14.10.2021 yildagi O‘RQ-722-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 16-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 30-sentabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 588-modda, № 10, 674-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 203-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 142-moddasi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 588-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi mazmundagi 94-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“94-modda. Deputatning yordamchisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqasini saqlab turish hamda oʻz saylov okrugidagi faoliyatini samarali tashkil etish uchun yordamchiga ega boʻlishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining oʻn sakkiz yoshga toʻlgan fuqarosi deputatning yordamchisi boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi shaxslar deputatning yordamchisi boʻlishi mumkin emas, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli deputat bilan yaqin qarindosh (ota-ona, aka-uka, opa-singil, farzand, er-xotin, shuningdek er-xotinlarning ota-onasi, aka-ukasi va opa-singlisi) boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sodir etgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning yordamchisiga Qonunchilik palatasi tomonidan xizmat guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning yordamchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya, uning tegishli saylov okrugidagi hududiy boʻlimi hamda saylovchilar bilan samarali aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov okrugida jismoniy va yuridik shaxslardan deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarni roʻyxatga oladi va bu haqda deputatni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini deputat tomonidan qabul qilinishiga, shuningdek deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov okrugi hududida deputatning vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq ishlarni deputatning topshirigʻiga koʻra tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
okrug saylovchilarini deputatning faoliyati toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning murojaatlarini, soʻrovlarini tayyorlashda hamda saylov okrugida deputat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan olingan murojaatlar koʻrib chiqilishida ishtirok etadi, murojaatlarda bayon etilgan masalalarni oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deputatning oʻz vakolatlarini amalga oshirishga doir boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat yordamchisining ishini tashkil etish uchun siyosiy partiya tomonidan tegishli saylov okrugida siyosiy partiyaning hududiy boʻlimida xona ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning yordamchisini ishga qabul qilish deputatning taqdimnomasiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning yordamchisi deputatning vakolatlari davriga tuziladigan muddatli mehnat shartnomasi asosida ishlaydi. Muddatli mehnat shartnomasi deputatning yordamchisi va siyosiy partiyaning tegishli rahbari oʻrtasida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputatning yordamchisi bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasi deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda tugatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deputat yordamchisining mehnatiga haq toʻlash, shuningdek unga kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda siyosiy partiya mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 329-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi qismidagi “oʻninchi” degan soʻz “oʻn birinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq vaqtdan buyon shugʻullanayotgan, bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini yaxshi (yoki oʻz vaqtida) bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga koʻra toʻlovlarni belgilangan muddatda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmagan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi. Bunda bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati oxirgi uch yil davomida toʻlangan bojxona toʻlovlari summasining ellik foizidan oshmaydigan summa miqdorida, olti oy muddatga bojxona toʻlovlarini taʼminlash qoʻllanilmagan holda berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 99-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, ijtimoiy soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi hamda soliq agenti sifatida toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) ham haqli”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 100-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“31) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga koʻra soliq qarzini belgilangan muddatlarda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmaganligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining 31-bandida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, manfaatdor shaxsning arizasiga muvofiq soliqni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi. Bunda ushbu qismda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadigan soliq summasi oxirgi uch yil davomida toʻlangan soliqlar summasining ellik foizidan oshmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi — yigirmanchi qismlari tegishincha oʻn birinchi — yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 243-modda birinchi qismining 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va granulalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 312-moddaning ikkinchi qismi “taraflar imzolaganidan keyin” degan soʻzlardan keyin “2-koeffitsiyent qoʻllanilgan holda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 378-modda 16-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 483-modda quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hunarmand” uyushmasining aʼzolariga berilgan soliq imtiyozlari “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining aʼzolari boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-martga qadar boʻlgan davr uchun tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyida innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari 2024-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davr uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 4-moddasi 7-bandi uchinchi xatboshisining qoidalari 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-722-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son)