Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024 06.06.2022 yildagi PQ-269-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.05.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-197-sonli “Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha yuqori malakali hamda zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻzlashtirgan trener, hakam, seleksioner va boshqa mutaxassislarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5279-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional taʼlim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun oʻqish davomiyligi uch yil hisoblanadigan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi ixtisoslashtirilgan Oliy sport mahorati instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha milliy terma jamoa aʼzosi boʻlgan yoshlarni ularning sport natijalariga qarab hamda seleksiya boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning zamonaviy innovatsion texnologiyalarini joriy qilgan holda va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, jumladan Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi hamda Oʻzbekiston sport ustasi, shuningdek, Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod sportchilarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini hamda oʻquv mashgʻulotlarining innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning kasbiy moyilligi, mahorati va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash, bu borada sport zaxirasi va milliy terma jamoalar tarkibini shakllantirishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport sohasiga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli bitiruvchi sportchilarni chet el sport va ilmiy-tadqiqot muassasalariga oʻqishga yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy taʼlim texnologiyalariga asoslangan oʻquv jarayonlarini joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish, jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi hamda ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari (qoida tariqasida aʼlo va yaxshi baholarga ega boʻlgan iqtidorli oʻquvchi-sportchilar orasidan) asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish shaffof va ochiq tanlov asosida oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari davlat buyurtmasi sifatida har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan sportchi-ayollar soni, jamoaviy sport turlari boʻyicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib, hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasida shakllangan Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut bitiruvchilariga tanlangan sport turi boʻyicha “trener” va “trener-seleksioner” mutaxassisliklari beriladi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalarini yashash uchun jihozlar, sutkalik oziq-ovqat normasi bilan taʼminlashda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarining normativlari tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimiga kiradi;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijador sportchilarni tayyorlaganligi uchun Institut rahbar, trener va tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarining rahbar, trener va tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati boʻyicha va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv rejalaridagi nazariy taʼlim ulushini qisqartirish hisobiga amaliy mashgʻulotlar hajmini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini mustaqil meʼyorlashtirish, shuningdek, trenerlar va pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini, “ustoz-shogird” anʼanalari joriy qilinishini ragʻbatlantirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tuzilmasini oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning boʻlimlari, fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, uning taʼlim tizimi va jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga, shuningdek, amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar, jumladan xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirilishini, oʻqituvchilar, trenerlar va mutaxassislarning professional koʻnikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari, oʻquv-metodik materiallar va qoʻllanmalar ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida tayyorlanadigan kasblar (mutaxassisliklar)ning malaka talabi va oʻquv rejalarini professional standartlar asosida takomillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoshlar siyosati va sport vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalarining sport tayyorgarlik mashgʻulotlarini yuqori darajada tashkil etish maqsadida sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalar bosh trenerlarini Institutning oʻquv-mashq jarayonlariga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalarini sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq yil davomida uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga jalb etish hamda xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Institut tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot-resurs markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot boʻlimi tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar siyosati va sport vazirligi:
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023/2024 oʻquv yiliga qadar Axborot-resurs markazining mahalliy hamda xorijiy oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023/2024 oʻquv yiliga qadar Institutning tibbiyot boʻlimini malakali mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning musobaqalarga tayyorgarlik va musobaqalar davrida katta jismoniy yuklama ostida harakat qiladigan sportchi-talabalarini tezkorlik bilan tiklab olish uchun farmakologik koʻmak berish maqsadida 2023-yildan boshlab har yili dekabr oyiga qadar zarur dori vositalari bilan taʼminlash boʻyicha Moliya vazirligiga asoslantirilgan hisob-kitoblarni taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining Institutni Samarqand shahri, Ibn Sino koʻchasi, 17a-uy manzili boʻyicha joylashtirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Institut faoliyatini saqlash bilan bogʻliq zarur mablagʻlarning 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari D.Sh. Raximova va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 6-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-269-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-269-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Bajarish uchun masʼullar

1.

Oliy sport mahorati instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)da tayyorlanadigan kasblar va lavozimlar boʻyicha ishlab chiqilgan kasb standartlari asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil noyabr

-

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2. Mavjud kasb standartlarini qayta oʻrganib chiqish hamda zaruratga koʻra qayta tasdiqlash.

2022-yil dekabr

3. Tasdiqlangan kasb standartlari asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini tasdiqlash.

2023-yil avgust

2.

Institutda mahorat darslari va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarning malakali olimlari hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish.

1. Tajriba almashish maqsadida xorijiy yetakchi turdosh oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va tajribali mutaxassislarining mahorat darslarini tashkil etish.

2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olimlar hamda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini taklif etish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
,

Tashqi ishlar vazirligi

3.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro tajriba almashinuv amaliyotini kengaytirish.

Professor-oʻqituvchilar va trenerlarni xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalariga stajirovkaga yuborish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

Institutning Axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etish.

1. Axborot-resurs markazini malakali kadrlar bilan toʻldirish.

2. Axborot-resurs markazini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron variantlari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash.

3. Axborot-resurs markazini mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlash.

4. Talabalarning mustaqil taʼlim olishlari uchun masofaviy elektron taʼlim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, maʼruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish.

2023-yil avgust

Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Institutni sport turlari boʻyicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.

1. Institutda tashkil etiladigan laboratoriyalar hamda ular uchun zarur boʻlgan jihozlar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil mart

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Innovatsion rivojlanish agentligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Laboratoriyalarni zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2023-yil avgust

6.

Institutning taʼlim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

2. Institut binolari, shu jumladan Axborot-resurs markazida Wi-Fi hududlar tashkil etish, Internet tarmogʻidan keng foydalanish imkonini yaratish.

2023-yil iyul

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Institutining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini roʻyxatdan oʻtkazish.

Institutning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/269/0479-son; 04.11.2022-y., 07/22/414/0996-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)