Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.08.1997 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShINING TEXNIK JIHATDAN TAʼMINLANGANLIGI DARAJASINI OShIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-1998-yillarda qishloq xoʻjaligini yuqori unumli mashina-traktor, yerga ishlov beruvchi va oʻrim-yigʻim texnikasi bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat komissiyasi tomonidan mavjud parkning qishloq xoʻjaligi texnikasi ahvoli kompleks tadqiq etilganligi, respublika agrar sektorini tubdan texnika qayta jihozlashni taʼminlovchi mashinalar bilan har yili toʻldirib borish normativlari belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Oʻzqishloqxoʻjalik-taʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tomonidan AQSh Eksimbanki va “Oʻzkeysagrolizing” qoʻshma korxonasi bilan birgalikda kredit va moliyaviy lizing shartlarida import qilinadigan texnikaning ayrim turlarini yetkazib berish masalalari ishlab chiqilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tomonidan bir qancha yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda yangi qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrish, tuzilayotgan qoʻshma korxonalar doirasida xizmat koʻrsatuvchi servis markazlarini tashkil etish nihoyasiga yetkazilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import boʻyicha xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun ulardan foydalanishdagi ishonchlilikni oshirish va respublikada mukammal tuzatish-tiklash ishlarini olib borish uchun baza yaratish maqsadida ehtiyot qismlar va ishchi organlari ishlab chiqarishni sanoat asosida oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xolding tarkibiga kiruvchi korxonalar va xorijiy firmalar bilan qoʻshma korxonalarning qishloq xoʻjaligi mashinalarining asosiy turlarini ishlab chiqarish dasturi toʻgʻrisidagi taklifi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mashinalari va agregatlari ishlab chiqaruvchi yangi qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha investitsiyaga oid hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifi 3-ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 1997/98 yillarda respublika sharoitlarida sinab koʻrilgan qishloq xoʻjaligi texnikasini 4-ilovaga* muvofiq xarid qilishga oid taklifiga rozilik berilsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 4-ilova berilmadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sholi oʻrish kombaynlarini yetkazib berish “Oʻzkeysagrolizing” qoʻshma korxonasi tomonidan taʼminlanadigan lizing operatsiyasi shartlarida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydov traktorlari, shuningdek, gʻalla oʻrish kombaynlari yetkazib berish boʻyicha kontraktlar qiymatining 85 foizi AQSh Eksimbankining sugʻurta qoplamasi ostida xorijiy banklarning toʻlov muddati 5 yil boʻlgan kreditlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovi hamda haydov traktorlari va gʻalla oʻrish kombaynlari xarid qilish uchun mablagʻ bilan taʼminlashni tashkil etish xarajatlari “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy banklar kreditlarini va ular boʻyicha foizlarni toʻlash “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi daromadlari hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha AQSh Eksimbankiga va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda kredit bitimini tuzsin va AQSh Eksimbanki sugʻurta qoplamasi ostidagi xorijiy bank mablagʻlari “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga qayta moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi respublikaga import boʻyicha keltiriladigan traktorlar va kombaynlar uchun boj poshlinalari hamda yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar 1998-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mashinalarining yangi turlarini xarid qilishni qatʼiy ravishda tanlov asosida amalga oshirsinlar. Tushadigan takliflarni tanlov asosida tanlab olish maqsadida maxsus qoʻshma ishchi komissiyasi tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha texnika mashina-traktor parklari balansiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu texnikalarni ajratish koʻrsatib oʻtilgan parklarning texnik bazasi, servis holati va umuman taʼminlanganligi bilan bogʻliq ravishda amalga oshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari xoʻjaliklar tomonidan ishlab turgan qishloq xoʻjaligi parkidan maqsadli va samarali foydalanilishi, qishloq xoʻjaligi mashinalarining asoslangan holda hisobdan chiqarilishi va yangilanishining nazorat qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasining Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzurida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish va unga servis xizmati koʻrsatish uchun muhandis-texnik xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda chet ellardan sotib olinadigan va chet el texnologiyasidan foydalangan holda qoʻshma korxonalarda tayyorlanadigan traktorlar va murakkab mashinalarda ishlash uchun mexanizatorlar tayyorlovchi hamda ularning malakasini oshiruvchi doimiy ishlaydigan kurslar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
410-son