27.09.2022 yildagi 526-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qaroriga muvofiq, shuningdek, chorva mollari bosh sonini barqaror koʻpaytirishni taʼminlash, naslchilik ishlari va veterinariya xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, oziqa bazasini mustahkamlash va chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarishda fidoyilik koʻrsatayotgan xodimlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120-son qarori bilan “Veterinariya fidoyisi” va “Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 1a va 1b-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2a va 2b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining buyurtmasiga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari hamda ularning guvohnomalari belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonlari va ularning guvohnomalarini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 27-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
526-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga
1-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz veterinariya sohasini rivojlantirish, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, hayvonlarning sogʻligʻini himoya qilishni samarali tashkil etish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) har yili 1-iyulga qadar taqdim etadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)

Nomzod boʻyicha taqdim etilgan taklifga nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida veterinariya sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan besh nafardan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.

6. Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi kadrlar boʻlimi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻrib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:

nomzodlarning mamlakatimizda veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya xizmatlari sifatini oshirish, hayvonlarning sogʻligʻini himoya qilishni samarali tashkil etish muhitini mustahkamlash maqsadida amalga oshirgan faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar bilan veterinariya va chorvachilik sohasi boʻyicha har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashga, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etishga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qoʻshganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya tomonidan nomzodlarning hujjatlari har tomonlama oʻrganilib, har yili 1-avgustga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi

10. Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-avgustga qadar chiqariladi.

11. Koʻkrak nishoni har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.

12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari beriladi.

Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari Qoʻmitaning Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qoʻmita raisi buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

14. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

15. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

16. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

17. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.

18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga
1a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining markazida zarhal va oq ranglarda Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya ramzi tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida koʻk rangli emal fonida yuqori qismida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “VETERINARIYA FIDOYISI” soʻzlari yozilgan. Ularni ikki yon tomondagi oq rangda tasvirlangan sakkiz burchakli yulduz ajratib turadi. Harflarning balandligi 2,5 millimetr, yozuvlar zarhallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda aylana boʻylab “SONADAGI KOʻP YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” soʻzlari yozilgan.

Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.

Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.

Qadagʻich eni 22 millimetrli koʻk rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻng tarafidan eni 1,75 millimetrli oq rangdagi 2 ta yonma — yon yoʻllar tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga
1b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160 x 110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKIST0N RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “VETERINARIYA FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.

Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.

Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda 15 millimetrli chiziq va “-sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi joylashgan.

Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi”, uchinchi satrda “Veterinariya va chorvachilikni” va toʻrtinchi satrda “rivojlantirish qoʻmitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ u. “___” ________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKIST0N RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “VETERINARIYA FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “RAIS” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari

“Oʻzbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) taqdim etadi.

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Har yili 1-avgustga qadar

3-bosqich

Qoʻmita

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Qoʻmita raisining buyrugʻini chiqaradi.

Har yili 20-avgustga qadar

4-bosqich

Qoʻmita

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga
2-ILOVA

“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimiz chorvachiligini va uning barcha tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, chorva mollarining naslini yaxshilash, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yoʻnalishidagi chorvachilik xoʻjaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik subyektlari koʻpaytirilishi, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sunʼiy urugʻlantirishni tizimli tashkil etish, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) har yili 1-iyulga qadar taqdim etadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod boʻyicha taqdim etilgan taklifga nomzod haqida maʼlumotnoma, uning soʻnggi uch yil davomida chorvachilik va uning barcha tarmoqlari, shu jumladan, naslchilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan besh nafardan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kadrlar boʻlimi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻrib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarning mamlakatimizda yirik va mayda shoxli chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish, oziqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini yaxshilash hamda sohaga innovatsion ishlanmalarni joriy qilish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar bilan chorvachilik sohasi boʻyicha har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etishga, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga munosib hissa qoʻshganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya tomonidan nomzodlarning hujjatlari oʻrganilib, har yili 1-avgustga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-avgustga qadar chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻkrak nishoni har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari Qoʻmitaning Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Qoʻmita raisi buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga
2a-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Chorvachilik fidokori” koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old tomoni markazida, atrofida chorva mollariga mehr bilan yondashayotgan va ulardan zavqlanib oʻtirgan chorvador kompozitsiyasi zarhal rangda tasvirlangan. Tasvirlar qavariq boʻlib, tilla rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan doira ichida yashil rangli emal fonida yuqori qismida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, pastki qismida “CNORVACNILIK FIDOKORI” soʻzlari yozilgan. Ularni ikki yon tomondagi oq rangda tasvirlangan sakkiz burchakli yulduz ajratib turadi. Harflarning balandligi 2,5 millimetr, yozuvlar zarhallangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan hamda aylana boʻylab “SONADAGI KOʻP YILLIK FIDOKORONA MENNATLARI UCNUN” soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrt burchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻich eni 22 millimetrli yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻng tarafidan eni 1,75 millimetrli oq rangdagi 2 ta yonma yon yoʻllar tushirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 526-son qaroriga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “CNORVACNILIK FIDOKORI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda 15 millimetrli chiziq va “-sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi”, uchinchi satrda “Veterinariya va chorvachilikni” va toʻrtinchi satrda “rivojlantirish qoʻmitasi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
(oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20___ u. “___” ________dagi”, ikkinchi satrda “_____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “CNORVACNILIK FIDOKORI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “RAIS” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari

“Oʻzbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) taqdim etadi.

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosani qabul qiladi.

Har yili 1-avgustga qadar

3-bosqich

Qoʻmita

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Qoʻmita raisining buyrugʻini chiqaradi.

Har yili 20-avgustga qadar

4-bosqich

Qoʻmita

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 1-sentabr — Mustaqillik bayrami arafasida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2022-y., 09/22/526/0850-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)