23.01.2023 yildagi PQ-15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini tadbirkorlikka jalb qilishni yanada jadallashtirish, tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni taʼminlash, respublikamiz tadbirkorlik subyektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvini kengaytirish borasidagi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Savdo-sanoat palatasiga (keyingi oʻrinlarda — Palata) quyidagi vakolatlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, biznesning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan yoki uni cheklayotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, maʼmuriy, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik muhitini yaxshilash boʻyicha takliflarni toʻgʻridan-toʻgʻri Bosh vazirga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes muhitini yaxshilash boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, tadbirkorlik masalalari borasida jamoatchilik eshituvlarini tashkil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishda oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan biznes vakillari va boshqa shaxslarni mukofotlarga tavsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati va boshqa hududiy davlat organlariga hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari va hokimlar bilan hududdagi ishbilarmonlik muhitining holati, tadbirkorlik sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining ijrosi natijadorligi boʻyicha tanqidiy muhokamalar oʻtkazib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-fevraldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Palata aʼzoligiga, aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan aʼzolik bilan bogʻliq Palata xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha pullik xizmatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aʼzo sifatida roʻyxatga qoʻyish uchun Palataga elektron tizim orqali yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (keyingi oʻrinlarda — Jamoat fondi) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamoat fondlari) hisobidan Palataning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, mos ravishda Palata va uning hududiy boʻlinmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan davlat subsidiyasining sarflanishi boʻyicha har yili tegishincha Jamoat fondi hamda hududiy jamoat fondlariga hisobot berib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Palata va uning hududiy boʻlinmalari uchun tavsiyaviy shtatlar meʼyorlari hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlarini tasdiqlash va hududiy jamoat fondlariga yetkazish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarida Oʻzbekiston Respublikasi sudlariga taqdim etadigan ariza, daʼvolar hamda apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari boʻyicha davlat boji toʻlovlaridan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda Palataga milliy hamkor biriktirish talabi qoʻllanilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Palata loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Palataning tadbirkorlik sohasida tarmoqlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlash, ularning oʻziga xos muammolarini aniqlash, tahlil qilish va yechimini topish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmini yaratish maqsadida uning huzurida jamoatchilik asosida tarmoqlar kesimida qoʻmitalar tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ushbu qoʻmitalarga kelishuv asosida iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha faoliyat yuritayotgan uyushmalar raislari rahbarlik qiladi va ular bir vaqtning oʻzida Palata raisining maslahatchisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Palata, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tadbirkorlar bilan joylarda toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida asosiy vazifalari quyidagilar hisoblangan, kamida 20 nafar ilgʻor tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ravishda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar oʻrtasida biznesga oid qonunchilik hujjatlari mohiyati va ahamiyatini tushuntirish ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalari orasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi ishbilarmonlik muhitining holatini tahlil qilish hamda takliflarni Palataga taqdim etib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika hududlarida tashkil etiladigan “Tadbirkorlar xiyobonlari”ning (keyingi oʻrinlarda — xiyobonlar) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xiyobonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga toʻlangan aʼzolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari hamda mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan barpo etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tashkil etilayotgan xiyobonlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda “B2B” tadbirlari va “kovorking” faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida koʻrgazmalar oʻtkazib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xiyobonlardagi bino-inshootlar Palataning hududiy boshqarmalari balansiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2 oy muddatda hududlarda boʻsh turgan, samarasiz ishlatilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlari negizida respublika hududlarida xiyobonlar tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, Palataning tashkiliy tuzilmasi, uning ijroiya qoʻmitasi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)lar boʻlimlari tuzilmalari Palata raisi tomonidan uning Rayosati bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata (Vahobov) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, Palata ijroiya qoʻmitasi va hududiy boʻlinmalarining tuzilmalari hamda shtat birliklarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Palata ijroiya qoʻmitasi va hududiy boʻlinmalarining malakali, chuqur nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oʻz vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaziy bank, Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi va Statistika agentligi respublikadagi ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish hamda tadbirkorlik subyektlarining yashovchanligi holatini tahlil qilish maqsadida uch oy muddatda oʻz elektron axborot tizimlari Palataning elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Palata ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda respublika hududlarida startaplar, biznes-inkubatorlar va boshqa kichik tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda dual taʼlim tizimini takomillashtirish, “Ustoz-shogird” anʼanalarining zamonaviy mexanizmlarini tajriba tariqasida 3 ta oliy oʻquv yurtining 3- va 4-bosqichiga hamda 2 ta kasb-hunar kollejiga joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 23-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-15-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PQ-15-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida tashkil etiladigan “Tadbirkorlar xiyobonlari”ning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tuman (shahar)

Ishga tushirish muddati

1.

Amudaryo tumani

2023-yil aprel oyi yakuniga qadar

2.

Shumanay tumani

3.

Qonlikoʻl tumani

4.

Peshku tumani

5.

Olot tumani

6.

Arnasoy tumani

7.

Baxmal tumani

2023-yil iyun oyi yakuniga qadar

8.

Sh. Rashidov tumani

9.

Qamashi tumani

2023-yil iyul oyi yakuniga qadar

10.

Nishon tumani

11.

Gʻozgʻon tumani

2023-yil avgust oyi yakuniga qadar

12.

Xatirchi tumani

13.

Chortoq tumani

2023-yil sentabr oyi yakuniga qadar

14.

Norin tumani

15.

Kattaqoʻrgʻon tumani

16.

Boyovut tumani

2023-yil oktabr oyi yakuniga qadar

17.

Sardoba tumani

18.

Bandixon tumani

19.

Boʻka tumani

2023-yil noyabr oyi yakuniga qadar

20.

Piskent tumani

21.

Rishton tumani

2023-yil dekabr oyi yakuniga qadar

22.

Yozyovon tumani

23.

Yangiariq tumani

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 07/23/15/0048-son)