15.10.2022 yildagi 603-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PF-144-son Farmoni 4-bandi “a” kichik bandiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan obyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibining joriy etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda Qurilish vazirligi xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olishga yoʻnaltirishga, Fanlar akademiyasi obyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishga masʼul etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ular xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etilishi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab uch kun muddatda xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yoʻnaltirilishi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlari ilmiy xulosalar olish uchun yoʻnaltirilgan kundan boshlab bir kun muddatda obyektlarning zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy tajriba-sinovini amalga oshirish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Fanlar akademiyasiga qogʻoz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etilishi hamda buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlarni ilova qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi tomonidan oʻn ish kuni davomida buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni ilmiy tajriba-sinovidan oʻtkazish uchun shartnoma rasmiylashtirilishi va ularni zilzilabardoshlik boʻyicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan oʻtkazish ishlari tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi tomonidan ish hajmidan kelib chiqib bir oydan uch oygacha boʻlgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachiga yetkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar Fanlar akademiyasi tomonidan buyurtmachiga berilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fanlar akademiyasi hamda Qurilish vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 15-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
603-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 603-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom respublikaning seysmik faol zonalarida (keyingi oʻrinlarda — seysmik faol zonalar) qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini, shuningdek, yangi konstruktiv yechimlarni zilzilabardoshlik boʻyicha sinovdan oʻtkazish va ularga ilmiy xulosalar berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzila — yer qobigʻining yoki yer ustki qatlamining toʻsatdan roʻy bergan siljishi, yemirilishi yoki oʻpirilishi oqibatida vujudga kelgan, uzoq masofalarga tarqaladigan toʻlqinsimon tebranishlar tarzidagi yer osti silkinishlari va tebranishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzila akselerogrammasi — zilzila natijasida yer yuzasining maʼlum nuqtasida yuzaga keladigan absolyut tebranish tezlanishining vaqt birligida oʻzgarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilaning sintezlangan akselerogrammasi — mahalliy seysmiklikni va grunt sharoitini inobatga olgan holda sodir boʻlgan kuchli zilzilalar tebranish spektrlarini hamda real akselerogrammalarini statistik usullar bilan qayta ishlash asosida tuziladigan elektron maʼlumotlar birligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli zilzila — magnitudasi (zilzila quvvati) Rixter oʻlchovi boʻyicha 5,0 va undan yuqori boʻlgan zilzila;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilabardoshlik — aholi hayoti hamda mol-mulkining xavfsizligini taʼminlaydigan, binolar va inshootlarning zilzila taʼsiriga boʻlgan mustahkamlik koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik jadallik — qabul qilingan shkala boʻyicha tavsiflangan yer yuzasining zilzila natijasida tebranish jadalligi ballda ifodalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavf — muayyan hududda muayyan vaqt oraligʻida aholining hayotiga tahdid soluvchi hamda binolar va inshootlarga zarar yetkazuvchi zilzilalar yuz berishi ehtimoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik faol zona — seysmik jihatdan hududlashtirish xaritasida belgilangan, kuchli zilzilalar yuz berishi ehtimoli doimo yuqori boʻlgan hudud;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seysmik xavfsizlik — seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholi hayotini va infratuzilma obyektlarini zilzilalar natijasida kelib chiqadigan xavflardan himoyalanganlik holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa — obyektning nazariy va ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligi (nomuvofiqligi) toʻgʻrisida asosli xulosalarni oʻz ichiga olgan ilmiy hisobot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Seysmik faol zonalarda loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, sodir boʻlishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik koʻrish va uning oqibatlarini bartaraf etish, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni belgilash seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga (keyingi oʻrinlarda — bino va inshootlar) zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berishda quyidagilar nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilayotgan hududlarni seysmik xavfni, seysmotektonik va muhandis-geologik sharoitlarni hisobga olgan holda xalqaro standartlar darajasida baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarga kuchli zilzilalarning seysmik taʼsirini “grunt-inshoot” tizimining tebranish parametrlari boʻyicha aniqlash va uni muhandislik koʻrsatkichlarida baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni ekspluatatsiya davrida hudud grunti sharoitining oʻzgarishiga muvofiq uning salbiy oqibatlarini prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maydonlarini tanlashda seysmik xavfni va seysmik taʼsirni baholash boʻyicha ilmiy va normativ tavsiyalarni ishlab chiqish va hisoblash modellarini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun qurilish maydonining seysmik xavfini va seysmik taʼsirini hudud uchun olingan real yoki sintezlangan akselerogrammalardan foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar va inshootlarni loyihalash va qurish amaliyotida zamonaviy seysmik himoya usullarini tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish konstruksiyalari va materiallarining mustahkamlik hamda mexanik xossalarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy qurilish normalari va qoidalari talablari boʻyicha loyihalangan bino va inshootlar konstruksiyalarining zilzilabardoshligini nazariy, amaliy hamda eksperimental usullar yordamida tekshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazib, ilmiy xulosalar berish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — ijrochi) tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sifatli ilmiy tajriba-sinovni oʻtkazish va ular natijalarining haqqoniyligi, shuningdek, tajriba-sinov natijalarini saqlash uchun javobgarlik Fanlar akademiyasi zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilmiy tajriba-sinov ilm-fan va texnikaning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda mustaqillik, xolislik, puxtalik va zilzilabardoshlik mezonlarini taʼminlashga asoslanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy tajriba-sinov oʻtkazish hamda ilmiy xulosa berish boʻyicha Fanlar akademiyasi va buyurtmachi tashkilot oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma qiymati Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 579-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ilovaning 5-bandi asosida shakllangan qiymatning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyekt turidan kelib chiqib shakllangan qiymatni hisoblash Vazirlar Mahkamasi tomonidan maqbullashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushgan mablagʻlarning koʻpi bilan 25 foizi xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish uchun, qolgan 75 foizi moddiy-texnika bazani mustahkamlashga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, davlat budjeti va unga tenglashtirilgan manbalar, davlat tashkilotlari kafolatlari ostida olingan tashqi investitsiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan foydali qazilma konlarni aniqlash, modernizatsiya qilish va kengaytirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazib, ilmiy xulosalar berish boʻyicha xizmatlar haqi alohida hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda shartnoma qiymati qurilishning boshlangʻich qiymatidan QQSni inobatga olmagan holda 0,01 foiz, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir xil seriyali loyihalashtirilgan obyektlarga ilmiy xulosalar faqat bir marotaba toʻlov asosida beriladi, qolgan shu turdagi obyektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun toʻlov undirilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ularni tegishli bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli bino va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yoʻnaltiradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish uchun davlat muassasasi shaklidagi boshqa ilmiy tadqiqot institutlariga ham yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtmachi tashkilotlar loyiha-smeta hujjatlari ilmiy xulosalar olish uchun yoʻnaltirilgan kundan boshlab bir kun muddatda obyektlarning zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy tajriba-sinovni amalga oshirish uchun Fanlar akademiyasiga qogʻoz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etadi hamda buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlarni ilova qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Fanlar akademiyasi oʻn ish kuni davomida buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazish uchun shartnoma rasmiylashtiradi va ularni zilzilabardoshlik boʻyicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Fanlar akademiyasi ish hajmidan kelib chiqib bir oydan uch oygacha boʻlgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fanlar akademiyasi uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachi tashkilotga yetkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fanlar akademiyasi shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlarni buyurtmachi tashkilotga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning nusxasi Fanlar akademiyasida doimiy saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarni zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Seysmik faol zonalarda loyihalashtirilayotgan bino va inshootlarni zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy (nazariy va amaliy) tajriba-sinovdan oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan qurilish rejalashtirilayotgan hudud uchun arxitektura-reja topshirigʻi, qurilish maydoni va sinov obyektining hajmidan kelib chiqib, loyiha texnik hujjatlari asosida oʻz vaqtida obyektni ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazish va ish turiga qarab ishtirok etadigan ilmiy xodimlar sonini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish turiga qarab texnik topshiriq tuzish va ishlarning kalendar rejasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan texnik hujjatlar majmuini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maydoni joylashgan hududda keng qamrovli seysmologik, seysmotektonik, muhandis-seysmologik va muhandis-geologik tadqiqotlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti suvlari dinamikasining shu hudud seysmikligining oʻzgarishiga taʼsirini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maydonlari uchun ehtimoli yuqori boʻlgan kuchli zilzilalarda yer yuzasining tebranish parametrlarini miqdoriy baholash va uch komponentli sintezlangan akselerogrammalarni tayyorlash va gruntlarning javob spektrlarini modellar asosida hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarni qurish va ekspluatatsiya qilish davrida grunt sharoitining oʻzgarishini prognoz qilish, shu jumladan, texnik melioratsiya natijasida qurilish maydonining seysmik jadalligini va seysmik taʼsir parametrlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bino va inshootlarning dinamik va mustahkamlik holatini taʼminlash uchun real akselerogrammalar bazasini regional miqyosda ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoning loyiha hujjatlari va chizmalarini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoni sonli usullar asosida ishlovchi dasturiy taʼminotlar yordamida seysmik taʼsirlarga hisoblash va optimal koʻrsatkichlarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binoning dinamik koʻrsatkichlarini aniqlash uchun sinov-tadqiqot ishlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik va mustahkamlik koʻrsatkichlari asosida bino va inshootlarni zilzilabardoshlikka hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy sinov va hisob natijalari asosida binoning zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zilzilabardoshlik boʻyicha normativ talablarga muvofiqlashtirish hamda konstruksiyalarda aniqlangan kamchiliklarni texnik jihatdan qayta ishlash yuzasidan zarur tavsiyalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy sinov va hisob natijalarini zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa koʻrinishda rasmiylashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zilzilabardoshlik boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy tajriba-sinov belgilangan tartibda ilmiy laboratoriyalarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ilmiy tajriba-sinov oʻtkazish shartnomasida nazarda tutilmagan, ammo zilzilabardoshlik talablariga muvofiq bajarilishi shart boʻlgan ishlar hajmi aniqlangan holatlarda bu ishlar shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Fanlar akademiyasi buyurtmachi tashkilot shartnomada belgilangan miqdordagi dastlabki toʻlovni amalga oshirgandan soʻng tajriba-sinov obyektining zilzilabardoshligini baholashga kirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ilmiy xodimlar ilmiy tajriba-sinov obyektining haqiqiy holati va unga qoʻyiladigan zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligini baholaydi, ilmiy tajriba-sinov obyektiga taalluqli hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hisoblash ishlari va unga asosan eksperimental sinov tadqiqotlari oʻtkazilgandan soʻng ilmiy tajriba-sinov natijalari yuzasidan zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosani rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa quyidagi qismlardan iborat boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt haqida umumiy maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qism;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosalar va tavsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning kirish qismida tajriba-sinov maqsadlari, tajriba-sinovni oʻtkazish asoslari (tajriba-sinovni oʻtkazish shartnomasi), ijrochi toʻgʻrisida maʼlumotlar, tajriba-sinovni oʻtkazgan ilmiy xodimlar va mutaxassislar haqida maʼlumotlar, buyurtmachi tashkilot haqida maʼlumotlar, qoʻllaniladigan qisqartma soʻzlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning obyekt haqidagi umumiy maʼlumotlar qismida tajriba-sinov obyektining roʻyxati, tajriba-sinovni oʻtkazish jarayonida koʻrib chiqilgan hujjatlar haqida maʼlumotlar hamda tajriba-sinov obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning asosiy qismida qurilishi loyihalashtirilayotgan maydonlarda olib borilgan dala tadqiqotlari va ular asosida qurilish maydonining baholangan seysmiklik darajasi va parametrlari, oʻtkazilgan sinov yoki hisoblash metodikasi, eksperimental tadqiqotlar natijasida aniqlangan dinamik va mustahkamlik koʻrsatkichlari, ular asosida bino va inshootlarning zilzilabardoshligini hisoblash natijalari keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning xulosalar va tavsiyalar qismida tajriba-sinov oʻtkazilgan qurilish maydonining seysmiklik darajasi va muhandislik koʻrsatkichlari (real yoki sintezlangan akselerogrammalari, tezlanish spektrlari, javob spektrlari) hamda obyektning zilzilabardoshlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar yoki zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yakuniy sinov va hisob natijalari bino va inshootlar, ularning konstruksiyalarining mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan hamda zilzilabardoshligini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosa berilgan obyektlarni qurish jarayonida quruvchi yoki obyektdan foydalanuvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush hodisalar yuzasidan javobgarlik hodisaning yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan masʼul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Buyurtmachi tashkilot va Fanlar akademiyasi oʻrtasida obyektning ilmiy tajriba-sinovi boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, u oʻzaro kelishuv yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat qilish orqali hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligi boʻyicha ilmiy xulosalarni vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga ularning soʻrovlari asosida Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etish taqiqlanmaydi, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat sirlariga oid maʼlumotlarni umumlashtirish va berish tartibi hamda shartlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddatlar

1-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

Xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun loyiha-smeta hujjatlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yoʻnaltiradi.

Loyiha-smeta hujjatlari tushgan kundan boshlab uch kun muddatda

3-bosqich

Buyurtmachi tashkilotlar

Obyektlarning zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy tajriba-sinovini amalga oshirish uchun Fanlar akademiyasiga qogʻoz yoki elektron shaklda buyurtmanoma taqdim etadi. Buyurtmanomaga loyihalar, ishchi chizmalar va boshqa zarur hujjatlarni ilova qiladi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ilmiy xulosalar olish uchun yoʻnaltirilgan kundan boshlab bir kun muddatda

4-bosqich

Fanlar akademiyasi, buyurtmachi tashkilotlar

Buyurtmachi tashkilotlar bilan loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektlarni ilmiy tajriba-sinovdan oʻtkazish uchun shartnomani rasmiylashtiradi va ularni zilzilabardoshlik boʻyicha nazariy va amaliy tajriba sinovidan oʻtkazish ishlarini tashkil etadi.

Oʻn ish kuni davomida

5-bosqich

Fanlar akademiyasi

Ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi.

Ish hajmidan kelib chiqib, bir oydan uch oygacha

6-bosqich

Fanlar akademiyasi

Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning nusxasi buyurtmachiga yetkaziladi.

Xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida

Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga beriladi.

Shartnoma shartlari toʻliq bajarilganda*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. * Zilzilabardoshlik boʻyicha ilmiy xulosaning asli shartnoma shartlari toʻliq bajarilmagan taqdirda berilmaydi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/603/0928-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 17.11.2025-y., 09/25/727/1056-son)