16.09.2022 yildagi 507-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga muvofiq, shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni yanada takomillashtirish hamda shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) (keyingi oʻrinlarda — shahar yoʻlovchilar transporti) bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” Qonuniga muvofiq quyidagi toifadagi fuqarolarga shahar yoʻlovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilganligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʻlmish harbiy xizmatchilar;

1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;

Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;

haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;

nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-noyabrdagi 948-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashish uchun yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent, Samarqand, Urganch va Qarshi shaharlaridagi jamoat transporti harakat tarkibi 3 107 dona statsionar validatorlar bilan jihozlanganligi va 555 ming dona transport kartalari muomalaga chiqarilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimi mobil ilovasi foydalanuvchilari soni 320 ming nafarga yetganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Transport vazirligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari berilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent va Samarqand shaharlarida — 2023-yil 1-yanvardan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning barcha shaharlarida — 2023-yil 1-maydan boshlab amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) eski namunada berilgan shahar yoʻlovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalar 2023-yil 1-sentabrga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati 2022-yil 1-noyabrga qadar ushbu qaror 1-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan toifadagi shaxslar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Adliya vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvardan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorga muvofiq davlat xizmatlari YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil 1-dekabrga qadar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tegishli axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga hamda Transport vazirligi axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent va Samarqand shaharlarida — 2023-yil 1-yanvardan, respublikaning barcha shaharlarida — 2023-yil 1-maydan bosqichma-bosqich shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirib, egalariga topshirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli transport kartalarini tayyorlash va egasiga yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlarni Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarga (pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻquvchilar va talabalar) shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) imtiyozli yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish tartibini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu qaror talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin va monitoring olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri I.R. Maxkamov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
507-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-sentabrdagi 507-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) (keyingi oʻrinlarda — shahar yoʻlovchilar transporti) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Reglamentda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qiluvchi — imtiyozli transport kartasini olish uchun murojaat etgan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli transport kartasi — shahar yoʻlovchilar transportda (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan yoʻlovchiga bepul yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilgan transport kartasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli transport kartalari reyestri — imtiyozli transport kartalarini berish boʻyicha maʼlumotlar elektron tarzda shakllantiriladigan baza.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Imtiyozli transport kartasi egasi Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʻlmish harbiy xizmatchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga imtiyozli transport kartalari berilmaydi. Ular harbiy guvohnomasi yoki kontrakt asosida xizmat qiluvchining shaxsiy guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 1941 — 1945-yillardagi urush I guruh nogironlariga va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslarga beriladigan imtiyozli transport kartasi ularga safarlarda hamrohlik qiluvchi bir shaxsga ham shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat xizmatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shahar yoʻlovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Imtiyozli transport kartasi cheklanmagan muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Imtiyozli transport kartasini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Murojaat qiluvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vakolatli organga oʻzi yoki u vakolat bergan shaxs kelib murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Murojaat qiluvchi oʻzi yoki u vakolat bergan shaxs kelib murojaat qilgan taqdirda, vakolatli organ xodimi murojaat qiluvchining nomidan YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng murojaat qiluvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Murojaat qiluvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlashning rad etilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Murojaat qiluvchi davlat xizmatlarini koʻrsatishning har qanday bosqichida ulardan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Murojaat qiluvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vakolatli organ soʻrovnoma olinganidan soʻng shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartasini olish uchun murojaat qilgan shaxs mazkur Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan toifaga kirishini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali oʻrganadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni mobaynida murojaat qilgan shaxsning maʼlumotlarini oʻrganish natijasiga koʻra imtiyozli transport kartasini berish yoki uning berilishini rad etish haqida qaror qabul qilinadi hamda bu haqidagi maʼlumot murojaat qiluvchiga yoki YIDXPga yuboriladi. Imtiyozli transport kartasini berish rad etilgan taqdirda maʼlumotda rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vakolatli organ imtiyozli transport kartasini berish haqida qaror qabul qilganidan soʻng bir ish kuni ichida imtiyozli transport kartasini rasmiylashtiradi hamda uni vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlab, murojaat qiluvchiga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Imtiyozli transport kartasining dublikatini berish, almashtirish va uni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Imtiyozli transport kartasi egasi imtiyozli transport kartasi yoʻqolgan taqdirda, uni avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasidan roʻyxatdan chiqarish uchun darhol imtiyozli transport kartasini bergan vakolatli organga, shu jumladan YIDXP orqali murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Imtiyozli transport kartasi yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, murojaat qiluvchiga bepul asosda boshqa imtiyozli transport kartasi beriladi. Bunda, imtiyozli transport kartasi yaroqsiz holga kelgan taqdirda, imtiyozli transport kartasi egasi uni vakolatli organga topshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Imtiyozli transport kartasi soxta hujjatlar taqdim etgan holda olinganligi aniqlanganda bekor qilinadi va avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasidan roʻyxatdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Imtiyozli transport kartalari reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Transport vazirligi belgilangan tartibda imtiyozli transport kartalari reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtiyozli transport kartalari reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning turar joy manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik pasportining seriyasi (identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi) va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan imtiyozli transport kartasining seriyasi va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaroning mazkur Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirishini tasdiqlovchi hujjat turi va raqami.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul yurish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxatini xatlovdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vakolatli organ tomonidan shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati har chorakda bir marta xatlovdan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vakolatli organ imtiyozli transport kartalari reyestridan chiqib ketgan shaxslarni aniqlash maqsadida axborot tizimlari orqali Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining mazkur Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini oʻrganadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻrganish natijalari boʻyicha imtiyozli transport kartalari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Imtiyozli transport kartalari reyestridan chiqib ketgan shaxslarning imtiyozli transport kartalari avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasidan roʻyxatdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Murojaat qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA

Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Murojaat qiluvchi yoki u vakolat bergan shaxs

1. Imtiyozli transport kartasini olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) kelib murojaat qiladi.

1. Xohishiga koʻra

2. YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnoma shaklini toʻldiradi.

2. Murojaat qilinganda

2-bosqich

Vakolatli organ

1. Imtiyozli transport kartasini olish uchun murojaat qilgan shaxs tegishli toifaga kirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali oʻrganadi.

2. Oʻrganish natijasiga asosan imtiyozli transport kartasini berish yoki uni rad etish haqida qaror qabul qiladi hamda bu haqidagi maʼlumotni murojaat qiluvchiga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

Imtiyozli transport kartasini berish rad etilgan taqdirda, maʼlumotda rad etish sabablarini koʻrsatadi.

Soʻrovnoma tushganidan soʻng 2 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Vakolatli organ

Imtiyozli transport kartasini rasmiylashtiradi hamda uni murojaat qiluvchiga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboradi.

Qaror qabul qilinganidan soʻng 1 ish kuni mobaynida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SOʻROVNOMA

I. Murojaat qiluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Shahar yoʻlovchilar transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifalari

1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan boʻlmish harbiy xizmatchilar

1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs

1941 — 1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar

Afgʻoniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalmilalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar

Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar

nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxslar va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaxsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaxs

2. Familiyasi:

3. Ismi:

4. Otasining ismi:

(mavjud boʻlsa)

5. Tugʻilgan sanasi:

6. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami:

7. Jismoniy shaxsning identifikatsion raqami (JSHSHIR)

8. Manzil:

9. Telefon raqami:

10. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Murojaat vakolatli shaxs tomonidan berilganida toʻldiriladi

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

(mavjud boʻlsa)

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2022-y., 09/22/507/0829-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son)