10.08.2022 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan shaxslarni Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash amaliyoti joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi buyurtmasiga asosan “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi belgilangan tartibda tayyorlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻkrak nishonini har yili 5-iyun — Butunjahon atrof muhit kuni arafasida tantanali ravishda berib borilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
443-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 443-son qaroriga
1-ILOVA

“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasida salmoqli natijalarni qoʻlga kiritgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan hamda yashil maydonlarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan fuqarolar taqdirlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) har yili 1-mayga qadar taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning maʼlumotnomasi (obyektivka);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (fuqarolik pasporti yoki ID-karta);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning soʻnggi uch yil davomida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi faoliyati, shuningdek, yashil maydonlarni kengaytirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida koʻrsatgan tashabbuslari aks ettirilgan tavsifnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoʻmita raisi tomonidan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan 5 kishidan iborat tarkibda komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya tarkibi va Komissiya toʻgʻrisidagi nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga Qoʻmitaning Jamoatchilik maslahat kengashi, ekologiya sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya yigʻilishida nomzodlar tegishli hujjatlari oʻrganilib, ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi va har yili 15-mayga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya xulosasi asosida Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 1-iyunga qadar chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Koʻkrak nishoni har yili 5-iyun — Butunjahon atrof muhit kuni arafasida Qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati Qoʻmitaning internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga

“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga taqdim etadi.

Har yili 1-mayga qadar

2-bosqich

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlar haqidagi tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqadi va yakuniy xulosa qabul qiladi.

Har yili 15-mayga qadar

3-bosqich

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining buyrugʻini chiqaradi.

Har yili 1-iyunga qadar

4-bosqich

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar)

“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 5-iyun — Butunjahon atrof muhit kuni arafasida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoniga tavsiya etilayotgan nomzodlarni baholash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEZONLAR

T/r

Baholash yoʻnalishi

Baholash mezonlari

Ball tizimi

1.

Tabiiy resurslarni muhofaza qilish, asrash va atrof muhitga taʼsir etuvchi omillarni kamaytirish yoʻnalishida

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasidagi tashabbusi.

1 balldan 5 ballgacha

Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi samarali faoliyati.

1 balldan 5 ballgacha

Hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, yovvoyi oʻsimlik va hayvonlarni koʻpaytirish va saqlash borasidagi faoliyati natijalari.

1 balldan 5 ballgacha

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimlik va hayvonot dunyosining noyob turlarini saqlash hamda ularni qayta tiklash jarayonidagi faol ishtiroki.

1 balldan 5 ballgacha

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni samarali tashkil etish, muammolarni hal etish borasidagi takliflari hamda ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha tashabbusi.

1 balldan 5 ballgacha

2.

Hududlarni koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlaridagi faol ishtiroki

Daraxt va butalarni ekish, parvarishlash, saqlash va muhofaza qilish orqali ona tabiatni asrash va rivojlantirishga qoʻshgan hissasi.

5 ball

(har 50 ta daraxt uchun)

Daraxt va butalarni mahalliylashtirish, ularning yangi navlarini yaratish va yetishtirish borasidagi samarali faoliyati.

1 balldan 5 ballgacha

Ogʻir iqlim sharoitlarida, choʻl va dashtlarda hamda boshqa hududlarda yashil maydonlarni (daraxt va butazorlar) barpo etish borasida erishgan ijobiy natijalari.

5 ball

(1 gektar uchun)

Daraxt va butalarni parvarishlashda suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllagan holda sugʻorish ishlarini tashkil etganligi.

5 ball

(1 gektar uchun)

3.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyati rivojiga munosib hissa qoʻshganligi

Sohaga oid innovatsion gʻoyalar, ilgʻor tajriba va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish.

1 balldan 5 ballgacha

Ekologik nazorat va monitoring ishlarini tashkil etishdagi faol ishtiroki.

5 ball

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda uzoq muddat samarali faoliyat olib borganligi.

5 ball

Aholining ekologik tarbiyasi va ekologik madaniyatini shakllantirishga qoʻshgan hissasi

5 ball

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga oid jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlari

1 balldan 5 ballgacha

ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdagi faol ishtiroki.

1 balldan 5 ballgacha

4.

Ekologik taʼlim, targʻibot va ilm-fan yoʻnalishi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlarni tayyorlash, mutaxassislarni qayta oʻqitish va malakasini oshirishdagi faoliyati.

1 balldan 5 ballgacha

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijasini amaliyotga joriy etish

1 balldan 5 ballgacha

Ekologik innovatsion yangi gʻoyalar va tashabbuslarni joriy etish.

1 balldan 5 ballgacha

Ekologik madaniyatni yuksaltirish, targʻibot va tashviqot tadbirlaridagi faol ishtiroki.

1 balldan 5 ballgacha

5.

Tizim rahbariyati tomonidan eʼtirofi

Faxriy yorliq, diplom yoki sertifikatlar va boshqa mukofotlar bilan taqdirlanganligi.

1 balldan 5 ballgacha

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballari jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichni qayd etganlar koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 443-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishonining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI

“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziy qismida quyosh nuri fonida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining emblemasi joylashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni aylanasi zarhal hoshiyali oq emal fonidagi doira bilan oʻralgan. Aylananing yuqori qismida harflarning balandligi 3 millimetr boʻlgan “TABIAT NIMOYACNISI” soʻzlari yozilgan. Uning pastki ikki cheti boʻylab faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi dafna yaproqlari joylashtirilgan. Yaproqlar yashil rangda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining pastki qismi markazida dafna yaproqlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi tasvirlangan hamda unda “OʻZBEKISTON” soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida ikki qatorda harflarning balandligi 4 millimetr boʻlgan “YASNIL MAKON YARATUVCNISI” soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻich eni 22 millimetrli toʻq yashil rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 0,5 millimetrli ikkita och yashil rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-avgustdagi 443-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIFI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, toʻgʻri toʻrtburchak shaklida boʻlgan toʻq yashil rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “TABIAT NIMOYACNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 7 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozuvlar toʻq yashil rangda aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, “GUVONNOMA №” soʻzi (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) va 16 millimetrli chiziq joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 9 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pastki chiziqdan 8 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza”, uchinchi satrda “qilish davlat qoʻmitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 7 millimetr pastda oraligʻi 5 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ yil t “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “TABIAT NIMOYACNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan”, uchinchi satrda “mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi soʻzlardan 10 millimetr pastda, chap tomonda, “Qoʻmita raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/443/0728-son)