09.02.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3349
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 09.02.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3349
Kuchga kirish sanasi
09.02.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3349]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son “Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va Davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 30-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. SHERMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31/1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 8-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5QQ180222-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya qoʻmondoni R. DJURAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 3-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A. MAVLONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 2-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3/02-22-00036-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 10-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 2-son, Bosh prokuraturasining 2022-yil 30-yanvardagi 3-QQ-son, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022-yil 31-yanvardagi 31/1-son, Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 8-fevraldagi 5QQ180222-son, Milliy gvardiyasining 2022-yil 3-fevraldagi 5-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 2-fevraldagi 3/02-22-00036-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va Davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminoti haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son “Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolariga, shuningdek, prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va Davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish hamda sanatoriy-kurort taʼminotini koʻrsatishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari, Davlat feldyegerlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek prokuratura organlarining pensionerlari hamda davlat bojxona xizmati organlarining pensionerlari, Milliy gvardiya organlarining sobiq xodimlardan boʻlgan pensionerlari va Davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti kursantlariga (bundan buyon matnda biriktirilgan tarkib deb yuritiladi) ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalari, shuningdek faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy taʼminot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Davlat feldyegerlik xizmati tasarrufidagi bino va inshootlarda sanitariya nazoratini amalga oshirish hamda xodimlar orasida yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi xavfi boʻlgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlarni oʻtkazish ichki ishlar organlari tizimidagi sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminoti koʻrsatishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Biriktirilgan tarkibga tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining tibbiyot boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Biriktirilgan tarkibga ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida ambulatoriya va statsionar sharoitlarda tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish, davolash, sogʻlomlashtirish, shuningdek ushbu muassasalar tomonidan ularga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha yashash joylariga borib ambulator tibbiy yordam koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Biriktirilgan tarkibga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tashkil etish maqsadida ginekologik, endokrin, teri, sil, onkologiya kasalliklari va 18 yoshga toʻlmagan bolalarning patologiyasi boʻyicha tegishli ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan beriladigan yoʻllanma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari va Davlat feldyegerlik xizmati xodimlarini (bundan buyon matnda xodim deb yuritiladi) tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xodimning tibbiy yordam olishi uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash, xodim mehnat faoliyatini (xizmat) olib borayotgan organning oʻz mablagʻlari yoki budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, mazkur organning birinchi rahbari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Prokuratura organlari hamda adliya organlari (muassasalari) xodimlariga va ularning oila aʼzolariga, prokuratura organlarining pensionerlariga, davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari va Davlat feldyegerlik xizmati pensionerlariga va ularning oila aʼzolariga, shuningdek davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari va Davlat feldyegerlik xizmati xodimlarining oila aʼzolariga mehnatga vaqtincha yaroqsizligi holatlarida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi va maʼlumotnomalari Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) talablari asosida ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari va Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga xizmatga vaqtincha yaroqsizligi holatlarida vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnomasi ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xodim Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalarida davolangan hollarda unga mazkur muassasalar tomonidan berilgan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki maʼlumotnomasi, vaqtinchalik xizmatdan ozod qilish varaqasi yoki maʼlumotnomasi tegishli ichki ishlar organining davolash-profilaktika muassasalarida roʻyxatga olingan va tasdiqlangandan soʻng tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort taʼminotini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xodimlar har yili bir marotaba oʻzlari biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari va Davlat feldyegerlik xizmatining chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladigan xodimlari haqidagi maʼlumotlar tegishli hududdagi Davlat bojxona xizmati organi, Milliy gvardiya organi va Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan ushbu hududdagi ichki ishlar organiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish rejasi tegishli organning masʼul xodimlari tomonidan biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan holda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasi boʻyicha xodimda mehnat faoliyatini (xizmatni) davom ettirishga toʻsqinlik qiluvchi kasalliklar aniqlangan hollarda ushbu xodimlar haqidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan mehnat faoliyatini (xizmat) olib borayotgan organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijasida xodim ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bilan kasallanganligi aniqlanganda, ushbu xodim biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi mutaxassislari tomonidan nazoratga olinib, uni davolash va sogʻlomlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tegishli tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek xodimning murojaati asosida oʻtkazilgan tibbiy koʻrik natijasida aniqlangan bir yoki bir nechta kasallik (kasalliklar) bilan dispanser nazorat guruhida roʻyxatga olingan xodimlarning sogʻligʻi holatini kuzatib borish, ularda tegishli tibbiy tekshiruv va koʻriklar hamda davolash va sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish ichki ishlar organlarining tegishli davolash-profilaktika muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xodimlarga Ichki ishlar vazirligi tizimidagi sanatoriy-kurort muassasalarida sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yoʻllanmalar xodim mehnat faoliyatini olib borayotgan (xizmat oʻtayotgan) tegishli organ tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Prokuratura organlari, adliya organlari (muassasalari), davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari hamda Davlat feldyegerlik xizmati oʻzlarining xodimlari uchun Ichki ishlar vazirligi tizimidagi sanatoriy-kurort muassasalarida sanatoriy-kurort sharoitida davolanishni tashkil qilishi tegishli hududdagi ichki ishlar organi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda tegishli organ oʻzi joylashgan hududdagi ichki ishlar organiga yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sanatoriy-kurort muassasalarida davolanishga muhtoj shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari mutaxassis shifokorlarining tashxisi asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagi shaxslar biriktirish roʻyxatlari asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat olish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) prokuratura organlarining darajali unvonga ega boʻlgan xodimlari, ish oʻrganuvchilari, shuningdek prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) adliya organlarining (muassasalarining) martaba darajasiga ega boʻlgan xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat bojxona xizmati organlarining va Milliy gvardiya organlarining hamda Davlat feldyegerlik xizmatining maxsus unvonga ega xodimlari, shuningdek amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilib, boshqa tashkilotlarga yuborilgan xodimlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) prokuratura organlari, davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari hamda Davlat feldyegerlik xizmatida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan yoki 25 yil mehnat stajiga ega boʻlib, shundan kamida 12,5 yil prokuratura organlari, davlat bojxona xizmati organlari, Milliy gvardiya organlari hamda Davlat feldyegerlik xizmati tizimida xizmat qilgan pensionerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xizmat muddatidan qatʼi nazar, xizmat vazifasini bajarishda jarohat olish, kontuziya, yarador boʻlish, kasallanish oqibatida I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatish boʻyicha zararlangan zonada xizmat vazifasini oʻtagan shaxslar va yadro poligonlarida hamda boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan shaxslarning oila aʼzolari ichki ishlar organlarining tegishli davolash-profilaktika muassasalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi va ularning alohida hisobi yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Xodim tegishli organda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoki xizmatda boʻlgan davrda qonuniy nikohda boʻlgan xotini (eri) (nikoh bekor qilingan hollar bundan mustasno), 18 yoshgacha boʻlgan bolalari (farzandlikka olinganlar), yoshidan qatʼi nazar, bolalikdan nogironligi boʻlgan bolalari ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida statsionar tibbiy yordam 18 yoshdan boshlab koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mehnat faoliyati yoki xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar, shuningdek ularning pensiya yoshidagi yoki nogironligi boʻlgan ota-onasi tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom 17-bandida nazarda tutilgan shaxslarning boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini rasmiylashtirgan oila aʼzolari ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari xizmatidan foydalanish huquqini saqlab qolgan shaxslarning yashash joyi oʻzgarganda, ular shu hududdagi tegishli ichki ishlar organiga murojaat qiladi va ushbu ichki ishlar organi tibbiyot boshqarmasi yoki boʻlimlaridagi maxsus tibbiy komissiya qarori asosida mazkur davolash-profilaktika muassasalariga tibbiy xizmatga biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Biriktirish roʻyxatlari hamda pensionerlik guvohnomalari asosida tegishli ichki ishlar organining tibbiyot boshqarmasi yoki boʻlimlari tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan tarkibga ichki ishlar organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy xizmatdan foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi taʼlim muassasalari kursant va tinglovchilariga tibbiy yordam koʻrsatish mazkur taʼlim muassasalarining tibbiy xizmatida amalga oshiriladi. Taʼlim muassasalarining tibbiy xizmatida tegishli mutaxassislar va tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish uchun tegishli tibbiy asbob-uskunalar boʻlmagan hollarda ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ichki ishlar organlari davolash-profilaktika muassasalarida zarur tibbiy xizmat turlari mavjud boʻlmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalarining pulli xizmatidan foydalanganlik xarajatlari xodim mehnat faoliyatini (xizmat) olib borayotgan organning oʻz mablagʻlari yoki budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mazkur organning birinchi rahbarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Biriktirilgan tarkibni davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Biriktirilgan tarkib ambulator yoki statsionar sharoitda davolanishda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan oʻzlari davolanayotgan ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika muassasalari orqali yoki retsept asosida dorixonalar orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Biriktirilgan tarkib yuqumli kasalliklarga qarshi rejali va epidemiologik koʻrsatmalar boʻyicha ichki ishlar organlari davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul emlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ichki ishlar organlari davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari, vaksinalar, tibbiy buyumlar va uskunalar bilan toʻlaqonli taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soʻroviga asosan Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Milliy gvardiyasi hamda Davlat feldegerlik xizmati oʻz imkoniyatidan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasiga moliyaviy mablagʻlar ajratishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2022-y., 10/22/3349/0123-son; 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)