Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2025 19.11.2021 yildagi 696-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.07.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlariga qoʻyilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda yoshlarning bilim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlariga qoʻyilgan baholarini oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonining 10-bandiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichi (keyingi oʻrinlarda — bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi) kiritilishi va ushbu koʻrsatkich oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini elektron platformalar orqali hisoblash hamda bitiruvchilarning shahodatnomasi (diplomga ilova)da oʻz aksini toptirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholarini aks ettiruvchi elektron platformalarni yuritish va baholarni mazkur platformalarga davriy ravishda kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichlarini hisoblash, ularni elektron platformalarda aks ettirish tartibi hamda maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Davlat test markazining “ABITUR” maxsus elektron dasturiga uzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari yakunlanganidan soʻng taʼlim tashkilotlari tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “ABITUR” maxsus elektron dasturiga kiritilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichlarini tanlov natijasini hisoblashda inobatga olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (nodavlat taʼlim tashkilotlari boʻyicha) 2022-yil 10-iyunga qadar elektron platformalarni ishga tushirsin hamda taʼlim tashkilotlarida 2022/2023 oʻquv yili va keyingi oʻquv yillari bitiruvchilarining soʻnggi 6 yillik baholarini elektron platformalarga kiritish va bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichlari hisoblab borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2022-yil 10-iyunga qadar tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi oʻz elektron platformalarini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, elektron platformalar va dasturlarni yaratish hamda texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, integratsiya qilish masalalari bilan bogʻliq xarajatlar tegishli vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.N. Tashkenbayev, xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.H. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
696-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim muassasalari va kasb-hunar maktablari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplomga ilova)ga majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichini oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bitiruvchilarning taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlariga qoʻyilgan baholarining soʻnggi 6 yillik oʻrtacha koʻrsatkichi elektron platformaga taʼlim tashkilotlari tomonidan davriy ravishda kiritib boriladi va maʼlumotlarning toʻgʻri kiritilganligi uchun taʼlim tashkilotlarining birinchi rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bahosining oʻrtacha koʻrsatkichi 3 — 5 baholar oraligʻida boʻlib, mazkur koʻrsatkich shahodatnoma va diplomga ilovada aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Elektron platformalarda maʼlumotlarni shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (nodavlat taʼlim tashkilotlari boʻyicha) elektron platformalari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinadi hamda ushbu vazirliklar va idoralarga “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali axborot almashish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (nodavlat taʼlim tashkilotlari boʻyicha) har yili 15-iyunga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz elektron platformalariga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar bilan birga ularning bilim koʻrsatkichiga qoʻyilgan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichini shakllantirish uchun taʼlim tashkilotlari tomonidan platformalarga oʻquvchilarning fanlar boʻyicha yillik baholari kiritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron platformalarda shakllantirilgan bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar hamda ularning baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga uzluksiz uzatib borilishi uchun barcha tashkiliy tadbirlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taʼlim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlarni va fanlar boʻyicha baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini elektron platformada shakllantirib, ularning shahodatnomasi (diplomga ilova)da oʻz aksini toptirish uchun oʻquvchilarning fanlar boʻyicha yillik baholari har yili 15-iyunga qadar elektron platformaga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron platformaga kiritilgan baholar qatʼiy hisoblanib, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Taʼlim tashkilotlarini xorijiy davlatda tamomlagan va hujjati tan olingan (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi), eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan abituriyentlarning shahodatnomasidagi (diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari boʻyicha) baholari taalluqliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarmalar) tomonidan oʻz elektron platformalariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun taalluqliligi boʻyicha taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarma boshliqlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining 6 — 11-sinflardagi fanlar boʻyicha yillik baholari, yakuniy davlat attestatsiyasi baholari elektron platformaga har oʻquv yilining yakuni boʻyicha 15-iyunga qadar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bitiruvchilar bahosining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblashda 6 — 11-sinflardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisi har bir sinfdagi oʻqitilgan fanlar sonining umumiy yigʻindisiga nisbati olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kbboʻk — bitiruvchi bahosining oʻrtacha koʻrsatkichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑6b 6-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑7b — 7-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑ 8b — 8-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑9b — 9-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑10b — 10-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑11b — 11-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6f — 6-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7f — 7-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8f — 8-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9f — 9-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10f — 10-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11f — 11-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan bitiruvchilar bilimiga qoʻyiladigan baholash mezonlari farq qilganda baholash tizimidagi maksimal ball 100 foiz sifatida qabul qilinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha konvertatsiya qilinadi: 86 — 100 foiz uchun — 5 baho, 71 — 85 foiz uchun — 4 baho, 56 — 70 foiz uchun — 3 baho va 56 foizgacha — 2 baho.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining 1-2-bosqichlardagi umumtaʼlim fanlari boʻyicha yillik baholari, yakuniy davlat attestatsiyasi baholari elektron platformaga har oʻquv yilining yakuni boʻyicha 15-iyunga qadar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitiruvchilarning 6 — 9-sinflardagi yillik baholari Xalq taʼlimi vazirligining “Elektron kundalik” elektron dasturiga, shuningdek, tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan barcha taʼlim tashkilotlarida joriy etilgan elektron platformalarga integratsiya qilish orqali olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bitiruvchilar bahosining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblashda 6 — 9-sinflardagi hamda 1-2-bosqichlardagi umumtaʼlim fanlari boʻyicha yillik baholarning umumiy yigʻindisi har bir sinf va bosqichdagi oʻqitilgan umumtaʼlim fanlari sonining umumiy yigʻindisiga nisbati olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kbboʻk— bitiruvchi bahosining oʻrtacha koʻrsatkichi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑6b 6-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑7b — 7-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑ 8b— 8-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑9b — 9-sinfdagi barcha fanlar boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑1 b — 1-bosqichdagi umumtaʼlim fanlari boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
∑2b — 2-bosqichdagi umumtaʼlim fanlari boʻyicha yillik baholar yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6f — 6-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7f — 7-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8f — 8-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9f — 9-sinfda yillik baho chiqarilgan barcha fanlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1bf — 1-bosqichda yillik baho chiqarilgan umumtaʼlim fanlari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2b — f— 2-bosqichda yillik baho chiqarilgan umumtaʼlim fanlari soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari tomonidan bitiruvchilar bilimiga qoʻyiladigan baholash mezonlari farq qilganda baholash tizimidagi maksimal ball 100 foiz sifatida qabul qilinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha konvertatsiya qilinadi: 86 — 100 foiz uchun — 5 baho, 71 — 85 foiz uchun — 4 baho, 56 — 70 foiz uchun — 3 baho va 56 foizgacha — 2 baho.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini elektron platformada tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Abituriyent oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish jarayonida shaxsiy maʼlumotlarini kiritgandan soʻng uning shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi hosil boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent tomonidan baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi uning shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi bilan tekshirilib, tasdiqlash tugmasi bosiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent tomonidan baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi tasdiqlanmagunga qadar unga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shakllantirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Abituriyentning shaxsiy kabinetida aks etgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari va ularning oʻrtacha koʻrsatkichi hamda shahodatnomadagi yoki diplomga ilovaning aslidagi baholar oʻrtasida tafovut aniqlanganda abituriyent tegishli taʼlimni boshqaruvchi boshqarmaga murojaat qiladi. Oʻz oʻrnida hududiy boshqarmalar mavjud muammo bartaraf etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda abituriyentning shaxsiy kabinetida aks etgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari va ularning oʻrtacha koʻrsatkichi oʻzgaradi va abituriyent maʼlumotlarning toʻgʻriligi boʻyicha tasdiqlash tugmasini bosadi. Tasdiqlash tugmasi bosilganidan soʻng maʼlumotlar toʻgʻriligiga abituriyentning shaxsan oʻzi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat test markazi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun “ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali ariza topshirgan, ammo elektron platformada baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi kiritilmagan abituriyentlar haqidagi maʼlumotni ariza qabul qilingan kunda tegishli vazirliklar va idoralarga elektron platformasi orqali yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tegishli vazirliklar va idoralar bir ish kunida maʼlumotni abituriyentning shahodatnomasi yoki diplomi berilgan taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarmaga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hududiy taʼlimni boshqaruvchi boshqarma tuman xalq taʼlimi boʻlimi orqali shu kunning oʻzida maʼlumotni taʼlim tashkilotiga yuboradi, taʼlim tashkiloti rahbari uch ish kunida abituriyentning shahodatnomasidagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari elektron platformaga toʻgʻri kiritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentning shaxsiy kabinetida shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi shu kunning oʻzida aks etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi (zarur hollarda arxiv hujjatlari asosida) tegishli taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarmalar tomonidan hujjatning asli asosida Davlat test markazining elektron platformasiga toʻgʻri kiritilishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tegishli vazirliklar va idoralar belgilangan vazifalar taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha nazoratni olib boradi va taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Davlat test markazi tomonidan oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari yakunlanganidan soʻng, belgilangan muddatda, tanlovga qadar abituriyentlarning test sinovi jarayonida toʻplagan ballariga tegishli taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichlari qoʻshiladi va tanlov jarayoni amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oliy taʼlim tashkilotiga oʻqishga qabul qilish jarayonida abituriyent tomonidan qabul komissiyasiga taqdim etilgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi bilan elektron platformaga kiritilgan baholar oʻrtacha koʻrsatkichi orasida tafovut aniqlansa, u holda abituriyentning keyingi holati kirish imtihonlarida (talabalikka qabul qilingan boʻlsa) talabalikka qabul qilingan taʼlim yoʻnalishi doirasida qayta koʻrib chiqiladi. Agar kiritilgan oʻzgarishlar tufayli abituriyent toʻplagan ball qabul chegarasidan past boʻlsa, mazkur abituriyent oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda, shu jumladan, sud tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan 6 — 11-sinflar oʻquvchilarining, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari va kasb-hunar maktablari 1-2-bosqichlari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha yillik baholarini elektron platformaga kiritish.

Har oʻquv yilining yakuni boʻyicha 15-iyunga qadar


2-bosqich

Abituriyent

1. Abituriyent Davlat test markazining “ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali roʻyxatdan oʻtganda shaxsiy kabinetida aks etgan shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari oʻrtacha koʻrsatkichini shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi bilan taqqoslaydi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Har yili oʻqishga qabul qilish jarayonida onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida

Davlat test markazi

2. Abituriyent tomonidan tasdiqlash tugmasi bosilgandan soʻng abituriyentga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shakllantiriladi.


3-bosqich

Abituriyent

1. Abituriyent Davlat test markazining ABITUR” maxsus elektron dasturi orqali roʻyxatdan oʻtganda shaxsiy kabinetidagi umumtaʼlim fanlari baholari oʻrtacha koʻrsatkichi hamda shahodatnomadagi yoki diplomga ilovaning aslidagi baholar oʻrtacha koʻrsatkichi oʻrtasida tafovut aniqlanganda abituriyent tegishli taʼlimni boshqaruvchi boshqarmaga murojaat qiladi.

Maʼlumot olingan kunning oʻzida

Taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarma

2. Oʻz oʻrnida hududiy boshqarmalar mavjud muammo bartaraf etilishini taʼminlaydi.

Shu kunning oʻzida


4-bosqich

Davlat test markazi

1. Oliy taʼlim tashkiloti bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun ABITUR maxsus dasturi orqali ariza topshirgan, ammo elektron platformaga baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi kiritilmagan abituriyentlar haqidagi maʼlumotni tegishli vazirliklar va idoralarga yuborish.

Har yili qabul jarayonida onlayn roʻyxatdan oʻtishda maʼlumotlar tasdiqlangan kunning oʻzida

Tegishli vazirliklar va idoralar

2. Davlat test markazidan olingan maʼlumotni abituriyentning shahodatnomasi yoki diplomi berilgan taʼlim tashkiloti joylashgan taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarmaga yuborish.

Maʼlumot qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida


5-bosqich

Taʼlimni boshqaruvchi hududiy boshqarma

1. Davlat test markazidan olingan baholarning oʻrtacha koʻrsatkichi kiritilmagan abituriyent toʻgʻrisidagi maʼlumotni taʼlim tashkilotiga yuborish.

Maʼlumot olingan kunning oʻzida

Taʼlim tashkiloti rahbari

2. Abituriyentning shahodatnomasidagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholarini elektron platformaga kiritish va tasdiqlash tugmasini bosish.

Uch ish kuni davomida

Abituriyent

3. Abituriyent tomonidan umumtaʼlim fanlari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichi shahodatnomadagi yoki diplomga ilovadagi umumtaʼlim fanlari baholari bilan taqqoslanadi va tasdiqlash tugmasi bosiladi.

Maʼlumot olingan kunning oʻzida


6-bosqich

Davlat test markazi

Abituriyentlarning test sinovi jarayonida toʻplagan ballariga tegishli taʼlim tashkilotlari tomonidan kiritilgan bitiruvchilar baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini qoʻshish va tanlov jarayonida inobatga olish.

Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlari yakunlanganidan soʻng, tanlovga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2021-y., 09/21/696/1068-son)