OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
Qarori
2022-yil uchun statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 25-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3334]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb-sonli “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3401, 12.12.2022-y.) asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2022-yil uchun statistika hisoboti shakllari 1 — 110-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 20-apreldagi 17-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3334-1, 19.05.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 10/22/3334-1/0439-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021-yil 9-fevraldagi 6-mb-son “2021-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3286, 2021-yil 11-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2021-y., 10/21/3286/0110-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-oktabr,
10-mb-son
Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari narxlari toʻgʻrisidagi hisobot (1-ilova)
Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslarining oʻrtacha narxlari toʻgʻrisidagi hisobot (2-ilova)
Transportda yoʻlovchi va yuk tashish (yetkazish) tariflari toʻgʻrisidagi hisobot (3-ilova)
Aloqa xizmati tariflari toʻgʻrisidagi hisobot (4-ilova)
Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari toʻgʻrisidagi hisobot (5-ilova)
Ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi toʻgʻrisidagi hisobot (6-ilova)
Qurilish ishlarining bajarilishi, qurilish mashina va mexanizmlarining mavjudligi toʻgʻrisida 20___ yil uchun hisobot (7-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida 20___ yil uchun hisobot (8-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisidagi hisobot (9-ilova)
_______ yil uchun Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot (10-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (11-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (12-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot (13-ilova)
____ yil oxiriga tugallanmagan qurilish holati toʻgʻrisidagi hisobot (14-ilova)
Tovarlarni sotish va qoldiqlar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (15-ilova)
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (16-ilova)
Birja faoliyati toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (17-ilova)
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish toʻgʻrisida _________ yil uchun hisobot (18-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (19-ilova)
_______ yil paxta xomashyosi hosilini qayta ishlash natijalari toʻgʻrisida hisobot (20-ilova)
Suv quvuri inshootlari ishi toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (21-ilova)
Kanalizatsiya ishi toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (22-ilova)
Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (23-ilova)
Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil boʻlishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi toʻgʻrisida hisobot (24-ilova)
Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (25-ilova)
Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (26-ilova)
Neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish hamda taqsimoti toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (27-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida _________ yil uchun hisobot (28-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (29-ilova)
Paxta xomashyosini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot (30-ilova)
Don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot (31-ilova)
Pilla xaridi toʻgʻrisidagi hisobot (32-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (33-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (34-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (35-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot (36-ilova)
Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (37-ilova)
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisidagi hisobot (38-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (39-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha ______ yil uchun hisobot (40-ilova)
Yerlarni yaroqli holga keltirish toʻgʻrisida_______ yil uchun hisobot (41-ilova)
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (42-ilova)
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (43-ilova)
Shikastlanganlik toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (44-ilova)
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (45-ilova)
______ yil uchun mehnat hisoboti (46-ilova)
Mehnat hisoboti (47-ilova)
Mehnat sharoitlarining ahvoli toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (48-ilova)
Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida _____ yil noyabr oyi hisoboti (49-ilova)
Xodimlarning lavozimlari va kasblari boʻyicha ish haqi toʻgʻrisida _____ yil aprel oyi hisoboti (50-ilova)
Oilalar toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (51-ilova)
Tabiiy, suyultirilgan gazdan foydalanish boʻyicha________ yil uchun hisobot (52-ilova)
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha ishlab chiqarilgan (koʻrsatilgan) xizmatlar toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (53-ilova)
Shahar aholi punktlarini obodonlashtirish toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (54-ilova)
Ichimlik suvi bilan taʼminlash toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (55-ilova)
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisoboti (56-ilova)
Uy-joy olish uchun hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni toʻgʻrisida ______ yil uchun hisoboti (57-ilova)
Avtomobil transporti va xoʻjalik avtomobil yoʻllari uzunligi toʻgʻrisida _____ yil uchun hisoboti (58-ilova)
Avtomobil transporti ishi toʻgʻrisida hisobot (59-ilova)
Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti xizmatlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisoboti (60-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (61-ilova)
_________________________________ transporti toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (tramvay, metropoliten, trolleybus) (62-ilova)
_________________________________ transporti toʻgʻrisida hisobot (tramvay, metropoliten, trolleybus) (63-ilova)
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (64-ilova)
Quvur yoʻli transporti xizmatlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (65-ilova)
Quvur yoʻli transporti faoliyati toʻgʻrisida hisoboti (66-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida hisoboti (67-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida ___ yil uchun hisobot (68-ilova)
Aloqa vositalari va xizmatlari toʻgʻrisida hisoboti (69-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisoboti (70-ilova)
Maktabgacha taʼlim tashkilotining _____ yil 1-yanvariga hisoboti (71-ilova)
Umumtaʼlim muassasasining _____/______ oʻquv yili boshiga hisoboti (72-ilova)
_____/_____ oʻquv yili boshiga boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar hisoboti (73-ilova)
_____/_____ oʻquv yili boshiga oliy taʼlim tashkilotining hisoboti (74-ilova)
Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotining ______ yil 1-yanvariga hisoboti (75-ilova)
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar uchun taʼlim muassasasining _______ yil uchun hisoboti (76-ilova)
Kutubxona faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (77-ilova)
Filmlar ishlab chiqarish toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (78-ilova)
Muzey faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (79-ilova)
Teatr faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (80-ilova)
Konsert tashkilotlari va sirk jamoalari faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (81-ilova)
Hayvonot bogʻi, botanika bogʻi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (82-ilova)
Madaniyat markazlari faoliyati toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (83-ilova)
Respublikadagi madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (84-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (85-ilova)
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ______ yil uchun hisobot (86-ilova)
Sport taʼlimi muassasalari boʻyicha _______ yil uchun hisobot (87-ilova)
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni bajarilishi hamda oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (88-ilova)
Innovatsiya faoliyati toʻgʻrisida _______ yil hisobot (89-ilova)
Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida _______ yil 1-yanvariga hisobot (90-ilova)
Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha _____ yil uchun hisobot (91-ilova)
Turar-joyga muhtojlar sifatida hisobga qoʻyilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda turar- joy uchun berilgan orderlar toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (92-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironlik sabablari toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (93-ilova)
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (94-ilova)
Homilador, tugʻadigan va tuqqanlarga tibbiy yordam koʻrsatish, homiladorlikni toʻxtatish va kontratsepsiya toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (95-ilova)
Bolalarga tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (96-ilova)
Odam immun tanqisligi virusi bilan kasallangan bemorlar va qonni oivga tekshirish natijalari toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (97-ilova)
Profilaktik emlashlar toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (98-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (99-ilova)
Yuqumli va parazitar kasalliklar toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (100-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (101-ilova)
Notijorat tashkilotning faoliyati toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (102-ilova)
Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida ____________ yil uchun hisobot (103-ilova)
Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (104-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot (105-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (106-ilova)
Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida _____ yil uchun hisobot (107-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning _________ yil uchun hisoboti (108-ilova)
Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlar toʻgʻrisidagi _______ yil uchun hisobot (108/1-ilova)
Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ularning qurilishiga yoʻnaltirilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (108/2-ilova)
Eksport-import toʻgʻrisida ________ yil uchun hisobot (108/3-ilova)
Oqova suvlarni markazlashtirilgan holda chiqarib yuborishni, obodonlashtirish va yoritish ishlarini amalga oshiruvchi, aholiga va maishiy-kommunal ehtiyojlarga suv, issiqlik energiyasi hamda issiq suv yetkazib beruvchi mikrofirma va kichik korxonalarning _________ yil uchun hisoboti (108/4-ilova)
Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida _______ yil uchun hisobot (108/5-ilova)
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning _______ yil uchun hisoboti (108/6-ilova)
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisoboti (108/7-ilova)
Logistika, transport-ekspeditorlik faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (108/8-ilova)
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi mikrofirma va kichik korxona faoliyati toʻgʻrisida ______ yil uchun hisobot (108/9-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida mikrofirma va kichik korxonaning ______ yil uchun hisoboti (108/10-ilova)
Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot (109-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot (109/1-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi hisoboti (109/2-ilova)
Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida hisoboti (109/3-ilova)
Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida hisobot (109/4-ilova)
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga (bundan buyon matnda roʻyxatda turganlar deb yuritiladi) ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (110-ilova)
(110-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2022-yil 20-apreldagi 17-mb-son qaroriga (roʻyxat raqami 3334-1, 19.05.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2022-y., 10/22/3334-1/0439-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2021-y., 10/21/3334/1096-son; 19.05.2022-y., 10/22/3334-1/0439-son)