T/r | Loyiha nomi | Loyiha tashabbuskori | Yillik quvvati | Loyiha qiymati (mln doll.) | shundan: | Ish o‘rinlari (birlik) | Amalga oshirish muddati | |
tashabbuskor mablag‘lari | bank kreditlari | |||||||
Jami | 38,7 | 11,6 | 27,1 | 500 | ||||
1. | Quyosh panellarini ishlab chiqarish | “Sun-Nightech” MChJ | 150 MVt | 10,0 | 3,0 | 7,0 | 150 | 2022-2023-yillar (bosqichma-bosqich) |
Quyosh suv isitkichlarini ishlab chiqarish | 15 000 dona | 3,0 | 0,9 | 2,1 | 50 | |||
2. | Quyosh panellarini ishlab chiqarish (1-bosqich) | “OFTOBNUR SOLAR CLUSTER” MChJ | 110,0 MVt | 5,7 | 1,7 | 4,0 | 100 | 2022 — 2024-yillar |
3. | Quyosh panellari uchun invertorlarni ishlab chiqarish (2-bosqich) | 30,0 MVt | 2,0 | 0,6 | 1,4 | 25 | 2024-2025-yillar | |
4. | Quyosh panellarini ishlab chiqarish | “MIR SOLAR” MChJ | 60,0 MVt | 3,5 | 1,1 | 2,5 | 50 | 2022 — 2024-yillar (bosqichma-bosqich) |
5. | Quyosh panellarini ishlab chiqarish | “Nukuselektroapparat” MChJ QK | 150,0 MVt | 10,5 | 3,2 | 7,4 | 95 | 2022 — 2024-yillar (bosqichma-bosqich) |
6. | Quyosh panellarini uchun metallkonstruksiyalar ishlab chiqarish | “STANTOP ENERGY” MChJ | 250 000 dona | 4,0 | 1,2 | 2,8 | 30 | 2022-2023-yillar |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.09.2022 yildagi 518-son
Kuchga kirish sanasi
21.09.2022
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida va aholi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish orqali yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 10-iyunda o‘tkazilgan yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va aholi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish hamda tegishli chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriq berilganligi;
2022-yil 28-29-iyul kunlari Toshkent shahrida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari ishtirokida mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tashkilotlarni jalb qilgan holda, sanoat yarmarkasi (keyingi o‘rinlarda — sanoat yarmarkasi) o‘tkazilganligi;
sanoat yarmarkasi doirasida bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan muzokaralar asosida dastlabki kelishuvga erishilganligi;
davlat xaridlarining elektron tizimida davlat buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning erkinligini, shartnomalar tuzish shaffofligini hamda raqobat muhitini ta’minlovchi mexanizmlar tatbiq qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Energetika vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligining “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasi hududida quyosh suv isitish uskunalari, quyosh fotoelektrik panellari, shamol, biogaz, gidroelektr qurilmalari va inshootlarini, elektr energiyasini saqlovchi akkumulatsiya tizimlari va boshqa yordamchi jihoz hamda uskunalarni ishlab chiqarishni klaster usulida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Quyosh suv isitish uskunalari va quyosh fotoelektrik panellarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Solar cluster” klasteri (keyingi o‘rinlarda — klaster) ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini klaster usulida ishlab chiqarishni tashkil etish doirasida “Chiroqchi” erkin iqtisodiy zonasida joylashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalari Qashqadaryo viloyati hokimligi qarori bilan belgilangan boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdorida elektron onlayn-auksionga chiqariladi;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va yirik sanoat korxonalari tizimida muqobil energiya manbalarini joriy qilishda loyihalashtirish va tegishli qurilmalarni xarid qilishni davlat xaridlari elektron tizimining alohida sahifasida mahalliy korxonalar orasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra ishlab chiqaruvchilarga oldindan to‘lov shartisiz “fyuchers” kontraktlari asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Energetika vazirligi bilan birgalikda muqobil energetika qurilmalarini sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy sinov laboratoriyasini;
energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish uchun servis korxonalari faoliyatini ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda tashkil etsin.
5. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Tarmoqlararo ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tashkil etgan holda:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, uskuna va qurilmalarni yetkazib berish hamda o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqaruvchilar va klaster ishtirokchilarning mahsulotlar ishlab chiqarish uchun texnologik imkoniyatlari, quvvatlari, tajribasi, malakali mutaxassislari va kafolatlangan texnik xizmat ko‘rsatish tizimi mavjudligi hamda mahsulotlarning sifat talablariga javob berishi yuzasidan tegishli o‘rganishlar o‘tkazsin;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rganish natijalariga ko‘ra mahalliy ishlab chiqaruvchilar va Klaster ishtirokchilarining ro‘yxatini shakllantirib, doimiy yangilab borishni tashkil qilsin hamda Moliya vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markaziga hamda Tovar-xomashyo birjasiga joylashtirish uchun ushbu ro‘yxatni taqdim etsin.
6. Moliya vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tovar-xomashyo birjasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda davlat buyurtmachilari tomonidan bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, uskuna va qurilmalarni yetkazib berish hamda o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va klaster ishtirokchilarini aniqlash maqsadida davlat xaridlarining elektron tizimida “alohida sahifa” tashkil etsin va unga ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatga asosan mahalliy tashkilotlar kiritilishini ta’minlasin.
Bunda, “alohida sahifa” orqali mahalliy qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va klaster ishtirokchilari tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish hamda davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalariga ko‘ra g‘olibni aniqlash imkoniyati yaratilishi nazarda tutilsin.
7. Belgilansinki, davlat buyurtmachilari, istisno tariqasida, 2022-yil yakuniga qadar davlat xaridlari elektron tizimining “alohida sahifa”si orqali bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda klaster ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalarni tuzish, eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga ko‘ra amalga oshiradi.
Bunda davlat xaridlarining elektron tizimining “alohida sahifa”sida ishchi guruh tomonidan tavsiya etilgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va klaster ishtirokchilari yetkazib beruvchi sifatida savdo qilishlariga ruxsat etiladi.
8. Vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining birinchi rahbarlari bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bilan bog‘liq barcha ishlarni sifatli tashkil etish va mablag‘lardan oqilona foydalanish bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari belgilansin.
9. Energetika vazirligiga budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasiga jalb qilinayotgan grantlar va homiylik xayriyalari hisobini yuritish uchun tijorat bankida alohida hisobvaraq ochishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki, jamg‘armaning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar faqatgina aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini bepul o‘rnatish uchun sarflanadi.
10. Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi mazkur qaror doirasida bino va inshootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar sifatini nazoratga olsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.