1-ILOVA
1. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri, kengash raisi |
2. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori, kengash raisi oʻrinbosari |
3. | U.U. Sharifxodjayev | — | maktab va maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari |
4. | E.M. Muxitdinov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari |
5. | I.A. Ibragimov | — | Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari |
6. | Lavozimi boʻyicha | — | sport vaziri oʻrinbosari |
7. | J.T. Joʻrayev | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari |
8. | B.T. Abdullayev | — | ichki ishlar vaziri oʻrinbosari |
9. | O.A. Parpibayeva | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
10. | F.Z. Ibragimov | — | “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ direktori |
11. | Lavozimiga koʻra | — | kibersport sohasida faoliyat yuritayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari |
12. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
2-ILOVA
№ | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
I. Kibersport turlari boʻyicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish | |||||
1. | Kibersport ligasini tashkil qilish. | 1. Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublari roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil fevral | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev) |
2. Kibersport klublari oʻrtasida tanlov eʼlon qilish. | 2023-yil mart | ||||
3. Tanlovda gʻolib boʻlgan kibersport klublari oʻrtasida har yili tizimli ravishda kibersport liga musobaqalarini tashkil qilish. | Yil davomida | ||||
4. Kibersport liga musobaqalarining natijalarini eʼlon qilish va jamoalar reytingini yuritish. | Yil davomida | ||||
2. | Kibersport turlari boʻyicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash. | 1. Kibersport turlari boʻyicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash maqsadida buyurtma shakllantirish. 2. Buyurtmaga asosan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida qayta tayyorlash kurslarini joriy qilish. | 2023-yil yanvardan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari va boshqa manbalar | Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
3. | Milliy kibersportchilar reyestrini shakllantirish. | 1. Yaratilayotgan portalda roʻyxatdan oʻtgan kibersportchilarning roʻyxatini shakllantirish. 2. Yaratilayotgan portalda kibersportchilarning reytingini yuritish. | 2023-yil sentabr | Ijrochilar mablagʻlari | Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
3. Reytingda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallagan kibersportchilarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan ularning xalqaro va mintaqaviy turnirlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. | Muntazam ravishda | ||||
4. | Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublarining umumiy reytingini yuritish. | 1. Respublikada faoliyat yuritayotgan kibersport klublarini xatlovdan oʻtkazish. | 2023-yil mart | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Kibersport klublarining umumiy reyting koʻrsatkichlarini ishlab chiqish (bino sigʻimi, kompyuterlar holati, oʻyinlar turlari, musobaqalardagi natijalar, sportchi va trenerlar soni, boshqalar). | 2023-yil aprel | ||||
3. Kibersport klublarining umumiy reytingini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish. | 2023-yil maydan boshlab doimiy | ||||
4. Kibersport klublarining umumiy reytingini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish. | 2023-yil may | ||||
5. | Nodavlat kibersport taʼlim muassasalarini tashkil qilishni qoʻllab-quvvatlash. | 1. Professional kibersportchilarni tayyorlaydigan nodavlat kibersport taʼlim muassasalarini (maktablar, akademiyalar) tashkil qilish. 2. Nodavlat kibersport taʼlim muassasalarini tashkil qilayotgan tashabbuskorlarga har tomonlama yordam koʻrsatish (yer ajratish, kredit olish, asbob-uskunalar xarid qilish, reklama, yoshlarni jalb qilishda va boshqalar). | 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
6. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida (kompyuter sinflari mavjud maktablar) kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha darsdan tashqari toʻgaraklarni tashkil qilish. | 1. Toʻgaraklarda yoshlarning boʻsh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy koʻnikmalar berish. 2. Toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish, toʻgaraklarni tegishli kadrlar va metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida muntazam turli tadbirlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishini tashkil etish. 3. Toʻgaraklarning faoliyat yuritishi, tadbirlar oʻtkazilishi uchun zarur boʻladigan xonalarni ajratish va tegishli shart-sharoit yaratish, ularga oʻquvchi-yoshlarni jalb qilish. 4. Toʻgaraklarda pullik xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar hisobidan ularda faoliyat koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlari, shartnoma asosida jalb qilinadigan mutaxassis, ekspert va boshqa xodimlar mehnatiga haq toʻlash, toʻgaraklarning boshqa joriy xarajatlarini qoplash. 5. Umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi kompyuter sinflarini jihozlash, texnik holatini yaxshilash. | 2022 — 2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti fede�atsiyasi |
II. Kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish | |||||
7. | Kibersport turlari boʻyicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini oʻtkazish. | 1. Respublika chempionatining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Respublika chempionati doirasida oʻtkaziladigan kibersport turlari roʻyxatini tasdiqlash. 3. Respublika chempionati hakamlar hayʼatini shakllantirish. | 2023-yil yanvar | Belgilangan manbalar | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev) |
4. Respublika chempionatini oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish hamda Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash tomonidan tasdiqlash. 5. Respublika chempionatini uch bosqichda oʻtkazish: | Har yili fevral | ||||
birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari; | Har yili fevral | ||||
ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari; | Har yili mart | ||||
uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari. 6. Respublika chempionati gʻolib va sovrindorlarini pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlash. | Har yili aprel | ||||
8. | Kibersport turlari boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini oʻtkazish. | 1. Turnirga puxta tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2023-yil fevral | Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar | Idoralararo kengash ( Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev) |
2. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil mart | ||||
3. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish. 4. Turnirni uch bosqichda oʻtkazish: | Har yili oktabr | ||||
birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari; | 2023-yildan boshlab har yili noyabr | ||||
ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari; | 2023-yildan boshlab har yili noyabr | ||||
uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari. | 2023-yildan boshlab har yili dekabr | ||||
9. | Kibersport turlari boʻyicha “Yoshlar kubogi” turnirini oʻtkazish. | 1. Turnir nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil aprel | Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻlari, Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Turnirni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini ishlab chiqish. | Har yili may | ||||
3. Turnirni uch bosqichda oʻtkazish: birinchi bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari; ikkinchi bosqichda — viloyat musobaqalari; uchinchi bosqichda — respublika (final) musobaqalari. | Har yili iyun | ||||
10. | “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalar gʻolib va sovrindorlari orasidan terma jamoa tarkibini shakllantirish, shuningdek, jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro musobaqalarda qatnashishini taʼminlash. | 1. Kibersport turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalar gʻolib va sovrindorlari hamda boshqa iqtidorli kibersportchilar orasidan iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya). 2. Iqtidorli yoshlar orasidan milliy terma jamoa tarkibini shakllantirish. 3. Milliy terma jamoaning jahon, Osiyo chempionatlari, xalqaro va mintaqaviy turnirlarda muntazam ishtirokini taʼminlash. 4. Xorijiy davlatlarning trener va hakamlari bilan oʻzaro tajriba almashish maqsadida chet el kibersport klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish. | 2023-yildan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
11. | Kibersport turlari boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Xalqaro va xorijiy kibersport assotsiatsiya (federatsiya)lari va tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish. 2. Muzokaralar natijasiga koʻra hamkorlik yoʻnalishlarini aniqlash va memorandumlar imzolash. 3. Xalqaro kibersport federatsiyasi (IESF) bilan 2023-2024-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish. 4. Geyming, kibersport komyuniti-menejmenti, striming industriyasi, geymdizayn, kontentmeyking, dasturlash, sharhlash, kibersport analitikasi boʻyicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish. | 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
12. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida kibersport va oʻyin sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi boʻlinmani tashkil qilish. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati shtat jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. | 2022-yil dekabr | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
13. | Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasida Kibersportni rivojlantirish boʻlimini tashkil qilish. | 1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tuzilmasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. 2. Boʻlimni kibersport boʻyicha tajribali mutaxassislar bilan toʻldirish. | 2022-yil dekabr | Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki |
3. Boʻlimning kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni tashkil qilishda ishtirok etishini taʼminlash. | Doimiy | ||||
14. | Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi oʻrtasida kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash. | 1. Kibersportni rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi oʻrtasida ijtimoiy sheriklik bitimini tuzish. 2. Bitim doirasida kibersport rivojini qoʻllab-quvvatlash. | 2023-yil mart | Mablagʻ ajratish talab qilinmaydi | Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
15. | Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini tashkil etish. | 1. Kengash nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Kengash nizomini Internet va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish. | 2022-yil dekabr | Mablagʻ ajratish talab qilinmaydi | Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
16. | Kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi faoliyatini kuchaytirish. | 1. Federatsiya ustavi, tuzilmasi va boshqaruv organlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish. 2. Federatsiya faoliyatiga kibersportchilar, trenerlar, hakamlar sharhlovchilar va boshqa mutaxassislarni jalb qilish. 3. Qayta tashkil qilingan federatsiyani sport federatsiya (assotsiatsiya)lari reyestriga kiritish. | 2023-yil yanvar | Ijrochilar mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
III. Kibersport turlari boʻyicha ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish | |||||
17. | Kibersportchilarni tayyorlash milliy tizimini ishlab chiqish. | 1. “Kibersportchi” oʻquv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2023-yil mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi | |
2. Tasdiqlangan oʻquv dasturi doirasida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida oʻqish jarayonlarini tashkil etish. | Alohida reja asosida | ||||
18. | Kibersport turlari boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etish. | 1. Ilgʻor xorijiy tajribaga asosan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash. 2. Ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni kibersport boʻyicha sportchilar, trenerlar, boshqa mutaxassislar bilan muhokama qilish. 3. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni nashr etish va tarqatish. | 2023-yil aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
19. | Kibersport turlari boʻyicha oʻquv reja va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. | 1. Xorijiy mamlakatlarning sohaga doir oʻquv reja va oʻquv dasturlarini oʻrganish. 2. Xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv reja va oʻquv dasturlari, maxsus taʼlim dasturlarini ishlab chiqish. 3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida joriy qilish. | 2023-yil avgust | Ijrochilar mablagʻlari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
20. | Kibersportda dopingga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish. | 1. Kibersportda antidoping taʼlim dasturlari va oʻquv-uslubiy adabiyotlarini ishlab chiqish hamda eʼlon qilish. | 2023-yil fevral | Ijrochilar mablagʻlari | Milliy antidoping agentligi, Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
2. Kibersportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish. | 2023-yildan boshlab doimiy | ||||
21. | Kibersportchilarning sogʻligiga salbiy taʼsir qiladigan omillarni kamaytirish. | 1. Kibersportchilarning jismoniy faolligini oshirish va xotirasini yaxshilash, koʻzlar va tayanch-harakat apparatiga zarar yetkazmaslik, ular uchun optimal ovqatlanish ratsioni haqida tavsiyalar ishlab chiqish. 2. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni kibersport klublari, oʻquv markazlari va boshqa tashkilotlarga yetkazish. 3. Kibersportchilarning psixologik faolligini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar va maslahatlar berish. | 2023-yil may | Ijrochilar mablagʻlari | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi, Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi |
IV. Kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish | |||||
22. | “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, shuningdek, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni oʻtkazish boʻyicha maxsus portalni ishlab chiqish va ishga tushirish. | 1. Portal orqali kibersport musobaqalari ishtirokchilarini roʻyxatga olish funksiyasini joriy etish. | 2023-yil fevral | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
2. Kibersport musobaqalari ishtirokchilari uchun ommaviy oferta ishlab chiqish va portalga joylashtirish. | 2023-yil mart | ||||
3. Portalni xalqaro kibersport musobaqalari veb-resurslari bilan integratsiya qilish. | 2023-yil aprel | ||||
4. Portalni ishga tushirish. | 2023-yil may | ||||
5. Portalni texnik qoʻllab-quvvatlash. | Doimiy | ||||
23. | Kibersport boʻyicha dolzarb yangiliklar va axborot-tahlil materiallarini joylashtirish maqsadida maxsus veb-sayt yaratish. | 1. Veb-saytni ishlab chiqishda kibersport rivojlangan davlatlarning (Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalar) xorijiy tajribasini oʻrganish. 2. Veb-saytning dizaynini ishlab chiqish va dastlabki koʻrinishini taqdimot qilish. 3. Veb-saytni takomillashtirish va ishga tushirish. | 2023-yil aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Dasturiy mahsulotlar v� axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
24. | Kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilish. | 1. Yuqori tezlikdagi Internet paketlarini kengaytirish. 2. Yangi server uskunalarini oʻrnatish. 3. “Ping” vaqtini kamaytirish maqsadida boshqa tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish (virusga qarshi kurashish, yangi kabel oʻrnatish). | 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari, xususiy investorlar mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, internet provayderlari, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
25. | Jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish. | 1. Jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish boʻyicha biznes-reja tayyorlash. 2. Kibersport oʻyinlarining konsepsiyasini taqdimot qilish. 3. Konsepsiyaga asosan kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish. | 2023-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
26. | Milliy kibersport oʻyinlarini yaratish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga grant ajratish. | 1. Milliy qadriyatlarimizga mos keladigan milliy kibersport oʻyinlarini yaratish maqsadida tanlov eʼlon qilish. 2. Kelib tushgan takliflar asosida milliy kibersport oʻyinlari roʻyxatini shakllantirish. 3. Milliy kibersport oʻyinlarini ishlab chiqish. 4. Ishlab chiqilgan milliy kibersport oʻyinlarini patentlash. 5. Ishlab chiqilgan milliy kibersport oʻyinlarini umumiy oʻrta taʼlim maktablari, sport-taʼlim muassasalari, kibersport klublariga tarqatish. | 2023-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi |
27. | Milliy kibersport industriyasiga investitsiyalarni jalb qilish. | 1. Milliy kibersport bozorida marketing tadqiqotlarini olib borish. 2. Kibersport bozoriga salohiyatli investorlarni jalb qilish. 3. Kibersport sohasida investitsiyaviy loyihalar (kibersport boʻyicha oʻquv markazlari, arenalar, professional klublarni tashkil qilish, oʻyinlarni ishlab chiqish va boshqalar) roʻyxatini shakllantirish. 4. Kibersport sohasiga jalb qilingan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni ragʻbatlantirish. | 2023-2024-yillar davomida | Ijrochilar mablagʻlari, xususiy investorlar mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
28. | Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublariga “kibersportchilar eksporti”ni yoʻlga qoʻyish. | 1. Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlarning yetakchi professional kibersport klublari bilan kadrlar almashuvini yoʻlga qoʻyish. 2. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan kibersportchilarning sport faoliyatini marketing qilish. | 2023-yildan boshlab doimiy | Ijrochilar mablagʻlari | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi |
V. Kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish | |||||
29. | Kibersportning istiqbollari haqida targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish. | 1. Kibersportga qiziqishi va iqtidori mavjud yoshlarning ota-onalari, vasiylari (homiylari)ga kibersportning dunyodagi va mamlakatimizdagi istiqbollari, uning afzalliklari haqida tushuntirish ishlarini olib borish. 2. Kibersportchilarning ota-onalari va vasiylari (homiylari)dan intervyu olish va efirga uzatish (nashr etish). | 2023-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | Ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda kibersportni keng targʻib qilish. | 1. Kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalar toʻgʻrisida yangiliklarni eʼlon qilib borish. 2. Kibersport turlari boʻyicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni onlayn tarzda (strim) toʻliq yoritib borish. 3. Kuchli va mashhur kibersportchilarning samarali sport faoliyatini targʻib qilish. 4. Kuchli va mashhur kibersportchilar bilan davra suhbatlari, muloqotlar va uchrashuvlar tashkil qilish. 5. “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, kibersport turlari boʻyicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni “Yoshlar” va “Sport” telekanallarida namoyish etish. | Reja asosida 2023-yil davomida | Ijrochilar mablagʻlari | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
31. | Kibersport klublarining oʻz faoliyatini toʻsqinliksiz amalga oshirishi, kechayu kunduz ishlashi uchun sharoitlar yaratish. | 1. Kibersport klublarining etika qoidalarini ishlab chiqish va eʼlon qilish. | 2023-yil yanvar | Mablagʻ ajratish talab qilinmaydi | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev) |
2. Kibersport klublarining oʻz faoliyatini toʻsqinliksiz amalga oshirishi boʻyicha xorijiy mamlakatlarning (Koreya, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlari va boshqalar) ilgʻor tajribasini oʻrganish va joriy qilish. 3. Kibersport klublarining kechayu kunduz ishlashi uchun sharoitlar yaratish. | 2023-yildan boshlab doimiy | ||||
32. | Kibersport bilan shugʻullanayotgan yoshlarning sogʻlom sport madaniyatini shakllantirish, ular tomonidan qonunga xilof va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish. | 1. Qonunga xilof va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar (narkotik vositalarni qabul qilish, taqiqlangan veb-saytlarga kirish, maktab darslarini qoldirish, kibertahdidlar va kiberhujumlar yaratish va boshqalar) sodir qilinishining oldini olishga qaratilgan kibersportchining etika qoidalarini ishlab chiqish. | 2023-yil aprel | Ijrochilar mablagʻlari | Idoralararo kengash (Sh. Shermatov, A. Saʼdullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Kibermakonda kiberxavfsizlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada kibersportchilarning IT-bilimi va koʻnikmalaridan samarali foydalanish. | Doimiy | ||||