17.05.2022 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Farmatsevtika texnik universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmoni va “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, farmatsevtika sanoati uchun xalqaro standartlar va milliy anʼanalar uygʻunligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar kadrlarni tayyorlash hamda farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (keyingi oʻrinlarda — Klaster) tashkil etilganligi, bunda Klaster oʻz ichiga oʻzining infratuzilmasiga ega boʻlgan Farmatsevtika texnik universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etishni qamrab olishi nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilanganligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika tarmogʻida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan innovatsion va samarali taʼlim dasturlari va oʻqitish shakllarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, shuningdek, ularning jahon taʼlimi va ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvi hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika taʼlimi, fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsiya, biotexnologiya, biofarmatsiya, farmatsevtika tarmogʻi uchun dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarish hamda ularni qoʻllash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va ishbilarmon doiralari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Buyuk Britaniyaning De Montfort (De Montfort University) va Sanderlend (University of Sunderland) universitetlari (keyingi oʻrinlarda — hamkor universitetlar) oʻrtasida 2019-yil 5-noyabrda farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va taʼlim darajasini xalqaro standartlarga mos ravishda oshirish boʻyicha hamkorlik memorandumi tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish” (I-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 152-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va EDCF jamgʻarmasi oʻrtasida 2021-yil 17-noyabr kuni loyiha yuzasidan imzolangan qarz bitimi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy qiymati 98 600,0 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻlgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish” (I-bosqich) loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (1-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish” (I-bosqich) loyihasi boʻyicha Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali (2-ilova) tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet Agentlik muassisligida tashkil etilgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda uning faoliyati Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda taʼlim jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish shartlari, taʼlim olish shakli va taʼlim tili hamkor universitetlar bilan kelishgan holda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetga oʻqishga qabul qilish har yili belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetda taʼlim berish Agentlik granti va toʻlov-kontrakt asosida hamkor universitetlarning oʻquv dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqlashtirgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik granti miqdori har yili Agentlik tomonidan belgilanadi hamda Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagi taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish, shuningdek, toʻlov-kontrakt qiymati va uni toʻlash muddatlarini belgilash Universitet tomonidan Agentlik va hamkor universitetlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet faoliyati, oʻquv-uslubiy boshqaruvi, ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash zamonaviy axborot texnologiyalari, fan va texnologiyalarning eng yangi yutuqlaridan foydalangan holda, kadrlar tayyorlashning umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitet diplomi va (yoki) hamkor universitetlarning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ularning ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash Universitet tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlari, prognozi va smetasi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi hamda shtatlar jadvali va shtat birliklari soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qatʼi nazar Agentlik bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” davlat unitar korxonasi ajratmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari va grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Agentlikka Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari orqali quyidagi xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning maʼmuriy-oʻquv binolari, oʻquv-ilmiy laboratoriyalari, boshqa moddiy-texnik bazasi va oʻquv faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmatsevtika, tabiiy fanlar, biotexnologiya, axborotlashtirish, maʼlumotlar tahlili va menejment sohalarida yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik xodimlarni keyinchalik Universitetda ishlashga jalb qilish sharti bilan tanlov asosida tanlab olish, hamkor va boshqa xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqitish va stajirovkadan oʻtkazilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitetning faoliyati, ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarga mehnat haqi toʻlash, zarur oʻquv-uslubiy adabiyot va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, xoʻjalik xarajatlar, Universitet bino va inshootlarini qurish ishlari, shu jumladan Universitetni koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda yuridik va konsalting xizmatlari uchun haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Universitet oʻz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini moddiy-texnik baza bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Universitet oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan bino va inshootlari qurilguniga qadar Klaster hududidagi ekspluatatsiyaga tayyor boʻlgan binolarda (maʼmuriy va “A” blokning laboratoriya binolarida) tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bosh prokuraturaga Qurilish vazirligi bilan birgalikda Universitet binosini qurish doirasida ajratilgan mablagʻlar maqsadli va samarali ishlatilishi hamda qurilish-pudrat ishlari sifatli bajarilishini nazoratga olish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov hamda sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 17-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-maydagi 263-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdagi 641-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-band quyidagi mazmundagi “e2” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“e2. Farmatsevtika texnik universiteti faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 09/22/263/0427-son; 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)