Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-sentabrdagi PQ-4846-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlarining hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarining hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini eʼlon qilib borish tartibi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarni aniqlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari tomonidan soliq maslahati boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va soliq toʻlovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosani berish va eʼtirof etish tartibi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining soliq hisobotlaridagi maʼlumotlarda aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov asosida soliq organlari tomonidan soliq maslahatchilari tashkilotlarining yoki auditorlik tashkilotlarining soliqlarga doir berilgan xulosalarini tekshirish tartibi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi bilan birgalikda mazkur qaror ijrosi boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini puxta oʻrganib, soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish jarayoniga soliq maslahatchilari tashkilotlarini yanada kengroq jalb etish boʻyicha 2022-yil 1-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Qonunchilik hujjatlarida ayrim tijorat tashkilotlarini tugatishning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
664-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-noyabrdagi 664-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari, shuningdek yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi oʻrinlarda — dastur) orqali aniqlanadigan soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan — yuridik shaxslar hamda soliqlar va yigʻimlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda toʻlaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda — soliq toʻlovchilar) nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashkil etilganidan boshlab bir yildan ortiq muddat davomida faoliyat olib borayotgan hamda shtatida kamida bir yillik soliq maslahatchisi stajiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari mavjud boʻlgan yoxud shartnoma asosida ularni jalb etgan holda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilari va auditorlik tashkilotlari soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega tashkilotlar roʻyxatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar boʻyicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari sifatida roʻyxatga kiritilishini soʻrab Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga (keyingi oʻrinlarda — Palata) murojaat qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Murojaat tushgan kundan boshlab Palata uch ish kuni davomida roʻyxatga kiritishni soʻrab murojaat qilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini Soliq maslahatchilari reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida oʻrganib chiqadi va soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotini roʻyxatga kiritish yoki roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda ushbu xulosa asosida ularning roʻyxati shakllantiriladi va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bu haqida xabardor qilinadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda ularni roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi va u soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlariga mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda Palataga qayta murojaat etishlari mumkin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan talablardan tashqari boshqa asoslarga koʻra soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini roʻyxatga kiritish rad etilishi taqiqlanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq qoʻmitasi Palata tomonidan yuritiladigan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari roʻyxati shakllantirilgandan soʻng uch ish kunida elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali olinishini taʼminlaydi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq qoʻmitasi Palata tomonidan taqdim etilgan roʻyxatni mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda uch ish kunida oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarni aniqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Soliq qoʻmitasiga davlat xizmatlari markazlaridan belgilangan tartibda ixtiyoriy tugatish jarayonida turgan soliq toʻlovchilar haqida tushgan maʼlumotlar shu kunning oʻzida Soliq qoʻmitasi tomonidan dastur orqali oʻrganib chiqiladi va har oʻn kunlik maʼlumotlar umumlashtirilgan holda soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxati shakllantiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Soliq qoʻmitasi ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarning roʻyxati shakllantirganidan soʻng ikki ish kunida ularning shaxsiy kabinetiga roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bilan ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish boʻyicha shartnoma tuzish orqali ixtiyoriy tugatish ishlarini amalga oshirish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xabar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Soliq qoʻmitasi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarning roʻyxati shakllantirilgandan soʻng bir ish kunida ushbu roʻyxatni Palataga oʻzining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi. Mazkur roʻyxat Palata tomonidan har oʻn kunda toʻldirilib boriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Soliq maslahati boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish va soliq toʻlovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosani berish va eʼtirof etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Soliq qoʻmitasidan soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabarnoma olgan soliq toʻlovchilar ushbu huquqlardan foydalanish istagini bildirganda, xabarnoma olgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida oʻzlarining tashabbuslariga asosan roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma asosida soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishini amalga oshirish haqida oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali Soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xabar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali Soliq qoʻmitasiga yuboriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabardor qilingan, ammo ushbu jarayon orqali tugatilish istagini bildirmagan soliq toʻlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 87-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Soliq toʻlovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa soliq organlari ushbu soliq toʻlovchini oxirgi soliq auditidan oʻtkazilgan sanadan boshlab (soliq auditi soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan boʻlsa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab) tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida roʻyxatdan oʻtkazgan organ xabardor qilingan sanagacha boʻlgan davr mobaynidagi moliya-xoʻjalik faoliyatini qamrab oladi, biroq ushbu davr uch yildan oshmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Soliq toʻlovchi soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga asosan soliq maslahatchilari tashkilotiga yoki auditorlik tashkilotiga barcha zarur hujjatlarni, shuningdek, oxirgi uch yillik davr uchun bank hisobvaragʻidan koʻchirmani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayonida roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti tomonidan soliq toʻlovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 10 mlrd soʻmdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni toʻxtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish natijalari yuzasidan roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda teng kuchga ega boʻlgan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan shaklda uch nusxada xulosa tuziladi va imzolanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosaning ikki nusxasi soliq toʻlovchiga (bir nusxasini Soliq qoʻmitasiga taqdim etish uchun) taqdim etiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti soliqlarga doir xulosani elektron raqamli imzo yordamida soliq toʻlovchiga taqdim etishi, soliq toʻlovchi esa ushbu xulosani Soliq qoʻmitasiga oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etishi mumkin.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliq toʻlovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi xulosa shartnoma tuzilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir xulosa berilganidan boshlab besh ish kuni davomida soliq toʻlovchilar mazkur xulosani, unga oʻzining bank hisobvaragʻidan koʻchirma va summalar koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturalar reyestrini ilova qilgan holda soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim qiladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlar buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali Soliq qoʻmitasiga yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar va ixtiyoriy tugatilayotganda roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosa oʻrtasida tafovut aniqlangan taqdirda, soliq toʻlovchilar besh ish kuni davomida mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini oʻzlari roʻyxatdan oʻtgan soliq organiga taqdim etishi lozim.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari maʼlumotlar oʻrtasida aniqlangan tafovutlarni soliq maslahatchilari tashkilotlarining yoki auditorlik tashkilotlarining tavsiyasiga koʻra xulosa bergunga qadar soliq toʻlovchilar tomonidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari taqdim etilishi mumkin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliqlar boʻyicha aniqlangan tafovutlar (ijobiy yoki salbiy farq summasi) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, soliq organlari aniqlangan salbiy farq boʻyicha moliyaviy sanksiyalarni (penya bundan mustasno) va maʼmuriy jarimalarni qoʻllamaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Soliq toʻlovchilarning hisobotlari va soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan berilgan xulosada aniqlangan tafovutlar (ijobiy va salbiy farq summalari) bartaraf etilgan taqdirda, Soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq toʻlovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlarga doir xulosa tan olingan hamda soliq toʻlovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanganda ularga nisbatan soliq organlari tomonidan soliq auditi oʻtkazilmaydi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish boʻyicha ishlar yakunlanadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-avgustdagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchi mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda xabardor qilingan kundan keyin davlat organlari va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ularning maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmagan soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilganda soliq organi ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliq auditidan oʻtkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir berilgan xulosa doirasida ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari soliq organlari tomonidan aniqlanganda, ular roʻyxatdan chiqariladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, soliq organlari tanlov asosida roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib koʻrishga haqli va berilgan xulosalarda soliq toʻlovchining soliq majburiyatlari yashirib yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari aniqlanganda soliq organlari soliqlarga doir berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha sudga murojaat qiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan soliq organlari soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining soliqlarga doir berilgan xulosalarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi murojaati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Roʻyxatga kiritilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari koʻrsatilgan xizmatlar davomida olingan maʼlumotlar hamda tuzilgan hisobotlarni soliq toʻlovchining roziligisiz soliq organlariga hamda boshqa shaxslarga maʼlum qilishga haqli emas.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Soliq toʻlovchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining xulosasidan norozi boʻlgan taqdirda hamda ular oʻrtasida yuzaga kelgan boshqa nizolar shartnomada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 175-moddaci.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda ularga soliqlar boʻyicha xulosa beruvchi soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari sifatida roʻyxatga kiritilishini soʻrab Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qiladi.
Zarurat paydo boʻlganda
2-bosqich
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi
1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining Nizomda koʻrsatilgan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.
2. Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotini roʻyxatga kiritish yoki roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi.
3 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi
1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini roʻyxatga kiritish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinganda, ushbu xulosa asosida roʻyxatni shakllantiradi.
2. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini xabardor qiladi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi
1. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari Nizomda koʻrsatilgan talablarga muvofiq kelmaganda, ularni roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.
2. Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarini bu haqida asoslangan xulosani taqdim etgan holda xabardor qiladi.
3 ish kuni mobaynida
5-bosqich
Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari
Roʻyxatga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga qayta murojaat etadi.
Oʻz xohishiga koʻra
6-bosqich
Soliq qoʻmitasi
1. Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan yuritiladigan roʻyxatni elektron shaklda onlayn tarzda yoki xat orqali oladi.
2. Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va muntazam ravishda yangilab boradi.
3 ish kuni mobaynida
7-bosqich
Soliq qoʻmitasi
Yillik aylanmasi oxirgi uch yil ichida oʻn milliard soʻmdan oshmagan hamda soliq xavfi darajasi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilar soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxati shakllantiriladi.
Har 10 kunda
8-bosqich
Soliq qoʻmitasi
Ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxati Palataga oʻzining rasmiy saytiga joylashtirish uchun elektron shaklda taqdim etadi.
1 ish kuni mobaynida
9-bosqich
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi
Ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilar roʻyxatini oʻzining rasmiy saytiga joylashtiradi va toʻldirib boradi.
Har 10 kunda
10-bosqich
Soliq qoʻmitasi
Ixtiyoriy tugatilishi mumkin boʻlgan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetiga (yoki buyurtma xat bilan pochta xizmati orqali) ixtiyoriy tugatilayotganda soliqlarga doir xulosa berish boʻyicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
2 ish kuni mobaynida
11-bosqich
Soliq toʻlovchi
Soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilishi huquqlaridan foydalanish istagini bildirganda soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari bilan shartnoma tuzadi va Soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.
10 ish kuni mobaynida
12-bosqich
Soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari
1. Soliq toʻlovchilarga soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi xulosa berish xizmatini koʻrsatadi va xulosani taqdim etadi.
2. Soliq toʻlovchining yillik aylanmasi oxirgi uch yilning biror-bir yilida 10 mlrd soʻmdan oshganligi aniqlangan taqdirda, soliqlarga doir xulosa berish orqali ixtiyoriy tugatilish jarayoni toʻxtatiladi hamda shartnoma bekor qilinadi.
Shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kunda
13-bosqich
Soliq toʻlovchi
Soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlari tomonidan berilgan soliqlarga doir xulosani Soliq qoʻmitasiga taqdim qiladi.
5 ish kuni mobaynida
14-bosqich
Soliq toʻlovchi
Soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar va soliqlarga doir xulosa oʻrtasida tafovut aniqlangan taqdirda, mazkur tafovutlarni bartaraf etgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini soliq organiga taqdim etadi.
5 ish kuni mobaynida
15-bosqich
Soliq toʻlovchi
Soliqlar boʻyicha aniqlangan tafovutlar Soliq kodeksida belgilangan tartibda hisob-kitob qilinadi.
Tafovutlar bartaraf etilgan taqdirda, soliqlarga doir xulosa tan olinadi hamda soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilgan deb hisoblanadi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish boʻyicha ishlar yakunlanadi.
Belgilangan muddatda
17-bosqich
Soliq organlari
Tanlov asosida soliqlarga doir berilgan xulosalarni tekshirib koʻrishga haqli va berilgan xulosalarda soliq toʻlovchining soliq majburiyatlarini yashirishi yoki qasddan buzib koʻrsatilganligi holatlari aniqlanganda, berilgan xulosalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida tegishliligi boʻyicha sudga murojaat qiladi.
Belgilangan muddatda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining toʻliq nomi
STIR
Davlat roʻyxatidan oʻtgan sana
Pochta manzili
Telefon raqami
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari hamda auditorlik tashkilotlari roʻyxatini yuritish va soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir xulosalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq toʻlovchi ixtiyoriy tugatilganda soliqlarga doir
XULOSA
Soliq toʻlovchi ____________________________________________________________________ boʻyicha
(toʻliq nomi)
(soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotining nomi, davlat roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot, uning rekvizitlari)
(soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tugatilganda soliqlar boʻyicha xulosa berish huquqiga ega boʻlgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilganligi haqida maʼlumot (Soliq maslahatchilari palatasi veb-saytidagi roʻyxat raqami)
(soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki auditorlik tashkilotining rahbari va soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatgan soliq maslahatchisining F.I.O. va malaka sertifikati berilgan sanasi va raqami)
(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining (mijoz) toʻliq nomi, STIR, manzili, rekvizitlari)
(ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sana/roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga ixtiyoriy toʻxtatish toʻgʻrisida ariza taqdim etilgan sana)
(ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti bilan soliq toʻlovchi tomonidan soliqlarga doir xulosa berish boʻyicha shartnoma tuzish huquqi mavjudligi toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan xabarnoma yuborilgan sana)
(soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan shartnoma haqida maʼlumot (raqam va sana)
Xizmat koʻrsatilgan davrlar
(kalendar yil(lar))
(soliq toʻlovchi haqida qisqacha maʼlumot (davlat roʻyxatidan oʻtgan sana), amalga oshirgan faoliyat turlari)
(taʼsischilar va ustav fondi haqida maʼlumot)
litsenziyalanadigan faoliyat turi haqida maʼlumot (nomi, raqami, sanasi)
(xulosa berilgan davrda (yillar boʻyicha) toʻlangan soliq turlari, aylanma (tushum) miqdori)
(aniqlangan tafovutlarning soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkiloti tavsiyasiga koʻra xizmat koʻrsatish jarayonida bartaraf etilishi toʻgʻrisida maʼlumot (agar bartaraf etilgan boʻlsa)
Ixtiyoriy tugatilayotgan soliq toʻlovchiga koʻrsatilgan soliq maslahatini koʻrsatish natijasi quyidagicha:
_________ yilgi faoliyati boʻyicha:
soʻmda
T/r
Soliq turi
Soliq toʻlovchi hisoboti boʻyicha
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining maʼlumoti boʻyicha
Farqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_________ yilgi faoliyati boʻyicha:
soʻmda
T/r
Soliq turi
Soliq toʻlovchi hisoboti boʻyicha
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining maʼlumoti boʻyicha
Farqi
_________ yilgi faoliyati boʻyicha:
soʻmda
T/r
Soliq turi
Soliq toʻlovchi hisoboti boʻyicha
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki auditorlik tashkilotining maʼlumoti boʻyicha
Farqi
Tavsiyalar:
(tafovut aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha Soliq qoʻmitasiga yuboriladigan hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumot va boshqa tavsiyalar)
Soliq maslahatchilari tashkiloti yoki
auditorlik tashkilotining rahbari __________________ F.I.O. __________ imzo
Soliq maslahatchisi _____________________________ F.I.O. __________ imzo.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 09/21/664/1007-son; 22.08.2023-y., 09/23/400/0635-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)