08.09.2022 yildagi PF-216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyatning turli sohalari isloh qilinib, ular doirasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, biznes muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya va modernizatsiya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, bugungi kunda jahondagi tez oʻzgaruvchan siyosiy-iqtisodiy vaziyat milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va inson kapitalini yuksaltirish boʻyicha yangi yoʻnalishlarda taʼsirchan islohotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishni samarali tashkil etish, islohotlarning uzviyligini taʼminlash orqali ularni amalga oshirishda yagona yondashuvlarni shakllantirish va joriy etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda strategik rejalashtirish tizimini muvofiqlashtirish, strategik rejalashtirish hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarda yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarkibiy oʻzgarishlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) oʻrganishni tashkil qilish, mamlakatimizdagi ishlarning joriy holatini tahlil qilgan holda ularni Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, mazkur masalalar boʻyicha forumlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda alohida soha va tarmoqlarni isloh qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda ochiq muloqotlar doirasida aholining, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining bildirgan fikr va mulohazalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish choralari yuzasidan taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tarkibiy islohotlarni amalga oshirish uchun malakali xorijiy konsultant va ekspertlarni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarini hamda konsalting kompaniyalarini jalb etish jarayonini muvofiqlashtirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻbasi mudiriga tenglashtiriladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik boshqaruv xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(9-bandning toʻrtiinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Agentlikka oʻtkazilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasarruf etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi tomonidan belgilanadi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilab qoʻyilsinki Davlat budjeti mablagʻlari, Jamgʻarma mablagʻlari, Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilansinki, Agentlik oʻz vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlardan foydalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlar yoʻnalishlari boʻyicha loyiha guruhlarini (ofislarini) tashkil etish, konsalting tashkilotlarini jalb etish hamda malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar hamda mutaxassislarni shartnoma asosida tadqiqot va tahlil olib borish ishlariga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik boʻyicha va boshqa shartnomalarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining elektron axborot tizimlaridan bepul foydalanish hamda ushbu tizimlarni Agentlikning elektron tizimlariga integratsiya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uydagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining binosida joylashtirilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni, xarajatlar smetasini, Agentlik xodimlarining mehnatga haq toʻlash shartlarini, shuningdek, Agentlik hamda u tomonidan tashkil etiladigan loyiha ofislari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining rahbar xodimlari, mutaxassislari va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3976-son qaroriga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi A.Yu. Magrupov zimmasiga yuklansin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-216-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi PF-216-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Kengash

Direktor

Direktor oʻrinbosari

2

Xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan hamkorlik qilish guruhi

4

Ilgʻor xorijiy tajriba va reytinglarni oʻrganish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi

4

Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash va monitoring qilish guruhi

4

Ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi

2

Xalqaro va xorijiy tashkilot va institutlar bilan hamkorlik qilish asosida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish guruhi

3

Loyiha boshqaruvi guruhlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 20 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agentlik direktori Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yordamchi xodimlarning soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Guruh rahbari va bosh inspektor tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori va yetakchi inspektoriga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlik direktori oʻrinbosarlarining lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Agentlik direktori stavkasidan 5 foizgacha kam miqdorda belgilanadi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2022-y., 06/22/216/0809-son; 09.11.2023-y., 06/23/190/0839-son; 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)