27.02.2023 yildagi PQ-74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari, jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash, inklyuziv rivojlanish, aholining barcha qatlamlari teng huquq va imkoniyatlarga ega boʻlishlarini taʼminlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Advokatlar palatasi hamda jamoatchilikning quyidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarni zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish muassasalari uskunalarini modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar hamda ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolarga davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanish boʻyicha imtiyozlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash va ularga yuridik yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini 60 foizga yetkazish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son )
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslar taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxatini kengaytirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi (yoʻlda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-maydan boshlab tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi boʻlgan bolaning yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratiladi, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi boʻlgan bolani parvarishlayotgan shaxsga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslar (ota-onasi va boshqalar) uchun davolash davrida davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yoʻlga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan bolalarning nogironligi boʻlgan shaxs deb topilishi asosli ekanligini aniqlash maqsadida ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining yoʻllanmasiga asosan qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish tartibi bekor qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, nogironligi boʻlgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yordam olishlariga (pro bono) koʻmaklashish uchun “Yuridik yordam” axborot tizimida advokatlik tuzilmalari va advokatlar foydalanishi uchun ochiq boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxslarning murojaatlari boʻlimi yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yuridik yordam (pro bono) olish boʻyicha murojaatlari “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi hamda ixtiyoriy yordam koʻrsatilishi uchun advokatlik tuzilmalari va advokatlar eʼtiboriga yetkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy bepul yuridik yordam koʻrsatish istagida boʻlgan advokatlik tuzilmalari hamda advokatlar uchun bunday yordam taklif qilishning texnik imkoniyati yaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlik tuzilmalari va advokatlardan ular koʻrsatgan ixtiyoriy bepul yuridik yordam (pro bono) toʻgʻrisida hisobot talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi shaxslarga oʻz huquqlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning yagona roʻyxatini shakllantirsin va doimiy yangilab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolar uchun belgilangan imtiyozlarning yagona roʻyxatini “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalida eʼlon qilib, Internet tarmogʻi orqali muntazam yoritib borishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz bilan birgalikda uch oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddatini qoʻllash masalasini xorijiy ilgʻor tajribalar asosida oʻrganib chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab “Maxsus pedagogika, defektologiya” magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻliq davlat granti asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat granti asosida oʻqitish davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 oʻquv yiliga qabul jarayonidan boshlab qabul tartibi, test sinovlari toʻgʻrisida abituriyentlarga maʼlumot berish uchun tayyorlanadigan materiallar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatda boʻlishi, jumladan videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan talabalarga taʼlim jarayonida koʻmaklashish uchun nogironligi boʻlgan shaxsning oila aʼzosi yoki boshqa shaxslarga oliy taʼlim muassasasida nogironligi boʻlgan shaxsning yonida birga boʻlishi uchun sharoit yaratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5217-son qarori 2-bandining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“bolalar serebral falaji, umurtqa pogʻonasining patologik sinishi bilan kasallangan bolalar va kattalarda mustaqil yurish funksiyalarini qayta tiklash uchun Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlarini 2021-2022-yillarda 28 ta, shundan 2021-yilda 14 ta zamonaviy ekzoskelet uskunasi, 2023-yilda robotlashtirilgan lokomat toʻplami va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlash”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 2, 6 va 13-bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish 2023-yilda Davlat budjetidan tegishli sohalarga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishini, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlar, nogironlik belgisi boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatining aholi oʻrtasida tushuntirilishini, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali muntazam ravishda va keng koʻlamda yoritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 27-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-74-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi PQ-74-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yuzasidan qonunchilik bazasini takomillashtirish

1.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa aʼzosiga nogironligi boʻlgan bolaning yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratishni, jumladan statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi boʻlgan bolani parvarish qilish bilan band boʻlgan shaxslarga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishini va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga qarovchi shaxslar uchun davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yoʻlga qoʻyilishini koʻzda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2.

Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyihada ijarachi nogiron deb topilganligiga qaramasdan amaldagi ijara shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishni davom ettirish istagini bildirgan taqdirda ijara shartnomasining amal qilishi toʻxtatilmasligi nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2023-yil aprel

Adliya vazirligi,

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 411-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyihada:

fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish va nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda tegishli protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilishi;

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun talab etiladigan tibbiy xulosaning mavjudligi oʻzaro axborot almashinuvi orqali aniqlanishi;

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilgan tibbiy xulosa asosida mazkur axborot tizimga integratsiya qilingan “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida nogironligi belgilangan shaxsning murojaatiga (shu jumladan, elektron tartibda) koʻra protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun elektron sertifikat shakllantirilishi;

nogironligi boʻlgan shaxslarni “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi orqali zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlashda joriy etiladigan shaffof elektron navbat doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila aʼzolariga ustuvorlik berilishi;

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun soʻrovnomalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatidan bitta soʻrovnoma va umumiy roʻyxatdan bitta soʻrovnoma tartibida navbatma-navbat shakllantirilishi;

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining amaldagi roʻyxatini kengaytirish koʻzda tutiladi.

Hukumat qarori loyihasi

2023-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan bolalarning nogironligi boʻlgan shaxs deb topilishi asosli ekanligini aniqlash maqsadida ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlarining yoʻllanmasiga asosan qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilishda ularga nisbatan dastlabki sinov muddatini qoʻllamaslik tartibini joriy etish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish hamda takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil may

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

6.

Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga oʻtish, jumladan uning mezonlarini jahon andozalariga mos tartibini joriy etish boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish safarlarini tashkil etgan holda tahlil qilish.

Tahlil natijalariga koʻra aniq takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Nogironligi boʻlgan shaxslarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish

7.

2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash darajasini 60 foizga yetkazish boʻyicha belgilangan vazifa doirasida Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 2023-yilda muhtoj shaxslarni xorijiy texnologiyalar asosida tayyorlangan quyidagi turdagi sifatli zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari:

nogironligi boʻlgan shaxslarni son olib tashlangandan keyingi oyoq protezi bilan;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan hamda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning yagona roʻyxatini shakllantirish.

Mazkur roʻyxatni “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalida eʼlon qilib, Internet tarmogʻi orqali keng yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Advokatlik tuzilmalari va advokatlarga nogironligi boʻlgan shaxslarga ixtiyoriy bepul yordam koʻrsatishga (pro bono) koʻmaklashish doirasida “Yuridik yordam” axborot tizimida advokatlik tuzilmalari va advokatlar foydalanishi uchun ochiq boʻlgan, nogironligi boʻlgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yuridik yordam olish boʻyicha murojaatlari boʻlimini yaratish hamda ularni xabardor qilish funksiyalarini joriy etish.

Bunda, “Yuridik yordam” axborot tizimini texnik jihatdan takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Advokatlar palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Davlat organlari va tashkilotlarida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga, nogironligi boʻlgan bolalarga va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi (yoʻlda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaroga navbatsiz xizmat koʻrsatilishini anglatuvchi maxsus axborot belgilari oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

“Ijtimoiy xizmat” elektron platformasiga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi maʼlumotlarini integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo koʻrgazmalarini tashkil etish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdosini yoʻlga qoʻyishda har tomonlama koʻmaklashish.

Bunda:

koʻrgazma savdolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilyonlarida doimiy faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;

nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning mahalliy va xorijiy elektron platformalarda savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Ommaviy axborot vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning faol ijtimoiy roli ijobiy qabul qilinishi hamda ularning ijtimoiy integratsiyasiga imkon beruvchi ijobiy yondashuvni gavdalantirishga qaratilgan axborotni keng yoritib borish, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning qadr-qimmati va qobiliyati hamda ularning ish joyidagi va mehnat faoliyatidagi jamoa yutuqlariga qoʻshayotgan hissasi eʼtirof etilishiga koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek, nogironlik belgisiga koʻra kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik, nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2023-y., 07/23/74/0110-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son)