24.03.2022 yildagi 129-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirishni avtomatlashtirish maqsadida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-maydan boshlab budjet tashkilotlarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni xodimlarning bank plastik kartalariga oʻtkazish uchun xodimlar roʻyxati (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) Moliya vazirligining axborot tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining axborot tizimi orqali tegishli tijorat bankining axborot tizimiga faqat avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi tashkilotlarda ishlovchi xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni avtomatlashtirilgan holda UzASBO dasturiy majmuasida hisoblash Xalq taʼlimi tizimidagi muassasalarni boshqarish boʻyicha yagona elektron dasturiy tizimda (ERP) shakllantirilgan maʼlumotlar asosida tajriba-sinov tariqasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tashkilotlarning xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni avtomatlashtirilgan holda hisoblashda Xalq taʼlimi vazirligining tajribasi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim boʻlimlari va tibbiyot birlashmalarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari buxgalterlariga (iqtisodchilariga) budjet tashkilotlarining shtat jadvallaridagi xodimlar, tarbiyalanuvchilar va davolanuvchilarning sonini amaldagi holat bilan solishtirish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring olib borish vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil 1-apreldan boshlab Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida, 1-sentabrdan boshlab esa respublikaning qolgan barcha hududlarida:
(5-band “a” kichik bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — DXSH tashkilotlari) xodimlarining ishga kelib-ketishini hisobga olish (oʻz xodimlarini saqlash uchun davlat budjetidan subsidiya olmaydigan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari bundan mustasno) hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali hisobga olinadi hamda mobil ilova yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining “Bolalar bogʻchasi” maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi) va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — NMTTBAT) hisobi yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXSH tashkilotlarining davlat xususiy-sheriklik boʻyicha bitimlari NMTTBATda elektron shaklda tuziladi va tomonlarning elektron raqamli imzolari bilan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DXSH tashkilotlariga, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ajratiladigan subsidiyalar va kompensatsiyalar hajmi “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi, NMTTBAT, “Mehnat.uz”, “Soliq.uz”, “UzASBO” hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlardan foydalangan holda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) DXSH tashkilotlarida subsidiyalarni berish jarayonini raqamlashtirishda ushbu tashkilotlarda foydalaniladigan jihozlarni xarid qilish, aloqa xizmatlari va NMTTBATdan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlar DXSH tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yigʻilgan elektron maʼlumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, 2022-yil yakuniga qadar subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanishi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mazkur bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarda belgilangan talablarni bajarmagan DXSH tashkilotlari va xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar ajratilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimi va NMTTBATni davlat hamda DXSH tashkilotlarida joriy etish natijasida iqtisod qilinadigan mablagʻlar ushbu axborot tizimlarini takomillashtirish va hududlarda joriy etishga hamda Maktabgacha taʼlim vazirligining boshqa vazifalarini bajarishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 2022-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha rasmiylashtiriladigan moliyaviy va buxgalteriya hujjatlariga birinchi imzo qoʻyish huquqi ushbu tashkilotlarning direktorlariga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 12 — 50 nafar bolaga tarbiya berilishi uchun subsidiyalar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yollangan tarbiyachi va yordamchi xizmatchilarga tegishli toifa boʻyicha 9 soatlik davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga toʻlanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi toʻlanadi hamda birinchi guruh 25 nafar tarbiyalanuvchilardan iborat boʻlganda, qoʻshimcha kamida 12 nafar tarbiyalanuvchilar roʻyxati NMTTBATga kiritilgandan soʻng ikkinchi guruh avtomatik ravishda shakllantirilib, belgilangan shtat birliklari ajratilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin) 2022-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 5-bandidagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” va mexanizmlarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlarining budjet soʻrovlari, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini qogʻoz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi hamda ularni toʻliq elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi, bundan davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2022-yil 1-iyuldan boshlab ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablagʻlar, shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish har bir chorak yakuni boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyining 25 sanasiga qadar birinchi darajali va hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda ustuvor ravishda ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari boʻyicha tariflarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi jarayonida budjetdan ajratilgan mablagʻlarning shtat birliklari toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi natijasida foydalanilmay qolgan qismini aniqlash va undan foydalanishni nazarda tutuvchi tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-mayga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi budjet tashkilotlaridagi shtatlar soni, yaratilgan ish oʻrinlari, tuzilgan va bekor qilingan mehnat shartnomalari, xodimlarning oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi hamda ularning toifa va malakasi, boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirilgan holda Moliya vazirligining axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasidan foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasiga integratsiya qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 129-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan real vaqt rejimida maʼlumotlar bazalaridan foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. AT “Xalq banki”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Real vaqt rejimida maʼlumotlar bazasidan foydalanishga ruxsat dasturiy kompleks funksiyalarga va maʼlumotlar bazasi tarkibiga aralashish huquqisiz beriladi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 09/22/129/0230-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)