1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-avgustdagi OʻRQ-633-son Qonuniga muvofiq odam savdosiga qarshi kurashishga doir maʼlumotlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida” 2020-yil 17-avgustdagi OʻRQ-633-son Qonuniga muvofiq odam savdosiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda tegishli axborotni tizimlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa davlat organlari bilan birgalikda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi yaratilishini tashkil etishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga maʼlumotlarni onlayn rejimida kiritish imkoniyatini oʻz ichiga oluvchi odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini (keyingi oʻrinlarda — yagona markazlashtirilgan axborot bazasi) joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yagona markazlashtirilgan axborot bazasidagi maʼlumotlarni potensial xavflardan, tasodifiy harakatlardan va tashqi hujumlardan himoya qilishni taʼminlash maqsadida axborot xavfsizligi dasturiy taʼminotini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, axborot xavfsizligi dasturiy taʼminoti quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona markazlashtirilgan axborot bazasidan foydalanuvchilarni qayd etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni saqlash va qayta ishlash jarayonida ruxsatsiz modifikatsiyadan himoyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viruslardan himoyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy taʼminot konfiguratsiyasida yuzaga kelgan xatoliklar va kamchiliklarni aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan axborot bazasini shakllantirish, unga maʼlumotlarni kiritish hamda maʼlumotlardan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yagona markazlashtirilgan axborot bazasini yuritishga masʼul organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari doimiy ravishda odam savdosiga qarshi kurashishga doir maʼlumotlar (odam savdosi bilan bogʻliq har qanday axborotlar)ni yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga kiritib borish uchun masʼul organga taqdim etib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan odam savdosiga qarshi kurashishga doir maʼlumotlar yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga kiritib borish uchun oʻz vaqtida taqdim etilmagan hollarda ular masʼul organ tomonidan ogohlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona markazlashtirilgan axborot bazasini tashkil etish, yuritish va uni takomillashtirib borish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni moliyalashtirish odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda yagona markazlashtirilgan axborot bazasini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda Vazirlar Mahkamasi IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 22-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
708-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 708-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom odam savdosiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda mazkur yoʻnalishdagi maʼlumotlarni yagona markazlashtirilgan axborot bazasida jamlash, ishlash, umumlashtirish va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek, ularni masʼul organlarga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi (keyingi oʻrinlarda — yagona markazlashtirilgan axborot bazasi)da odam savdosi bilan bogʻliq maʼlumotlarni hisobga olishning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotning xolisligi, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotdan ushbu Nizomda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan doirada foydalanilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olishning majburiyligi va bir xilligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar — qonunchilik hujjatlariga muvofiq odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26apreldagi239-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa organlar — Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar — odam savdosi jinoyati (huquqbuzarlik) bilan bogʻliq boʻlgan har qanday turdagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi shaxs — vakolatli organlar va boshqa organlardan tashqari yuridik yoki jismoniy shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasini yuritish tartibi va shakllantirish manbalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Odam savdosiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda mazkur yoʻnalishdagi boshqa maʼlumotlarning markazlashtirilgan hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yagona markazlashtirilgan axborot bazasini shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament)da tashkil etiladi hamda uning hududiy boʻlinmalari yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga ulanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasining markaziy bazasi Departament tomonidan yuritilib, Departament va uning hududiy boʻlinmalari orqali kiritiladigan maʼlumotlar orqali shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasidagi maʼlumotlar erkin foydalanilishi cheklangan axborot hisoblanib, ulardan faqat vakolatli organlarning mansabdor shaxslari tanishish va foydalanish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga Departament va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar tekshiruvni, dastlabki tergovni va sud muhokamasini amalga oshirish natijasida Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan yopiq (VPN) kanal orqali taqdim etiladigan hamda tezkor aloqa, ishonch telefonlari orqali va boshqa manbalardan olingan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar toʻgʻrisidagi axborot — ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, shuningdek, ularga koʻrsatilgan yordam natijalari haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish turlari, jinoyat sodir etish usullari toʻgʻrisidagi va boshqa axborotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Vakolatli organlar va boshqa organlar tomonidan maʼlumotlarni taqdim etish va yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga ularni kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakolatli organlar va boshqa organlar tomonidan mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar Departament va uning hududiy boʻlinmalariga ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema asosida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni “Interaktiv konsullik xizmatlari” axborot bazasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni Departamentga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga maʼlumotlar Departament va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan davlat tilida ajratilgan sahifalarni toʻldirish orqali kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga kiritilgan maʼlumotlardan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vakolatli organlar yagona markazlashtirilgan axborot bazasiga kiritilgan maʼlumotlardan foydalanish uchun hududiy jihatdan tegishliligi boʻyicha Departament va uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda soʻrovnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, maʼlumotlardan foydalanish zarurati va maʼlumot turi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yuborilgan soʻrovnoma Departament va uning hududiy boʻlinmalariga tegishliligi boʻyicha kelib tushadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasini yuritishga masʼul boʻlgan organ soʻrovnoma tushganidan soʻng uning natijasi boʻyicha besh kun muddatda vakolatli organga javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yagona markazlashtirilgan axborot bazasidagi maʼlumotlar oshkor etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va boshqa organlar tomonidan maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalariga taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Amalga oshirish jarayoni
Muddatlar
1-bosqich
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlar
Odam savdosi bilan bogʻliq har qanday maʼlumotlarni aniqlaydi, toʻplaydi, haqqoniyligini tekshiradi va yagona axborot bazasiga taqdim etish uchun shakllantiradi.
Doimiy ish faoliyatida
2-bosqich
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vakolatli organlar
Vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari oʻzida shakllantirilgan maʼlumotlarni kelgusida yagona axborot bazaga kiritish uchun yopiq (VPN) kanal orqali Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti yoki hududiy boʻlinmalarga taqdim etadi.
3 ish kunida
3-bosqich
IIV Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy boʻlinmalari
Tushgan maʼlumotni tahlil qiladi va yagona axborot bazasiga tegishliligi boʻyicha kiritadi.
Ish yurituvida mavjud boʻlgan hujjatlar boʻyicha yagona axborot bazasida mavjud boʻlgan maʼlumotlardan foydalanish haqida IIV yoki uning hududiy boʻlinmalariga yozma yoki elektron shaklda soʻrovnoma kiritadi.
Zaruriyatga koʻra
5-bosqich
Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti
Soʻrovnomaga asosan soʻrov tashabbuskorini qiziqtirgan maʼlumotlarni yozma yoki elektron shaklda yuboradi.
5 ish kunida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organlar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/708/1084-son; 29.04.2024-y., 09/24/239/0308-son)