Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 14.06.2005 yildagi PF-3618-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOZOR ISLOHOTLARINI ChUQURLAShTIRISh VA IQTISODIYOTNI YaNADA ERKINLAShTIRISh SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALIShLAR AMALGA OShIRILIShINI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan Dasturni ijro etish bo‘yicha tuzilgan ishchi Komissiya tomonidan bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda ro‘yobga chiqarish borasida katta ishlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaldagi qonun va normativ hujjatlarining iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarga muvofiqligi tanqidiy tahlil qilindi. Joylarda bozor islohotlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda ushbu sohada qabul qilinayotgan qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarning ahvoli o‘rganildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan kelib chiqqan holda, qonunlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlarining, idoraviy normativ hujjatlarning yangi loyihalari ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ular tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy maqsad, vazifa va ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli asosda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqarilishini ta’minlaydigan, davlat hokimiyati oliy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2 ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturini ijro etish bo‘yicha qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar (3-ilovaga* muvofiq) qabul qilinganligi va amalda ro‘yobga chiqarilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3 ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va yanada isloh qilish hamda ma’muriy islohotni amalga oshirish sohasida qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish komissiyasi (R. Azimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan muddatlarga muvofiq 1-ilovadagi normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishi va kelishib olinishini ta’minlasin hamda ularni belgilangan tartibda davlat hokimiyati oliy organlari va Hukumatga tasdiqlash uchun taqdim qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan yangi qonunlar loyihalari tayyor bo‘lishiga qarab ularni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muhokamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda ularni amalga oshirishning aniq-puxta mexanizmlarini albatta nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, iqtisodiy islohotlarning maqsad, vazifa va asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning ro‘yxatlariga qo‘shimchalar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonga muvofiq qabul qilinadigan qonun hujjatlari ijro etilishini qattiq nazorat ostiga olsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z darajalarida qabul qilinadigan normativ hujjatlarning mazkur qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelishib olish hamda davlat hokimiyati organlari va Hukumatga kiritish taomilidan o‘tishi ustidan monitoring o‘rnatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari yuridik ekspertizadan o‘tkazilishini, shuningdek ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan idoraviy normativ hujjatlar belgilangan tartibda o‘z vaqtida ro‘yxatga olinishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlarining normativ hujjatlarini qabul qilinadigan qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishlari ustidan nazorat o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari qabul qilingan qonun hujjatlarining barcha darajalarda amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlasinlar, toki umuman mamlakat iqtisodiyoti va har bir fuqarosi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning aniq ijobiy natijalarini his etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3618-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 166-modda)