10.01.2023 yildagi 9-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida Oʻzbekiston taekvondo akademiyasini hamda 2023-2024-yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo (WT) boʻyicha milliy terma jamoalar (kattalar, yoshlar, oʻsmirlar yosh toifalari sportchilari, shuningdek sport faxriylari) aʼzolarining jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo (WT) boʻyicha milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ularga amaliy va ilmiy-metodik jihatdan koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo (WT) boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taekvondo (WT) boʻyicha ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, oʻquv-qoʻllanmalar, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarining asosiy vazifalari etib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini hududiy terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy terma jamoalar aʼzolarining respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur boʻlgan mahorati va koʻnikmalari chuqur rivojlantirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, oʻquv-metodik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratish belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi bilan birgalikda uch oy muddatda Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarining ustavlari tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi bilan birgalikda Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Arancha qoʻrgʻoni manzilidagi Mudofaa vazirligiga tegishli bino va inshootlarning bir qismini (tibbiyot punkti, 56 oʻrinli mehmonxona, 100 oʻrinli yotoqxona, 7 ta oʻquv-sinf xonasi, 2 ta konferensiyalar zali va boshqalar), shuningdek, Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi namunasi boʻyicha sport zalini qurish uchun ushbu hududdan tegishli yer maydonini Oʻzbekiston taekvondo akademiyasiga ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 29-iyuldagi PQ-337-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston taekvondo akademiyasini innovatsion texnologiyalarga asoslangan, qimmat boʻlmagan, energiya tejovchi va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish ishlarini 2023-yil 1-sentabrga qadar yakunlash va foydalanishga topshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi hududida sport zal qurish hamda mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni — 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida sport obyektlarining loyiha-qidiruv ishlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj va jihozlash ishlarini — 2023-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida iqtisod qilingan va taqsimlanmagan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi bilan birgalikda belgilangan muddatlarda Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasining tavsiyalari asosida Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi faoliyatini 2023-yil 1-sentabrdan boshlab yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga tegishli Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Chimyon MFY manzilida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasini Oʻzbekiston taekvondo akademiyasiga belgilangan tartibda bepul oʻtkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda sportchilarning oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazish bazasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sportchilarning hududiy, respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun hududiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga tegishli takliflarni Sport vazirligiga taqdim etsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-fevralga qadar ilovaga muvofiq hududlarda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish uchun belgilangan tartibda foydalanilmayotgan boʻsh binolarni Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalariga vaqtinchalik foydalanish uchun bepul ajratish va belgilangan muddatlarda mazkur markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarining turli darajadagi musobaqalar va oʻquv-mashq yigʻinlari sport tadbirlari rejasini belgilangan muddatlarda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trenerlar tarkibi va oʻquvchi-sportchilarning taekvondo boʻyicha yetakchi xorijiy markazlar va maktablarda stajirovkadan oʻtishini tizimli asosda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini zarur oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari sportchilari tayyorgarligining sifatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va zarur hollarda tayyorgarlik jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taekvondo akademiyasiga fuqarolarni, shu jumladan chet el fuqarolarini toʻlov-kontrakt asosida ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi raisi, Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi direktori va Oʻzbekiston taekvondo akademiyasining Trenerlar kengashi aʼzolari lavozimini harbiy xizmatchi maqomiga tenglashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi uch oy muddatda Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston taekvondo akademiyasida sportchi, trener va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish tartibi, tinglovchilar kontingenti va oʻqitish grafigi tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Oʻzbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyati tashkil etilishining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid teleradiodasturlar, taekvondo va parataekvondo boʻyicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish faoliyati haqida maxsus koʻrsatuv va maqolalar tayyorlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 10-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-yanvardagi 9-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-2024-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Jami

Shu jumladan:

2023-yil

2024-yil

Jami:

14

5

9

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

1

2.

Andijon viloyati

1

1

3.

Buxoro viloyati

1

1

4.

Jizzax viloyati

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

1

6.

Navoiy viloyati

1

1

7.

Namangan viloyati

1

1

8.

Samarqand viloyati

1

1

9.

Sirdaryo viloyati

1

1

10.

Surxondaryo viloyati

1

1

11.

Toshkent viloyati

1

1

12.

Fargʻona viloyati

1

1

13.

Xorazm viloyati

1

1

14.

Toshkent shahri

1

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari tegishli yilning 1-sentabr kuniga qadar foydalanishga topshiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 09/23/9/0013-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)