Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish, aholi va tadbirkorlarning energiya resurslariga talablarini qondirish, yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalaridagi islohotlarni yanada jadallashtirish, shuningdek, geologiya va kon-metallurgiya sanoati sohasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, geologiya va kon-metallurgiya sanoatida ishlab chiqarish surʼatlarini keskin oshirish, yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi yanada takomillashtirilishi natijasida Hukumat qarorlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 26-iyuldagi PF-176-son Farmoni hamda “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 29-sentabrdagi PQ-384-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi tugatilib uning negizida Nazorat inspeksiyasi tashkil etilganligi;
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasidagi Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi tugatilganligi;
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi lavozimi oʻrniga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etilganligi;
Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti — Geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari departamenti sifatida qayta nomlanganligi;
Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etilganligi munosabati bilan Hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga muvofiqlashtirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-noyabr,
674-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-noyabrdagi 674-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 901-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. J.T. Mirzamahmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — energetika vaziri, Respublika komissiyasi rahbarining oʻrinbosari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 337-sonli qaroriga asosan 2025-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi 503-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi “Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti” soʻzlari “Yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qaroriga 2-ilovada:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lavozimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, Komissiya raisining oʻrinbosari”;
b) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sh.H. Xodjayev — Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari”;
v) toʻqqizinchi xatboshidagi “energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini” soʻzlari “kon-metallurgiya sohalari va sanoatni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta hosili terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi birinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, kon-metallurgiya sohalari va sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Oʻzavtosanoat” AJ ishonchli boshqaruvchi kompaniyasi, qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga:”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi 601-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlashni va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-martdagi 171-son qarorida:
a) 1-banddagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) ilovaning 3, 18, 20-bandlari, 23-bandi ikkinchi xatboshisi, 24 va 25-bandlaridagi tegishli kelishikdagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovaning “11-bosqich” va “12-bosqich” pozitsiyalari “Amalga oshiriladigan tadbirlar” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Nazorat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2022-y., 09/22/674/1041-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son, 19.06.2024-y., 09/24/337/0422-son)