14.04.2022 yildagi 181-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish hamda ularning xalqaro standartlar talablariga muvofiq oʻtkazilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, klinik tadqiqotlarni xalqaro talablarga muvofiq rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (keyingi oʻrinlarda — Klaster) hududida davlat muassasasi shaklidagi Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarining klinik tadqiqotlarini xalqaro etik va ilmiy standartlar talablariga muvofiq tashkil etishni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish hamda klinik bazalarni jahon standartlari asosida modernizatsiya qilishni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jenerik dori vositalarining original dori vositalariga farmakologik bioekvivalentligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik tadqiqot subyektida dori vositalarining farmakokinetik tadqiqotlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining klinik tadqiqotlar oʻtkazish sohasida malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Zarur klinika amaliyoti (GCP)” yoʻnalishida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik Markazning muassisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda qurilish-montaj, ichki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish, tibbiy texnika, klinik va laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash ishlari Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, “Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish loyihasi” doirasida Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʻarmasi kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan pulli xizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2022 — 2026-yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarini davlat investitsiya dasturlari doirasida qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashda ulardagi klinik bazalarni “Zarur klinika amaliyoti (GCP)” talablariga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Agentlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning rahbar va xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Markazni yuqori malakali mutaxassis xodimlar bilan toʻldirish chorasini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki oy muddatda mahalliy va xorijiy tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalari klinik tadqiqotlarining xalqaro standartlar talablariga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlashni nazarda tutuvchi Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Klinik tadqiqotlar oʻtkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tuzilmasidagi Klinik tadqiqotlar oʻtkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga

ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish markazi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Markaz ustavini belgilangan tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Ustav

2022-yil may

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

2.

Markaz tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash

Tuzilma va shtatlar jadvali

3.

Markazning rahbar va xodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini belgilash

Tarif setkasi

4.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini (TIA) ishlab chiqish

Texnik-iqtisodiy asos

2022-yil iyul

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

5.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini Koreya tomoni bilan kelishish

Kelishilgan loyiha hujjati

2022-yil avgust-sentyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

6.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ekspertizadan oʻtkazish

Ekspertiza xulosasi

2022-yil oktyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

7.

Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʻarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish boʻyicha loyihani muhokama qilish bayonini (MOD) imzolash

Muhokama qilish bayoni (MOD)

2022-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi

8.

Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʻarmasi bilan farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismini tashkil etish boʻyicha imtiyozli moliyalashtirish shartlarini kelishish va qarz shartnomasini imzolash

Qarz shartnomasi

2022-yil dekabr

Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

9.

Loyihani amalga oshirish boʻyicha Koreya maslahatchilarini aniqlash uchun tender/tanlov oʻtkazish

Maslahatchilarni tanlash

2023-yil fevral

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

10.

Koreya maslahatchilari tomonidan loyihani amalga oshirish rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish

Loyiha-smeta hujjatlari

2023-yil oktyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

11.

Loyiha boʻyicha bosh pudratchini belgilangan tartibda aniqlash

Bosh pudratchi bilan shartnoma tuzish

2023-yil dekabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

12.

Zarur jihozlar va inventarlar roʻyxatini aniqlash va ularni yetkazib berish tartib-taomillarini boshlash

Maslahatchilarning texnik shartlari

2023-yil dekabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

13.

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish markazining qurilish-montaj ishlarini boshlash

Qurilish maydonining tasdiqlangan bosh rejasi

2024-yil yanvar

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, Qurilish vazirligi

14.

Dori vositalarining klinik tadqiqotlarini oʻtkazish markazida maxsus tibbiy texnika va jihozlarni oʻrnatish va ishga tushirish

Maxsus tibbiy texnika va jihozlarni ishga tushirish dalolatnomasi

2024-yil noyabr

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu Chora-tadbirlardagi belgilangan muddatlar Koreya Eksimbanki (EDCF) jamgʻarmasi bilan erishiladigan kelishuvga muvofiq oʻzgarishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/181/0312-son)