Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 22.07.1999 yildagi 359-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI MASLAHAT KENGASHI NIZOMINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universiteti Maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisida” 1999-yil 7-iyundagi 1015-F-son Farmoyishini bajarish hamda universitet faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi nizomi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 22-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
359-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
22-iyuldagi 359-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOMI

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent islom universiteti Maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisida” 1999-yil 7-iyundagi Farmoyishiga asosan tuzilgan Universitet Maslahat kengashi Toshkent islom universitetining faoliyatini tashkil etish, yurtimiz va chet ellardagi islom universitetlari, diniy tashkilotlar, tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish, zamonaviy fikrlovchi hamda diniy ilmlarga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash, universitet, islom tadqiqotlar markazi, akademik litsey faoliyati siyosatini shakllantirishda tavsiyalar beradigan kengash hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi, universitet oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda muvofiqlashtiruvchi va uygʻunlashtiruvchi mohiyatga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Toshkent islom universitetining Maslahat kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MASLAHAT KENGASHINING VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Toshkent islom universitetining rahbariyati, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibini shakllantirishda universitet oldiga qoʻyilgan vazifalardan kelib chiqib, tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Universitet talabalarini mustaqil Vatanimizga sadoqatli va fidokor boʻlgan, boy madaniy va maʼnaviy merosimizni chuqur oʻrgangan, zamonaviy texnologiyalar va taʼlim uslublari asosida dunyoviy hamda diniy ilmlarni uygʻun ravishda oʻzlashtirgan yetuk mutaxassislar darajasida tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Jahondagi nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarining va oliy taʼlim muassasalarining tajribasini atroflicha oʻrganish, tahlil etish hamda diniy tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish asosida universitet oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, millatimizning buyuk ilmiy, maʼnaviy qadriyatlari asosida yetuk islomshunos mutaxassis kadrlarni tayyorlashni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Homiylarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish, yetakchi tadqiqot va taʼlim markazlarining oʻqitish uslubiyati, taʼlimni tashkil etish tajribasini yaqindan oʻrganish va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga mos ravishda tatbiq etish hamda chet ellardan taʼlim va tadqiqotlar jarayoniga sohaning yetuk mutaxassislarini taklif etishda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Universitetning vazifalaridan kelib chiqqan holda Islom tarixi va madaniyati boʻyicha konseptual tadqiqotlar dasturlarini tahlil qilish, ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Mamlakatimizda mavjud boʻlgan boy diniy, milliy va maʼnaviy merosni oʻrganish, diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarini tadqiq etish, ilmiy-tanqidiy materiallarni tayyorlash va ularni nashr etishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. Universitet Ilmiy kengashini tuzish, uning faoliyatini tashkil etish va ilmiy yoʻnalishlarini belgilashda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. Dunyoviy va diniy fanlarning uygʻunligini taʼminlash asosida oʻquv dasturlarini muvofiqlashtirish, takliflar tayyorlash hamda oʻquv jarayoni oldiga qoʻyilgan vazifalarni har tomonlama takomillashtirishda universitet Ilmiy kengashiga tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. Universitet va uning huzuridagi Islom tadqiqotlar markazi, akademik litseyda olib boriladigan ilmiy-uslubiy tadqiqotlar yoʻnalishi va mavzulari boʻyicha hamda Manbalar xazinasini tashkil etishda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. Universitetning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda keng jamoatchilik bilan aloqa bogʻlash, bu borada omma fikrini shakllantirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.11. Respublikaning ushbu soha mutaxassis kadrlariga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda ularning yoʻnalish va ixtisosliklari roʻyxatini tuzishda tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.12. Kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasiga muvofiq universitetning manfaatdor tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishida koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.13. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning respublikamiz va chet ellarda malaka oshirishlarini tashkil etishda yordam berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.14. Universitetning ijtimoiy-moddiy muhiti, sport-sogʻlomlashtirish, sogʻliqni saqlash, davolash hamda madaniy-maishiy muassasalar tarmogʻini rivojlantirishda koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MASLAHAT KENGASHI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Maslahat kengashining tarkibi Prezident farmoyishi bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Maslahat kengashi yigʻilishlarini Prezident tomonidan tayinlangan Rais boshqaradi. Maslahat kengashi yigʻilishlari ikki oyda bir marta, shuningdek zarur boʻlgan hollarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Maslahat kengashi qabul qilgan tavsiyalar bayonnomalarda rasmiylashtiriladi va bu tavsiyalar universitet rahbariyati hamda uning ilmiy kengashiga ijro uchun yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Universitet rahbariyati berilgan tavsiyalarning bajarilishi boʻyicha Maslahat kengashiga muntazam axborot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Maslahat kengashining raisi oʻz ish faoliyati toʻgʻrisida Prezident devoniga muntazam axborot berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Maslahat kengashi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.