Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2025 17.01.2022 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.05.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-sonli “Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mehr daftari” tizimi joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, Oilaviy bolalar uylari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari va “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi boʻlinmalaridagi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv-tarbiya muassasalari) tarbiyalanuvchilarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini amalga oshirishga koʻmaklashish, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlish sabablarini har tomonlama oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning “Mehr daftari”ni shakllantirish va yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritiladigan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ni shakllantirish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tuman (shahar) hokimi qarori asosida “Mehr daftari”dan chiqarish va unga oʻzgartirish kiritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qarorining 10-bandiga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etish belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini homiylik mablagʻlari, 2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Mehr daftari” jamgʻarmasi) mablagʻlarini shakllantirish va ularni undirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash va boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi vasiylik kengashining namunaviy tarkibi va ushbu kengashning ish yuritish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi hisobotini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Milliy gvardiya Xalq taʼlimi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-fevralga qadar yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni “Mehr daftari”ga kiritishning axborot tizimini amaliyotga joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-fevraldan boshlab “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga oid maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlashni yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov va Milliy gvardiya qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 17-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” tizimi — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, ularni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni ragʻbatlantirish, shuningdek bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlish sabablarini har tomonlama oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish maqsadida ular haqidagi maʼlumotlarni kiritish, idoralararo maʼlumotlar almashishni tashkil etish hamda “Mehr daftari” tizimi boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish imkonini beruvchi elektron platforma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida tashkil etiladigan “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya muassasalari — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, Oilaviy bolalar uylari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi boʻlinmalari (bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mehr daftari” tizimiga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida “Mehr daftari”ga kiritiladi va undan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni “Mehr daftari”ga kiritishning axborot tizimidan (keyingi oʻrinlarda — “Mehr daftari” axborot tizimi) foydalanish va maʼlumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Mehr daftari”ni shakllantirish va amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻquv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shuʼbalari “Mehr daftari”ni shakllantirishga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) hokimi qarori va ilovadagi sxemaga muvofiq quyidagilar “Mehr daftari”ga maʼlumotlarning bevosita kiritilishini taʼminlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan uning tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari va Oilaviy bolalar uylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan uning tizimidagi Bolalar uylari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tomonidan uning tizimidagi bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shuʼbalari tomonidan vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)lari quyidagi tartibda oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya muassasalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning bevosita murojaatlari va ular orasida oʻtkaziladigan soʻrovnomalar orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya muassasalari bitiruvchilarining yoki ularning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs (tashkilot)lar murojaatlari orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shuʼbalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning murojaatlari orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ota-onalari, qonuniy vakillari yoki ularning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs (tashkilot)lar murojaatlari orqali.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Murojaatlar va soʻrovnomalar natijasi yuzasidan oʻquv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shuʼbalari 15 ish kuni muddatda “Yoʻl xaritasi” loyihasini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Yoʻl xaritasi” loyihasida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini hal etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar, ijro etish muddati hamda ularni bajaruvchi masʼul tashkilotlar va sarflanadigan xarajatlarning miqdori koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy oʻquv-tarbiya muassasalari tomonidan taqdim etilgan “Yoʻl xaritalari” loyihalari tegishli tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shuʼbalari tomonidan umumlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Yoʻl xaritasi” loyihasi 3 ish kunida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridagi “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari vasiylik kengashlariga (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vasiylik kengashi tomonidan 3 ish kunida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vasiylik kengashi qarorining nusxasi shu kunning oʻzida tegishli tuman (shahar) hokimliklariga ijro uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasida yetarlicha mablagʻ mavjud boʻlmagan taqdirida, “Yoʻl xaritalari” kelib tushgan sanasiga asosan mablagʻ yigʻilgunga qadar “Mehr daftar” platformasida “onlayn-navbat”ga qoʻyiladi. Bunda Vasiylik kengashi mablagʻ yetishmasligi haqida tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shuʼbalariga xabar beradi va “Yoʻl xaritalari”ning navbat raqamlari roʻyxatini taqdim etadi. Bolalarni himoya qilish shuʼbalari murojaat qilgan shaxslarni yozma ravishda mablagʻ yetishmasligi hamda ularga tegishli “Yoʻl xaritasi”ning navbat raqami haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash ishlari quyidagilar tomonidan muvofiqlashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyatlari tomonidan manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi va Milliy gvardiya tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari — “Mehr daftari” tizimi doirasidagi chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi manfaatdor davlat organlari hisoblanadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” axborot tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi va haqqoniyligi Milliy gvardiyaning hududiy boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Mehr daftari”dan chiqarish va unga oʻzgartirish kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar 25 yoshga toʻlganda tegishli tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi tomonidan tuman (shahar) hokimining qarori va ilovadagi sxemaga muvofiq “Mehr daftari”dan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”dan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi taʼminlangan va uy-joyi mavjud boʻlishi shart. “Mehr daftari”dan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi taʼminlanmagan holatlarda, ularning bandligini taʼminlash uchun “Yoʻl xaritasi” tuziladi hamda “Mehr daftari” hisobida turish muddati bandligi taʼminlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”dan chiqarilayotgan shaxslarning oʻzlariga biriktirilgan turar joyga ega boʻlmaganligi va turar joyga muhtojligi aniqlangan holatlarda, belgilangan tartibga asosan ularni uy-joy bilan taʼminlash choralari koʻriladi va “Mehr daftari” hisobida turish muddati uy-joy bilan taʼminlangunga qadar, biroq 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” axborot tizimiga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlar tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi tomonidan bevosita amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasining hududdagi oʻquv-tarbiya muassasalari, manfaatdor davlat organlari hamda tashkilotlar bilan hamkorlikdagi xulosasiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning “Mehr daftari”da boʻlish muddati 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boshqa oʻquv-tarbiya muassasasiga yoki doimiy (vaqtincha) yashash uchun respublikaning boshqa hududiga koʻchib oʻtganda, tegishli oʻquv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi tomonidan ular doimiy va vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan kunidan boshlab, oʻn besh kun muddatda “Mehr daftari”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi chiqarilganda, ularni “Mehr daftari” tizimi boʻyicha qoʻllab-quvvatlash masalasi toʻxtatib turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan soʻng tegishli tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi tomonidan “Mehr daftari”ga oʻzgartirish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar ularga ish beruvchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoki ijtimoiy soliq toʻlovi ketma-ket 12 oy davomida hisoblanganda hamda ushbu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining markazlashtirilgan axborot bazasida aks ettirilgan taqdirda, ish bilan bandligi taʼminlangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Mehr daftari” tizimida hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻquv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi “Mehr daftari”dagi yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliq aks ettirib borilishini taʼminlaydi hamda ularning haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha maʼlumot va hisobotlar “Mehr daftari” axborot tizimida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Mehr daftari” tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi tartibda hisobot beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuniga koʻra, “Mehr daftari” tizimi boʻyicha tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasi oʻquv-tarbiya muassasalari hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida eshitib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yarim yil yakuniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, hududdagi tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shuʼbalari hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda “Mehr daftari” tizimi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi hamda respublika darajasida hal etilishi lozim boʻlgan masalalar hududlar kesimida Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasiga kiritib boriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuniga koʻra, Vazirlar Mahkamasining Bolalarni himoya qilish masalalari shuʼbasi huzurida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Mehr daftari” tizimining faoliyati muhokama qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizomni qoʻllash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimiga kiritish va chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻquv-tarbiya muassasalari

“Mehr daftari” tizimiga kiritish uchun xalq taʼlimi tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, shuningdek, oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining roʻyxatini;

“Mehr daftari” tizimiga kiritish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining roʻyxatini;

“Mehr daftari” tizimiga kiritish uchun “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tizimidagi bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari roʻyxatini tuman (shahar) hokimligining Bolalarni himoya qilish shuʼbasiga taqdim etish.

2 ish kuni

2-bosqich

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi

“Mehr daftari” tizimiga kiritiladigan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar roʻyxatini shakllantirish;

3 ish kuni

Tuman (shahar) hokimi

Mazkur roʻyxatdagi bolalarni “Mehr daftari” tizimiga kiritish yuzasidan tuman (shahar) hokimining qarorini chiqarish.

3-bosqich

Oʻquv-tarbiya muassasalari

Tuman (shahar) hokimi qarori asosida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Mehr daftari” tizimiga kiritish.

3 ish kuni

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi

Tuman (shahar) hokimi qarori asosida vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Mehr daftari” tizimiga kiritish.

4-bosqich

Oʻquv-tarbiya muassasalari

“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini oʻrganish.

5 ish kuni

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi

“Mehr daftari”ga kiritilgan vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini oʻrganish.

5-bosqich

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi

Oʻrganish natijasini umumlashtirgan holda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shu jumladan, vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini hal etishga qaratilgan yoʻl xaritasini ishlab chiqish.

15 ish kuni

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimi

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shu jumladan, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini hal etishga qaratilgan yoʻl xaritasini tasdiqlash va uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridagi “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari Vasiylik kengashiga taqdim etish.

3 ish kuni

7-bosqich

Vasiylik kengashi

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shu jumladan, vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yordam koʻrsatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ushbu qarorni tuman (shahar) hokimliklariga ijro uchun yuborish.

3 ish kuni

8-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Tasdiqlangan yoʻl xaritasini XTV, SSV, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalariga amalga oshirish uchun yuborish hamda zarur mablagʻlarni tegishli tashkilotlarga oʻtkazish.

3 ish kuni

9-bosqich

XTV, SSV, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirliklari, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari

Tasdiqlangan yoʻl xaritasiga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shu jumladan, vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)larini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Yoʻl xaritasida belgilangan muddatlarda

10-bosqich

Bolalarni himoya qilish shuʼbasi

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shu jumladan, vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan bolalarni “Mehr daftari”dan chiqarish yoki muddatni uzaytirish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimiga taklif kiritish.

bola 25 yoshga toʻlganda

11-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, shu jumladan, vasiylik, homiylikka (patronatga) olingan bolalarni “Mehr daftari”dan chiqarish yoki muddatni uzaytirish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimi qarorini chiqarish.

Taklif kiritilgandan soʻng 1 ish kunida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 26-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — “Mehr daftari” jamgʻarmasi) mablagʻlarini shakllantirish, ulardan foydalanish va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari” jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mehr daftari” jamgʻarmasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklidagi ochilgan gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” tizimi — yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini oʻrganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini roʻyobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, ularni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni ragʻbatlantirish, shuningdek, bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlish sabablarini har tomonlama oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya muassasalari — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar oʻquv-tarbiya muassasalari, Oilaviy bolalar uylari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari, “SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi boʻlinmalari (bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar — oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari hamda vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan bolalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ularni undirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarining (pivo, tabiiy vino hamda import qilinadigan alkogol mahsulotlari bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining uch foizi miqdoridagi ajratmalar (keyingi oʻrinlarda — Maxsus ajratma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maxsus ajratmaning hisobotini taqdim etish va uning toʻlov muddati kechiktirilgan har bir kun uchun Soliq kodeksiga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan Maxsus ajratma oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan hududda tashkil etilgan “Mehr daftari” jamgʻarmasiga toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maxsus ajratmaning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va “Mehr daftari” jamgʻarmasiga belgilangan muddatlarda toʻlanishi boʻyicha nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Maxsus ajratma boʻyicha hisobot shakli tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda Maxsus ajratma toʻlovchilariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maxsus ajratma boʻyicha hisobotni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 292-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning muammolarini hal etish, isteʼdodli bolalarni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni hayotga tayyorlash, ularning taʼlim-tarbiyasini tashkil etish, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, ayniqsa nogiron va surunkali kasalliklari boʻlgan bolalarning sogʻligini tiklash va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning kommunal toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlish sabablarini oʻrganish natijasiga koʻra aniqlangan muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa xarajatlarni qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini sarflash va boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibda “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi qarori Vasiylik kengashi yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻrsatiladigan moddiy yordamlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq Vasiylik kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan moddiy yordam ularning muammolari va orzu-istaklaridan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz besh baravarigacha boʻlgan miqdorda beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordam yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar muammolarining hajmi va hayotiy muhimligidan kelib chiqib, Vasiylik kengashi qaroriga asosan bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz besh baravaridan koʻp boʻlgan miqdorda, ammo bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda berilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy yordam “Yoʻl xaritasida” nazarda tutilgan maqsadlar uchun masʼul ijrochilar bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda moliyalashtiriladi va toʻgʻri-toʻgʻridan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali va pul oʻtkazish yoʻli bilan) toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vasiylik kengashining yigʻilishlari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Vasiylik kengashi raisining tashabbusi bilan yoki zaruratga koʻra navbatdan tashqari yigʻilishlar ham tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vasiylik kengashi raisi kengash yigʻilishlariga raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati “Mehr daftari” jamgʻarmasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi Vasiylik Kengashi va ishchi organ takliflari asosida ishlab chiqiladi hamda tasdiqlangan xarajatlar smetasi tegishli hududiy moliya bosh boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarajatlar smetasini shakllantirishda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan yoʻnalishdagi ishlarning manzilli roʻyxati ishchi organ tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Mehr daftari” jamgʻarmasining joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vasiylik kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasiga umumiy rahbarlik qiladi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrgacha “Mehr daftari” jamgʻarmasining kelgusi yil uchun daromadlar va xarajatlarning yillik parametrlari hamda yillik ish rejasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga yoʻnaltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini taqsimlaydi, zarur hollarda tasdiqlangan xarajatlar rejalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalarini va texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlarni) jalb etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish bilan bogʻliq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari” jamgʻarmasining yillik ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vasiylik kengashiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi aʼzolariga kengash yigʻilishi vaqti va oʻtkaziladigan joyi toʻgʻrisida xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi yigʻilishining kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tomonidan berilgan ijtimoiy koʻmak va moddiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Mehr daftari”da qayd etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning murojaatlari bilan ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi qarori bilan ishchi organga qoʻshimcha vazifalar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Mehr daftari” jamgʻarmasining boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarning depozitlarida joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. “Mehr daftari” jamgʻarmasi hisobotini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobot Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Mehr daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 163-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vasiylik kengashi raisi har chorakda “Mehr daftari” jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot berib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Mehr daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼuliyat Vasiylik kengashiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hududiy boshqarmalari mazkur Nizom doirasida amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishini nazorat qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi vasiylik kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari

5.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi

6.

Kelishuvga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurori

7.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

8.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi boshligʻi

9.

Kelishuvga koʻra

Mikrokreditbank ATB hududiy filiali rahbari

10.

Kelishuvga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi deputati

11.

Kelishuvga koʻra

ommaviy axborot vositalari vakili

12.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati mudiri, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Vasiylik kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi tomonidan kengash tarkibiga davlat ulushiga ega boshqa tijorat banklari ham kiritilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/26/0035-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)