruvchi, metodik yordam ko‘rsatuvchi, o‘qish va bilish nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul xodim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida auditoriya o‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, auditoriya mashg‘ulotlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga talabgorlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslarida o‘qish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgorning arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida Akademiya tomonidan unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor tomonidan ariza mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etilmagan yoki arizada tegishli ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan yoxud noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, Akademiya tomonidan talabgorga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida ushbu ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgor tomonidan taqdim etilgan arizada mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o‘rtasida uni o‘qitish yuzasidan shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Shartnomada ko‘rsatilgan o‘qitish qiymati talabgor tomonidan shartnomada belgilangan muddatda to‘liq to‘langandan so‘ng, talabgor Akademiya boshlig‘ining buyrug‘i bilan tegishli qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Talabgor tomonidan shartnoma imzolanilmagan bo‘lsa, yoki o‘qitish qiymati shartnomada belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda, talabgor o‘qishga qabul qilinmaydi hamda talabgorga bu haqda Akademiya tomonidan shu kunning o‘zida yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayoni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Transport vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etiladi hamda mashg‘ulotlar jadvali bo‘yicha olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 barovari miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 4 barovari, ularning malakasini oshirish kursi uchun to‘lov esa bazaviy hisoblash miqdorining 7 barovari miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash 2 hafta (72 soat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi-yo‘riqchilarning malakasini oshirish 2,5 hafta (90 soat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qituvchilarning malakasini oshirish 4 hafta (144 soat).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tinglovchilarga ularning o‘quv jarayonida ishtirokini ta’minlash hamda o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda tyutor (o‘qituvchi-konsultant) yaqindan yordamlashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tyutor (o‘qituvchi-konsultant) tinglovchi va pedagoglar bilan doimiy aloqa bog‘lash, ularga zarur metodik yordam ko‘rsatish, tinglovchilar tomonidan yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni bajarish, shuningdek ularning bilimini baholash jarayonida tegishli nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, mehnat ta’tili, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lishi sababli) qatnashmagan hamda ushbu kursni yakuniga yetkaza olmagan tinglovchiga Akademiya boshlig‘ining ruxsati bilan tegishli yo‘nalish bo‘yicha navbatdagi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslarida mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan to‘lovlarni to‘lamagan holda o‘qishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv jarayoniga Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda shartnoma asosida pedagog kadrlar va mutaxassislar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida sinov imtihonlari oraliq va yakuniy nazorat turlaridan iborat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida sinov imtihonlari o‘quv reja va o‘quv dasturlari asosida ishlab chiqilgan test shaklida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Test savollari sinov imtihonlari boshlanishidan kamida uch kun oldin Akademiyaning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sinov imtihonlari o‘tkazilayotgan xonaga tinglovchilar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lug‘at, shpargalka va boshqa materiallar olib kirilishi hamda foydalanilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki foydalangan tinglovchi sinov imtihonlarini o‘tkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida sinov imtihonlaridan chetlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tinglovchining qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursi mobaynidagi o‘zlashtirishi 100 ballik tizim asosida baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq nazorat 20 ta test savollaridan iborat bo‘ladi, har bir to‘g‘ri javob uchun 1,5 ball va jami to‘planishi mumkin bo‘lgan ball 30 balni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy nazorat 35 ta test savollaridan iborat bo‘ladi, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball va jami to‘planishi mumkin bo‘lgan ball 70 balni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchining oraliq va yakuniy nazorat turlarida to‘plagan natijalari umumlashtiriladi. Bunda, tinglovchining umumiy to‘plagan natijasi 56 va undan yuqori balni tashkil etgan taqdirda u qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursini tugatgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov imtihonlarining natijalari bo‘yicha tinglovchi 56 baldan kam to‘plagan hollarda u qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursidan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sinov imtihonini topshira olmagan tinglovchilarga ularning natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida qayta topshirish uchun imkoniyat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tinglovchidan sinov imtihonini qayta topshirish uchun mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan to‘lovlar undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov imtihonini topshira olmagan tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursini shartnoma asosida qayta o‘qish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Akademiya tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga asosan qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan tinglovchiga diplom yoki sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursida qatnashganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tinglovchilarning huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin Akademiyaning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya axborot-resurs markazi, o‘quv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tinglovchilar quyidagilarga majbur hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv dasturlari talablarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan sinov imtihon (test)larini topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv jarayonida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga tegishli bo‘lgan mulklarni asrab-avaylash, Akademiya ichki tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tinglovchi quyidagi asoslarga ko‘ra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xohishiga (arizasiga) binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganligi sababli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv intizomi va Akademiya ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursining o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Tinglovchilarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tinglovchilarning apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun Akademiya boshlig‘ining buyrug‘i bilan Akademiyaning kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Akademiya boshlig‘ining ko‘rsatmasiga asosan Apellatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida sinov imtihonlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning Apellatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sinov imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan tinglovchilar mazkur imtihonlar natijalari e’lon qilingan kundan boshlab yetti ish kuni ichida Apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchini shikoyat ko‘rib chiqilishidan 2 kun oldin uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab 3 kun muddat ichida ko‘rib chiqadi. Bunda, apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchi mazkur shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Apellatsiya komissiyasi unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyasining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma Bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Apellatsiya komissiyasi tomonidan apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish davomida tinglovchiga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov natijalariga o‘zgartirish kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya shikoyatini ko‘rishda tinglovchining sinov natijasida olgan balini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Apellatsiya komissiyasi apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan tinglovchiga o‘z qarorini u qabul qilingan kunning o‘zida ma’lum qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Apellatsiya komissiyasining sinov natijalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarori asosida tinglovchiga qayta tayyorlash kursi bo‘yicha diplom, malaka oshirish kursi bo‘yicha sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan tinglovchi yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun arizalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY ShAKLLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘qituvchi yoki haydovchi-yo‘riqchi haqida ma’lumotlar

Hudud

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

To‘lov miqdori

Telefon raqami

Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami

Ma’lumoti

Yashash manzili

PINFL (JShShIR)

Arizani ko‘rib chiqish vaqtida shaxsga doir ma’lumotlarimdan foydalanilishiga roziman.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlari bo‘yicha ma’lumotlar

Ta’lim tashkiloti nomi

Manzili

Bank nomi

Hisob raqami

Shaxsiy hisob varag‘i raqami

MFO

INN (Tashkilot)

INN (G‘aznachilik)

Hudud

Ta’lim tashkiloti rahbari

To‘lov miqdori

Telefon raqami

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarining qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganligi haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DIPLOM

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarining malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SERTIFIKAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2023-y., 10/23/3421/0125-son)