Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.08.1999 yildagi 398-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 — 2005 YILLAR DAVRIDA YIRIK VA ALOHIDA MUHIM SUV XOʻJALIGI OBYEKTLARI XAVFSIZ IShLAShINI VA ULARDAN FOYDALANIShNING IShONChLILIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari xavfsiz ishlashini taʼminlash va ulardan foydalanishning ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining 2000 — 2005-yillarda yirik nasos stansiyalari, suv omborlari, kanallar, gidrouzellar, suv tashlagich traktlar va boshqa gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish, qurish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha 1 — 4-ilovalar*ga muvofiq hajmlardagi ishlarni bajarish yuzasidan takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1, 2, 3, 4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi koʻrsatib oʻtilgan ilovalarda nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha, ularni belgilangan tartibda 2000 — 2005-yillar investitsiya dasturlariga kiritish uchun, loyiha-smeta hujjatlari bosqichma-bosqich tayyorlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2000 — 2005-yillar uchun har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Orolboʻyi” respublika birlashgan direksiyasiga, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklarining “Orolboʻyi” birlashgan direksiyalariga ilovalarda koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mazkur qarorda belgilangan topshiriqlarning bajarilishini va suv xoʻjaligi obyektlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari xavfsiz ishlashini va ulardan foydalanishning ishonchliligini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi 5-ilova*ga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Toshkent suv ombori toʻgʻoni va Yuqori Chirchiq gidrouzeli orqali oʻtuvchi avtomobil yoʻllarini koʻchirishga doir loyiha-smeta hujjatlarini 2000-yilda ishlab chiqsinlar va 2003-yilgacha ular qurilishini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yilda Janubiy Mirzachoʻl kanali Markaziy tarmogʻining tez oqadigan uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlariga kirishsin, bajarilgan ishlar uchun alohida loyihalar va smetalar boʻyicha joriy yil uchun kapital qoʻyilmalarning umumiy limitlari hisobiga haq toʻlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlarning zarur avariya zaxiralarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yilgacha suv omborlari tubiga choʻkkan loyqa hajmlarini aniqlasin va natijalar boʻyicha ularning ish rejimiga tuzatishlar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlaridan, shuningdek barcha suv omborlaridan foydalanish xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashni vazirlik orqali markazlashtirilgan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar (yirik nasos agregatlari hamda yer snaryadlari uchun uzellar, detallar va ehtiyot qismlar) ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ularni “Oʻzbekkimyomash” ochiq aksiyadorlik jamiyati va vazirlik zavodlarida ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi bir oy muddatda kategoriyali alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini qoʻriqlashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000-yildan boshlab kategoriyali obyektlarni qoʻriqlashga kelishilgan hisob-kitoblar boʻyicha alohida satrda mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini natura kuzatishlarni va texnik holati diagnostikasini amalga oshirish uchun har yili kelishilgan hisob-kitoblarga muvofiq mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi, “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni, “Oʻzbekinvest” kompaniyasi bilan birgalikda qoʻshni davlatlar hududida joylashgan obyektlar maqomi, harbiylashtirilgan soqchilikning ushbu obyektlarda boʻlishi, bojxona yigʻimlari va boshqa yigʻimlarni yigʻish tartibi masalalarini ikki oy muddatda koʻrib chiqsin va qoʻshni davlatlarning tegishli idoralari bilan belgilangan tartibda hal qilsin, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshni davlatlar hududidagi alohida muhim obyektlari uzluksiz ishlashini taʼminlashga koʻmaklashish masalasida qoʻshni davlatlarning vakolatli organlari majburiyatlarini aniqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda yirik nasos stansiyalarining kichik stansiyalari va elektr uzatish liniyalarini tekshirib chiqsin va ular roʻyxatini tuzsin, ularni bosqichma-bosqich Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansiga berish muddatlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, berilgan asosiy fondlar qiymati Energetika va elektrlashtirish vazirligining ustav fondidagi davlat ulushi koʻpayishi sifatida qaralishi kerak va foyda (daromad)ga soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
398-son