1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Namangan toʻqimachilik sanoati instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uning oʻquv jarayonini tashkil etish | |||||
|
1. |
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash. |
1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
- |
2022-yil oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut |
|
2. Institut tuzilmasi, shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash. |
2022-yil oktabr | ||||
|
2. |
Institutni Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumi binosiga joylashtirish. |
1. Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumiga qabul jarayonini toʻxtatish. 2. Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumida taʼlim olayotgan oʻquvchilar oʻqishni yakunlaguniga qadar davom ettirishi uchun sharoit yaratish. |
- |
2023-yil sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
3. Oʻquvchilar oʻqishi yakunlangandan soʻng Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumi faoliyatini tugatish hamda texnikum faoliyati tugatilishi munosabati bilan xodimlarni ish bilan taʼminlash chorasini koʻrish. |
2023-2024-yillar | ||||
|
3. |
Institutni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar bilan toʻldirish. |
1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan toʻldirish uchun tanlov eʼlon qilish. 2. Tanlovda nomzodning ilmiy tadqiqotlari natijadorligi, pedagogik mahorati va xorijiy tilni bilish darajasiga asosiy eʼtiborni qaratish. |
- |
2023/2024 oʻquv yiliga qadar |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
|
3. Saralab olingan nomzodlar bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzish va professor-oʻqituvchilarning ish samarasini xalqaro standartlar asosida baholab borish. |
Doimiy | ||||
|
4. |
Institut oʻquv-metodik hujjatlarini hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talik roʻyxatiga kirgan universitetlarningtaʼlim dasturlari asosida ishlab chiqish. |
1. Taʼlim dasturlarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish. 2. Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklaridan kelib chiqib, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga hamda, zarur hollarda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirish kiritish. 3. Oʻquv rejasidagi tanlov fanlarini kadr buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirish. |
- |
2023/2024 oʻquv yiliga qadar |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti (kelishuv asosida) |
|
4. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari salmogʻini oshirish. |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
5. |
Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish. |
1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim metodika va texnologiyalarini joriy etish. 2. Taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga xorijiy mutaxassislar va (yoki) xorijiy ish tajribasiga ega vatandoshlarni jalb etish. |
- |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Institut |
|
6. |
Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish. |
1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini aniqlash va qabulni tashkil etish. |
- |
Har yili iyun — avgust |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Institut |
|
2. Namangan muhandislik-texnologiya institutining toʻqimachilik sanoati taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Institutga koʻchirish. Bunda talabalar oʻqishni yakunlaguniga qadar Namangan muhandislik-texnologiya institutining bino va inshootlarida davom ettiradi. |
2023-yil avgust | ||||
|
3. Institutga qabul jarayonini takomillashtirish yuzasidan ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. |
2023-yil aprel | ||||
|
7. |
Institutning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan boyitish. |
1. Taʼlim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan, xarid qilinadigan va yangidan yaratiladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish boʻyicha mualliflar tarkibini shakllantirish. 3. Xorijiy tajriba va toʻqimachilik sanoatidagi texnik taraqqiyotga tayangan holda yangi avlod oʻquv adabiyotlarini reja asosida yaratish va nashr etish. 4. Institutning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish. |
Davlat budjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar |
2023 — 2026-yillar |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi |
|
8. |
Institutning taʼlim jarayoniga “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimini joriy etish. |
1. Institutning akademik faoliyati, xususan, talabaning davomat hisoboti, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallarini raqamlashtirish. 2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish. 3. Boshqaruv kadrlari, professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish. 4. Toʻlov-shartnomalarni hamda stipendiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda tizim orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish. 5. Institut koʻrsatkichlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini yuritish va taʼlim sifatini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023/2024 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut |
|
9. |
Institutning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. |
1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2023-yil iyul |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchi va talabalar uchun ulardan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2023-yili sentabr | ||||
|
10. |
Institutning oʻquv jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. |
1. Institutni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda zarur telekommunikatsiya jihozlari bilan taʼminlash. 2. Oʻquv auditoriyalarini onlayn veb-kameralar bilan toʻliq jihozlash va har bir fakultetda maʼruza mashgʻulotlari uchun moʻljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish. 3. Har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan taʼminlash va shu orqali taʼlim jarayonini nazorat qilish. 4. Taʼlim jarayonida xalqaro miqyosda keng qoʻllaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni hamda xalqaro hamkorlikni tashkil etish | |||||
|
11. |
Iqtidorli talabalar, yosh olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning innovatsion va startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Institut huzurida texnopark tashkil etish. |
1. Texnoparkni tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda zarur yer maydoni, bino yoki inshootni ajratish. 2. Texnoparkni xalqaro tashkilotlarning grantlari va salohiyatli investorlar mablagʻlari hisobiga, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, tashkil etish. |
Grantlar, investorlar mablagʻlari, zarur hollarda, Namangan viloyati viloyat budjeti mablagʻlari |
2024/2025 oʻquv yiliga qadar |
Namangan viloyati hokimligi, Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi |
|
12. |
Toʻqimachilik sohasida yuqori texnologik yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni jadallashtirish maqsadida Institut tarkibida Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi va Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazini tashkil etish. |
1. Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi hamda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, zarur bino ajratish. 2. Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi hamda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazini jihozlash, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 3. Ilgʻor toʻqimachilik muhandisligi maktabi, Dizayn studiyasi hamda Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi faoliyatiga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2023/2024 oʻquv yili davomida |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
13. |
Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish. |
1. Institutning professor-oʻqituvchilari va talabalarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish hamda ularning chet tilini bilish darajasini oshirib borish. 2. Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingida birinchi 1 000 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan eʼlon qilib borilayotgan grantlarda Institut yosh tadqiqotchilarining ishtirok etishini taʼminlash. 3. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini “Web of Science”, “Scopus” kabi xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda chop etish choralarini koʻrish. |
Grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
2023/2024 oʻquv yildan boshlab doimiy |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
14. |
Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish. |
1. Zamonaviy ilgʻor tajribani oʻzlashtirish orqali Institut ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2023-yil mart |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, Institut |
|
2. Tadqiqotchilarni statistik, texnik va boshqa maʼlumotlar bilan taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish. |
2023-yil may | ||||
|
15. |
1. Institut professor-oʻqituvchilari va tadqiqotchilari uchun xalqaro talablar asosida ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish va konsultatsiya oʻtkazish. 2. Iqtiboslar soni boʻyicha “Xirsh” indeksi 5 dan yuqori boʻlgan respublikadagi va xorijiy professor-oʻqituvchilarni jalb qilgan holda, zarur maslahatlar berib borish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
2023 — 2026-yillar |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut | |
|
16. |
Institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish koʻlamini kengaytirish. |
1. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. |
Ijrochilar mablagʻlari, xoʻjalik shartnomalari asosida jalb qilinadigan mablagʻlar, grantlar |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi |
|
2. Toʻqimachilik sanoati korxonalaridagi mavjud muammolar bankini shakllantirish. |
Har yili | ||||
|
3. Shakllangan muammolar banki asosida fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish. |
Doimiy | ||||
|
4. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tarmoq korxonalari orasida tijoratlashtirish chorasini koʻrish. |
|||||
|
17. |
Institut ilmiy laboratoriyalari faoliyati samaradorligini oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb etish. |
1. Institut laboratoriyalarida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarini jalb etish. |
- |
2023/2024 oʻquv yili davomida |
Institut |
|
2. Ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan laboratoriyalarga professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarni jalb etish. |
2024 — 2026-yillarda |
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi | |||
|
18. |
Institutda professor-oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirib borish. |
2. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilotlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
19. |
1. Xorijiy ilmiy va oliy taʼlim tashkilotlarining yetakchi olimlari bilan hamkorlikda xalqaro doiradagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. 2. Xorijiy professor-oʻqituvchilar bilan hamkorlikda oʻquv, uslubiy va ilmiy adabiyotlarni tayyorlash. 3. Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi | |
|
20. |
1. Oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish uchun hamkor tashkilot bilan aloqalarni oʻrnatish. |
Grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
2023/2024 oʻquv yili davomida |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Institut | |
|
2. Institutning kamida 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish. |
|||||
|
21. |
Institutda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish. |
1. Institutning targʻibot-maslahat guruhlarini tashkil etish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar |
2023-yil iyun |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. Institut veb-saytini zamon talablari asosida ishlab chiqish va unda maʼlumotlarni xorijiy tillarda ham joylashtirib borish. |
|||||
|
3. Xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash salmogʻini oshirish. |
2024 — 2026-yillar | ||||
|
4. Institutning hamkorlik aloqalari doirasida xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari talabalari ishtirokida xalqaro anjumanlar oʻtkazish. |
Doimiy | ||||
|
III. Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
|
22. |
Institut uchun yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash. |
1. Institut taʼlim jarayonini tashkil etish uchun bino va inshootlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. |
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Namangan viloyati viloyat budjeti mablagʻlari |
2022-yil oktabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Institut |
|
2. Ishchi guruh tomonidan Institutga istiqboldagi qabul rejalarini hisobga olgan holda yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash boʻyicha dastur ishlab chiqish. |
2023-yil yanvar | ||||
|
3. Dasturda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish manbalarini belgilash. |
|||||
|
4. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish boʻyicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taklif taqdim etib borish. |
2023 — 2026-yillar | ||||
|
23. |
Institutning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish. |
1. Institutning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
2023-yil mart |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Institut |
|
2. Xatlov natijalariga koʻra moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda Institutning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2023-yil may | ||||
|
24. |
Institutni zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash. |
1. Namangan muhandislik-texnologiya institutining toʻqimachilik oʻquv laboratoriyasi jihozlarini Institut balansiga oʻtkazish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Namangan viloyati viloyat budjeti mablagʻlari, grantlar |
2023-yil avgust |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan viloyati hokimligi |
|
2. Oʻquv-amaliyot mashgʻulotlarini olib borish va tadqiqotlar oʻtkazish uchun Institutga qoʻshimcha yangi laboratoriya jihozlarini xarid qilish. |
2023 — 2026-yillar | ||||
|
25. |
Institutning axborot-telekommunikatsiya infratuzilmasini zamon talablari asosida jihozlash. |
1. Mavjud lokal va optik tolali tarmoqlarni xatlovdan oʻtkazib, yangilash boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish. |
Davlat budjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2023-yil mart |
Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologi?lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Xatlov natijalaridan kelib chiqib hamda texnik topshiriq asosida tarmoq jihozlarini xarid qilish va oʻrnatish. |
2023-yil may | ||||
|
3. Oʻquv jarayonida foydalanish uchun zarur dasturiy taʼminot mahsulotlarini xarid qilish. |
2023-yil avgust | ||||
|
26. |
Institut uchun talabalar turar joyini tashkil etish va jihozlash. |
1. Institut talabalar turar joyini davlat xususiy sheriklik loyihasi asosida tashkil etish uchun Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qaroriga tegishli qoʻshimcha kiritish. |
|
2022-yil noyabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi, Institut |
|
2. Loyihaga tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda talabalar turar joyini barpo etish. |
2023-2024-yillar | ||||
2-ILOVA
|
T/r |
Ustuvor vazifa |
Maqsadli koʻrsatkich |
Yillar kesimida |
Oʻsish koʻrsatkichi, (2023-yilga nisbatan) | |||
|
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil | ||||
|
1. |
Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega professor-oʻqituvchilar va talabalar ulushini oshirish |
Asosiy shtatdagi mutaxassislik fanlari professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan, foizda |
15 |
25 |
35 |
45 |
3 barobar |
|
2. |
Jami talabalar soniga nisbatan, foizda |
17 |
31 |
45 |
51 |
3 barobar | |
|
3. |
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash |
Ilmiy salohiyat, foizda |
53 |
59 |
65 |
71 |
1,3 barobar |
|
4. |
Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni |
15 |
22 |
28 |
37 |
2,5 barobar | |
|
5. |
Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni |
3 |
5 |
7 |
9 |
3 barobar | |
|
6. |
Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni |
11 |
21 |
29 |
34 |
3 barobar | |
|
7. |
Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni |
3 |
5 |
7 |
9 |
3 barobar | |
|
8. |
Mustaqil izlanuvchilar soni |
5 |
7 |
9 |
11 |
2 barobar | |
|
9. |
Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish |
Darsliklar soni |
5 |
8 |
12 |
15 |
3 barobar |
|
10. |
Oʻquv qoʻllanmalar soni |
9 |
14 |
20 |
27 |
3 barobar | |
|
11. |
Monografiyalar soni |
12 |
19 |
27 |
36 |
3 barobar | |
|
12. |
Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni |
10 |
30 |
55 |
90 |
9 barobar | |
|
13. |
Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni |
70 |
90 |
120 |
140 |
2 barobar | |
|
14. |
Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni |
0,5 |
1,0 |
1,5 |
2,0 |
4 barobar | |
|
15. |
Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar (mlrd soʻm hisobida) |
Xorijiy grantlar va xoʻjalik shartnomalari asosida xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar |
0,1 |
0,3 |
0,8 |
1,0 |
10 barobar |
|
16. |
Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlardan olingan mablagʻlar |
0,1 |
0,2 |
0,3 |
0,5 |
5 barobar | |
|
17. |
Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish |
Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish |
10 |
15 |
24 |
30 |
3 barobar |
|
18. |
Institutga xorijiy professor-oʻqituvchilar va olimlarni jalb etish |
3 |
6 |
8 |
12 |
4 barobar | |
3-ILOVA
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishi/magistratura mutaxassisligi |
|
I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari | |
|
1. |
Toʻqimachilik muhandisligi |
|
2. |
Toʻqimachilik mashinalari muhandisligi |
|
3. |
Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi |
|
4. |
Toʻqimachilik kimyosi, boʻyash va pardozlash muhandisligi |
|
5. |
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi |
|
6. |
Toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni |
|
II. Magistratura mutaxassisliklari | |
|
1. |
Toʻqimachilik muhandisligi |
|
2. |
Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) |
|
3. |
Toʻqimachilik mashinalari muhandisligi |
|
4. |
Sanoat mahsulotlarini loyihalash va muhandislik ishi |
|
5. |
Toʻqimachilik kimyosi, boʻyash va pardozlash muhandisligi |
|
6. |
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi |
|
7. |
Toʻqimachilik va yengil sanoat dizayni |
|
8. |
Toʻqimachilik mahsulotlari marketingi |