Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2004 15.02.1993 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“OʻZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASINING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 15-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-son

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 15-fevraldagi
82-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekturizm” deb yuritiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 27-iyuldagi Farmoniga muvofiq tuzilgan tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi davlat boshqaruv organi huquqiga ega boʻlgan xoʻjalik tashkiloti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” Oʻzbekiston Respublikasi hududida turizm sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirishni taʼminlaydi, chet ellarda va MDH davlatlarida respublika manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekturizm” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mazkur Ustav va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzbekturizm” yuridik shaxs hisoblanadi va toʻla xoʻjalik hisobi, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash, oʻz xarajatlarini oʻzi valyuta bilan qoplash prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi, mustaqil balansga, banklarda valyuta va boshqa hisob-kitob schyotlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek burchakli shtamp va nomi oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan xos ish qogʻoziga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekturizm” quyidagi manzilga joylashgan: 700047, Toshkent shahar, Xorazm koʻchasi, 47-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekturizm”ning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el tajribasini hisobga olib, ustuvor yoʻnalishlarning respublika konsepsiyasiga asoslangan turizm infrastrukturasini taraqqiy ettirishda yagona siyosatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqa va chet el turizmining barcha turlarini joriy etish, sayyohlarga xizmat koʻrsatish madaniyati va sifatini jahon andozalari darajasiga koʻtarish, davlat daromadiga iqtisodiyotning boshqa sohalariga, madaniyat va meʼmorchilikka qoʻshadigan ulushini sezilarli darajada koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasining barcha turlarini rivojlantirish uchun huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarni va shart-sharoitlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kreditlar va investitsiyalarni jalb qilish, uyushma korxonalar tashkil etish, chet el mamlakatlari va MDH davlatlari, shuningdek, ularning kompaniyalari hamda firmalari bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli dasturlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha chet el hamda MDH mamlakatlari bilan xalqaro aloqalarni ikki tomonlama asosda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari, kichik korxonalar, xorijiy va xususiy firmalarning sayyohlarni qabul qilish, joʻnatish va xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish, respublikaning tarixiy, tabiiy-ekologik mintaqalarini asrash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik markazlardan oqilona foydalanish va turizm korxonalari faoliyatini, turizm xoʻjaligining subyektlarini tashkil etish va qayta tuzish, birlashtirish, qoʻshib olish, boʻlib yuborish, tubdan oʻzgartirishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy merosini, turizm sohasining imkoniyatlarini, shu jumladan, chet eldagi va MDH davlatlaridagi oʻz vakolatxonalari va byurolari orqali, reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayr-sayohat faoliyatiga kiritiladigan tarixiy meʼmorchilik obyektlarini taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaxira, sugʻurta, shu jumladan, xalqaro prinsiplarga muvofiq sayyohlarni sugʻurta qilish boʻyicha, jamgʻarmalarini tashkil etish va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar bilan ishlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, turizm infrasturturasi uchun kadrlarni uzluksiz tayyorlash va ularni oʻqitish tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi va MDH davlatlaridagi qonunchilik organlarida, sudda, hakamlik sudida, prokuraturada sayr - sayohat korxonalarining manfaatlariga vakillik qilish va ularning manfaatlarini ifodalash, ularning huquqlarini himoya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III . Asosiy huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekturizm” oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar va Funksiyalarni amalga oshirish uchun vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz boshqaruvi doirasidagi davlat korxonalari va tashkilotlarini, xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish va tijorat korxonalari va tashkilotlarini, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikdagi qoʻshma korxonalar va tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat qarori asosida ixtiyoriga berilgan korxona va tashkilotlarning mulklarini boshqarish, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham respublikada, ham chet elda va MDH davlatlarida turli xil koʻchar va koʻchmas mulkni sotib olish, ayirish, ijaraga olish va ijaraga berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro meʼyorlar asosida transport vositalari, otellar, mehmonxonalar, kempinglar, shuningdek sayyohlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa obyektlarning tasnifini ishlab chiqish, qoniqarsiz servis xizmati koʻrsatilgan hollarda tashkilotlar, idoralar, tijorat tuzilmalarining chet ellik sayyohlarni qabul qilishini va ularga xizmat koʻrsatishini toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻla xoʻjalik hisobi, valyuta bilan oʻzini oʻzi qoplash va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplari asosida moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini mustaqil hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida, shuningdek chet eldagi va MDH davlatlaridagi banklarda valyuta hamda soʻmdagi schyotlarni ochish, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzbekturizm”ning mulk va mablagʻlarini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida, respublikada, shuningdek chet elda xorijiy turizm bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar bilan veksel bitishuvlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” tarkibiga kiruvchi boʻlinmalardagi turistik safar va yoʻllanmalarning qiymatini, koʻrsatiladigan xizmatlar va tovarlar narxini valyutada belgilash;.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Hukumatining topshirigʻiga muvofiq xalqaro turizm tashkilotlariga aʼzo boʻlish, chet elda vakolatxonalar, tijorat markazlari, axborot-reklama byurolarini mustaqil ochish, Oʻzbekistonda chet el turistik firmalari va kompaniyalari akkreditatsiyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm sohasini rivojlantirish manfaatlari yoʻlida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish. “Oʻzbekturizm”ga ixtiyoridagi nomenklatura boʻyicha birkitib qoʻyilgan tovarlar bilan eksport-import aʼmollarini belgilangan tartibda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda hamda chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun oʻz doʻkonlarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon amaliyotida qabul qilingan togʻ turizmi, ov, turistik lotereya, kazino singari dam olish turlarini, koʻngilochar va madaniy tomosha tadbirlarini rivojlantirish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish, litsenziya asosida turizm boʻyicha kino-video-audio mahsulotlari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik komplekslarni qurish, ularni qurishga, qayta qurishga hamda ulardan hamkorlikda foydalanishga chet el tashkilotlari va firmalarini jalb etish, respublikadagi va chet eldagi tashkilotlarda hissador boʻlish, shuningdek hammuassis boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilgan vakolatlar doirasida barcha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yoʻriqnoma hamda normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati turizm sohasi bilan bogʻliq boʻlgan tashkilot va korxonalarga litsenziya va sertifikatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasidagi qonunlari va qonunchilik aktlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda ushbu Nizomning vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, konsernlar, hokimliklar, aksionerlik jamiyatlari, uyushmalar, qoʻshma, kichik xususiy, kooperativ korxonalar, jamoat tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishini nazorat qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizmni tashkil etish va unga servis xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarda korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning faoliyatini toʻla tekshirishdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha kadrlarini tayinlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekturizm” belgilangan tartibda oʻzining tuzilma boʻlinmalari–mintaqaviy boʻlinmalarini tuzadi hamda ular faoliyatiga rahbarlik qiladi. Mintaqaviy boʻlinmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda, Toshkent shahrida tuziladi, bevosita “Oʻzbekturizm”ga boʻysunadi, amaliy faoliyatida mahalliy hokimliklar bilan bahamjihat harakat qiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda hisob-kitob schyotlariga va muhrga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy boʻlinmalar rahbarlari “Oʻzbekturizm” kompaniyasi Raisi tomonidan tayinlanadilar. Mintaqaviy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi Nizom “Oʻzbekturizm” boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. “Oʻzbekturizm”ni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbekturizm” kompaniyasini boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi, xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimini va shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash boshqaruv va taftish komissiyaning hisobotlarini eshitadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada turizm sohasining ahvoli va uning taraqqiyoti istiqbolini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashni “Oʻzbekturizm”ning raisi boshqaradi, u ayni chogʻda lavozimiga koʻra boshqaruv raisi ham hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash yigʻilishi yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzbekturizm” boshqaruvi tarkibi 7 kishidan iborat boʻladi. Boshqaruv tarkibi kompaniya raisi, lavozimiga koʻra birinchi oʻrinbosar, oʻrinbosarlar, shuningdek kompaniya apparati va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv Kengashning ijro etuvchi organi hisoblanadi hamda “Oʻzbekturizm” yigʻilishlari orasidagi davrda uning faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada turizmning moddiy bazasini va infrastrukturasini rivojlantirish istiqbolini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar mehnatiga haq toʻlash tizimini va shartlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm”ning markazlashtirilgan va boshqa jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm”ning markazlashtirilgan va boshqa jamgʻarmalariga soʻmlarda va valyutada chegirmalar normativlarini hamda ularni sarflash tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning boshqarmalari va boʻlimlari, uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlashni va lavozimdan ozod qilishni tasdiqlaydi, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” vakolatiga kiruvchi boshqa joriy va istiqbolli masalalarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv yigʻilishi kamida ikki oyda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzbekturizm” raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” faoliyatiga, uning Kengashi va Boshqaruviga yakkaboshchilik va kollegiallikni qoʻshib olib borish asosida rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekturizm” zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, rais oʻrinbosarlarining, “Oʻzbekturizm” tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining masʼuliyati darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrinbosarlar oʻrtasida vazifalar taqsimotini, boʻlinmalarning tuzilmasini tasdiqlaydi, ish haqi fondi doirasida apparat xodimlarining va tuzilma boʻlinmalari rahbarlarining lavozim maoshlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparat xodimlarini, kompaniya nomenklaturasiga kiradigan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekturizm” raisining birinchi oʻrinbosari hamda oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekturizm” raisi, uning oʻrinbosarlari mintaqaviy boʻlinmalar va tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar bilan tijorat hamda mehnat aloqalari oʻrnatishlari, shuningdek xizmat vazifalarini bajarishdan foyda koʻrishga olib keluvchi boshqa harakatlarni amalga oshirishlari mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzbekturizm”ning balansida aks ettirilgan, davlat mulki hisoblanadigan va toʻla xoʻjalik hisobi yuritish huquqi bilan “Oʻzbekturizm”ga tegishli boʻlgan asosiy fondlar hamda oborot mablagʻlar “Oʻzbekturizm”ning mol-mulkini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzbekturizm” mulkini shakllantiruvchi manbalar quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ish, mahsulotlarni sotish va xizmat koʻrsatishdan, shuningdek xoʻjalik faoliyatining boshqa turlaridan olinadigan foyda va daromaddan chegirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar tomonidan ehson tarzida berilgan yoki sotib olingan mulk;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar va fuqarolarning jalb etilgan mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro meʼyorlar bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI . Moliya, kredit, hisob-kitob va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzbekturizm” va uning boʻlinmalari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash faoliyatdan olingan xoʻjalik daromadi, kreditlar, badallardan olingan daromadlar va shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro meʼyorlarga zid boʻlmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzbekturizm” mablagʻlaridan joriy hamda istiqboldagi faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishda, banklar, chet ellik sheriklar, taʼminotchilar, pudratchilar bilan hisob-kitob qilishda, materiallar, asbob-uskunalar, boshqa mulklarni sotib olishda, binolarning ijara haqini toʻlashda, turizm obyektlarini qurish va qayta qurishda, eksport-import aʼmollarini oʻtkazishda, “Oʻzbekturizm” faoliyatini boshqarishni taʼminlashda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Soliqlar va budjetga boshqa toʻlovlar toʻlangandan keyin qolgan foyda (shu jumladan, valyutada) (sof foyda) “Oʻzbekturizm” boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq qayta taqsimlanadi va sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzbekturizm” buxgalteriya, tezkor va statistika hisob-kitobini olib boradi, belgilangan tartibda oʻz faoliyatining barcha turlari boʻyicha, belgilangan shakllar boʻyicha va belgilangan muddatlarda tegishli organlarga hisobot taqdim etadi, ularning ishonchliligi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Oʻzbekturizm” oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini yiliga kamida bir marta taftish qilishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. “Oʻzbekturizm”ni qayta tashkil etish va tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Oʻzbekturizm”ni qayta tashkil etish (qoʻshish, birlashtirish, boʻlish, ajratish) va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Ustavda aks ettirilmagan masalalar “Oʻzbekturizm”ning barcha xoʻjalik subyektlari bilan tuzadigan shartnomalari orqali tartibga solinadi.