1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼullar |
|
I. Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut deb yuritiladi) ustavi va tashkiliy tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlash hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
Ikki oy muddatda |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
2. |
Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantirish. |
Bir hafta muddatda |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
3. |
Institutning 2021-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini, shtat jadvalini ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
Ikki oy muddatda |
2021-yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
4. |
Institut boshqaruv va taʼlim jarayonlarini 2025-yilgacha bosqichma-bosqich toʻliq raqamlashtirish boʻyicha dastur ishlab chiqish. |
2022-yil may |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
II. Institutda 2021/2022 oʻquv yilini samarali tashkil etish | ||||
|
5. |
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribalari hamda kadrlar isteʼmolchilarining talablari, soha boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurs tejaydigan texnologiyalar oʻz aksini topgan davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta ishlab chiqish, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash. |
Ikki oy muddatda |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
6. |
Talabalarning mustaqil taʼlim olishlari uchun masofaviy elektron taʼlim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, maʼruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish. |
Doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant mablagʻlari va texnik koʻmaklar doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
7. |
Institutning talabalari uchun oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining isteʼmolchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, agroklasterlar, kooperatsiyalar, xoʻjalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish boʻyicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilgʻor tajribaga ega korxona va tashkilotlarda tashkil etish. |
Oʻquv jarayoni jadvali asosida |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
8. |
Institutning Axborot-resurs markazini oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish hamda yetishmayotgan oʻquv adabiyotlarini, shuningdek, hududning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
9. |
Qishloq xoʻjaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari roʻyxatini aniqlash hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
Doimiy |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
10. |
Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishlari, talabalarning malakaviy amaliyotlarini oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida oʻquv-amaliyot markazlarini (mutaxassislik kafedralari filiallarini) tashkil etish hamda faoliyatini takomillashtirish. |
2022-yil davomida va doimiy |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
III. Institutning taʼlim xizmatini koʻrsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar | ||||
|
Oʻquv jarayoni boʻyicha | ||||
|
11. |
Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarini ishlab chiqarish hamda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
12. |
Tor ixtisosliklar boʻyicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga institutning professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xoʻjaligining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha vebinarlar tashkil etish. |
2022 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
13. |
Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Bunda: xorijiy (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilgʻor tajribalarni oʻrganish asosida Institutning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish; veb va “bulutli” texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish; RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish; kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish; kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish; xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanish sharoitlarini yaratish; elektron va qogʻoz shaklidagi xalqaro ilmiy va oʻquv nashrlariga obuna boʻlishni tashkil qilish. |
2022 — 2024-yillar |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
14. |
Qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy va xalqaro imijni shakllantirish maqsadida mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda oʻqitishni keng joriy etish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha | ||||
|
15. |
Institutning ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish maqsadida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tizimli tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligi ixtisosliklari boʻyicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlashni yoʻlga qoʻyish hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalariga maqsadli doktoranturaga oʻqishga yuborish. |
2022 — 2025-yillar |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
16. |
Har yili qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari magistraturasining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish. |
Doimiy |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
17. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining agrar tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birga qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. |
Doimiy |
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
18. |
Professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Tashabbuskorlarning mablagʻlari hisobidan |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
19. |
Hududning tuproq-iqlim sharoitini hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish turlarini inobatga olgan holda subtropik (anor, xurmo, zaytun, chilonjiyda), sitrus (limon, mandarin, kivi, ananas) hamda sabzavot-poliz ekinlarini yetishtirish muammolari yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
20. |
Institut professor-oʻqituvchilari, ilmiy-texnik va muhandis xodimlarini har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlash va amalga oshirish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
21. |
“Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan olimlar, professor-oʻqituvchi va tadqiqotchilarning ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish. Bunda: ustamalar miqdorini “Xirsh” indeksi (h-indeks): 5 dan 9 gacha boʻlsa 20 foiz; 10 va undan yuqori boʻlsa 30 foiz etib belgilash. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
22. |
Institut huzurida davlat muassasasi shaklida “Meva (subtropik va sitrus) va sabzavot ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” oʻquv-ilmiy markazini tashkil etish. |
2022-yil avgust |
Davlat budjet mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha | ||||
|
23. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish. Bunda: birinchi tashabbus — talaba yoshlarni musiqa va sanʼatga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, koʻrgazmalar, sanʼat va madaniyat maskanlarida ochiq darslar oʻtkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish. ikkinchi tashabbus — sport majmualarida toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etish, yangi sport toʻgaraklari ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariaro uch bosqichli chempionatlarni oʻtkazish. uchinchi tashabbus — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmogʻidan toʻgʻri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari boʻyicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash boʻyicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi toʻgaraklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish. toʻrtinchi tashabbus — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, talabalarning sheʼrlari, ilmiy maqolalari va sheʼriy toʻplamlarini chop etish, OAVda yoritish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
beshinchi tashabbus — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga oʻrgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, milliy hunarmandchilik kurslarini va ijodiy toʻgaraklarni yoʻlga qoʻyish. |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari | |||
|
24. |
Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning nomzodini Oʻzbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga tavsiya etish, respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirok etishini taʼminlash hamda ragʻbatlantirib borish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
25. |
Institut joylashgan hududda yashovchi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kirgan oilalarning farzandlari hamda uyushmagan yoshlar uchun qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. |
Doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
26. |
Institutning moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda yaqin hududlardagi uyushmagan yoshlarnisport toʻgaraklariga, ingliz tili, nemis tilini oʻqitish kurslariga, kompyuter savodxonligi toʻgaraklariga jalb etish. |
2022-yildan boshlab doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Xalqaro hamkorlik boʻyicha | ||||
|
27. |
Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, taʼlim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
28. |
Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim va ilmiy muassasalariga magistratura va doktoranturaga (jumladan, “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovlari orqali) muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish. |
2022 — 2025-yillar |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Tashqi ishlar vazirligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
29. |
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlari va ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazilishini taʼminlash. |
Belgilangan muddatlarda |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
30. |
Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1 000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining Institutdagi ulushini oshirish. |
Doimiy |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
31. |
Anorchilik yoʻnalishi boʻyicha professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalarni ilgʻor xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy kelishuv asosida |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
Moddiy-texnik taʼminot boʻyicha | ||||
|
32. |
Veterinariya diagnostika oʻquv laboratoriyasi hamda Axborot-maslahat markazi (Extension center) hududida qishloq xoʻjaligi hayvonlarini koʻpaytirish va tajribalar olib borish maqsadida maxsus bino (vivariy) qurish ishlarini 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrish. |
2022-yil iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
33. |
Institut hududida 400 oʻrinli majlislar zali hamda 200 oʻrinli talabalar oshxonasini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritish. |
2022-yil iyun |
Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
34. |
Axborot-maslahat markazi hududida sitrus va subtropik ekinlar (limon, anor, xurmo, kivi, zaytun) koʻchatlarini yetishtiruvchi issiqxona tashkil etish. |
2022-2023-yillar |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
35. |
Axborot-maslahat markazi (Extension center) hududida qishloq xoʻjaligi ekinlarini doimiy suv bilan taʼminlash boʻyicha vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻulash, ishga tushirish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda dala atrofini toʻsiq (sim-toʻr) bilan oʻrash. |
2022-2023-yillar |
Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy hokimliklarning mablagʻlari, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
36. |
Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash, qadoqlash boʻyicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish. |
2022 — 2025-yillar |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
|
37. |
Xorijiy va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot, ishlanmalar, jihozlarni sinovdan oʻtkazish va targʻib qilish uchun “Koʻrgazmali auditoriyalar”ni tashkil etish. |
2022 — 2025-yillar |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti |
2-ILOVA
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar |
Biriktirilayotgan tashkilotlar |
|
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari | ||
|
1. |
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha) |
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
2. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi | |
|
3. |
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik | |
|
4. |
Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha) |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, “Agro ximoya xizmati oʼsimliklar klinikasi” MChJ, “Tomorqa xizmati agro-invest” MChJ |
|
5. |
Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
6. |
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
7. |
Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish | |
|
8. |
Mevachilik va uzumchilik |
Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xoʻjaligi |
|
9. |
Agronomiya (anorchilik) | |
|
10. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) | |
|
11. |
Ipakchilik va tutchilik |
Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ |
|
12. |
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish |
“Oʻzagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
|
13. |
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xoʻjaligida) |
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi |
|
14. |
Agrobiznes va investitsion faoliyat | |
|
15. |
Oʻrmonchilik |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi (Surxondaryo, Bobotogʻ, Boysun, Uzun, Qiziriq va Hisor davlat oʻrmon xoʻjaliklari) |
|
16. |
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi | |
|
17. |
Manzarali bogʻdorchilik | |
|
18. |
Zooinjeneriya (turlari boʻyicha) |
Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi |
|
19. |
Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari boʻyicha) | |
|
Magistratura mutaxassisliklari | ||
|
1. |
Agronomiya |
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
2. |
Seleksiya va urugʻchilik (ekinlar guruhlari boʻyicha) | |
|
3. |
Agrokimyo | |
|
4. |
Oʻsimlikshunoslik (ekinlar guruhlari boʻyicha) |
Oʻsimliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
|
5. |
Sabzavotchilik va polizchilik |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi, Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xoʻjaligi |
|
6. |
Oʻsimliklar himoyasida monitoring va bashorat |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, “Agro ximoya xizmati oʼsimliklar klinikasi” MChJ, “Tomorqa xizmati agro-invest” MChJ |
|
7. |
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyasi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi (Surxondaryo, Bobotogʻ, Boysun, Uzun, Qiziriq va Hisor davlat oʻrmon xoʻjaliklari) |
|
8. |
Iqtisodiyot (qishloq xoʻjaligida) |
Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi |
3-ILOVA
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar nomi |
Amaliyot turlari (bakalavriat/magistratura) hamda amaliyotni oʻtkazish obyektlari va manzillari | ||
|
Oʻquv-tanishuv amaliyoti obyekti va manzili |
Oʻquv amaliyoti obyekti va manzili |
Ishlab chiqarish amaliyoti/ ilmiy amaliyot (stajirovka) obyekti va manzili | ||
|
1. |
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik |
Axborot-maslahat markazi |
1. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
||||
|
2. |
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha) |
Axborot-maslahat markazi |
1. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali |
1. Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi |
|
2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
2. Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona koʻchasi, 10-uy) | |||
|
3. |
Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha) |
Axborot-maslahat markazi |
Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati tayanch punkti |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha) |
Axborot-maslahat markazi |
1. Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo viloyat filiali |
“Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi |
|
2. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi |
||||
|
5. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) |
Axborot-maslahat markazi |
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ (Termiz shahri, Zernovaya koʻchasi, 1-uy) |
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ (Termiz shahri, Zernovaya koʻchasi, 1-uy ) |
|
6. |
Oʻrmonchilik |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
|
7. |
Ipakchilik va tutchilik |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ |
Surxondaryo viloyati “Agro pilla” MChJ |
|
8. |
Mevachilik va uzumchilik |
Axborot-maslahat markazi |
1. Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi |
2. Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona koʻchasi, 10-uy) |
|
2. Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi |
2. Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi | |||
|
9. |
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
|
10. |
Manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi |
|
11. |
Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi |
|
12. |
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
Axborot-maslahat markazi |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi |
Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona koʻchasi, 10-uy) |
|
13. |
Agrobiznes va investitsion faoliyat |
Axborot-maslahat markazi |
1. “Oʻzagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona koʻchasi, 10-uy) |
|
2. “Golden Fresh” MChJ |
||||
|
14. |
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xoʻjaligida) |
Axborot-maslahat markazi |
“Oʻzagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
Surxondaryo viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Termiz shahri, Shukrona koʻchasi, 10-uy) |
|
15. |
Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish |
Axborot-maslahat markazi |
“Golden Fresh” MChJ |
“Golden Fresh” MChJ |
|
16. |
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish |
Axborot-maslahat markazi |
“Oʻzagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
“Oʻzagrolizing” AJning Surxondaryo viloyat filiali |
|
17. |
Zootexniya (turlari boʻyicha) |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati veterinariya |
|
18. |
Veterinariya meditsinasi |
Axborot-maslahat markazi |
Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi |
Surxondaryo viloyati veterinariya |
|
19. |
Agronomiya (anorchilik) |
Axborot-maslahat markazi |
Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xoʻjaligi |
Akademik M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi va Bandixon tajriba xoʻjaligi |