Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 17-moddaning:
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
ikkinchi qismidagi “97-moddasining birinchi qismi, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari” degan soʻzlar “97, 98, 104 — 106, 118, 119, 137, 164 — 166, 169-moddalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 85-moddaning ikkinchi qismidagi “oʻn uch” degan soʻzlar “oʻn toʻrt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 86-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Oʻn uch” degan soʻzlar “Oʻn toʻrt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “oʻn uch” degan soʻzlar “oʻn toʻrt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 128-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“toʻrt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻsha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ilgari ushbu Kodeksning 118 yoki 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
5) 1281-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1281-modda. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgani holda, moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish”;
6) 129-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 121-modda:
birinchi qismidagi “pedagog yoki jabrlanuvchining vakili” degan soʻzlar “pedagog va (yoki) psixolog yoxud jabrlanuvchining vakili” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Pedagogni va (yoki) psixologni soʻroq qilishga jalb etish voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakilining yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshining, jabrlanuvchi vakilining iltimosiga binoan yoxud surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning tashabbusiga koʻra amalga oshiriladi. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan taʼminlanadi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi yoki guvohni soʻroq qilishda ishtirok etish uchun pedagogni va (yoki) psixologni jalb etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish huquqi soʻroq qilishdan oldin uning qonuniy vakiliga yoki katta yoshli yaqin qarindoshiga, jabrlanuvchi vakiliga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan tushuntiriladi.
Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilishning umumiy davom etish vaqti kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda toʻrt soatdan oshmasligi kerak”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
oltinchi qismidagi “pedagog yoki psixolog” degan soʻzlar “pedagog va (yoki) psixolog” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 345-moddaning beshinchi qismidagi “128-moddasi ikkinchi qismida” degan soʻzlar “128-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 554-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“554-modda. Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda pedagogning va (yoki) psixologning ishtiroki
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini soʻroq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga koʻra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini taʼminlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, soʻroq tugaganidan soʻng esa, soʻroq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi haqida oʻz fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni soʻroq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda soʻroq bayonnomasida qayd qilinadi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 127-moddasining birinchi qismidagi “oʻn uch” degan soʻzlar “oʻn toʻrt” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-dekabr,
OʻRQ-735-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son)