20.09.2021 yildagi 588-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda jamoat tartibini saqlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarorida fuqarolar yigʻinlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiga boʻlgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni (keyingi oʻrinlarda — maskanlar) eksperiment tariqasida videokameralar oʻrnatish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish, ular negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyati tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, erga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishi, ushbu yerlar davlat-xususiy yoki ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatiga xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berish mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2021-yil 1-oktabrdan 2022-yil 1-oktabrga qadar maskanlar negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, eksperiment doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlariga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofidagi yer uchastkalarining 6 kvadrat metr maydonigacha “Elektron kuzatuv maskanlari”ni joylashtirish uchun, qolgan qismi tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun (yengil konstruksiyalardan barpo etilgan, chuqurlashtirilgan poydevorlarga va yer osti inshootlariga (0,5 metrdan koʻp) ega boʻlmagan, buzib olib (bartaraf etib) koʻchirish imkoniyati mavjud boʻlgan yengil turdagi qurilmalardan foydalanish sharti bilan) eksperiment muddatidan qatʼi nazar, besh yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga beruvchi — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ijaraga oluvchi — “Elektron kuzatuv maskani”ni tashkil etish uchun fuqarolar yigʻinlarida barpo etilgan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni belgilangan tartibda ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda savdolar tashkilotchisi — “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlik subyektlari “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tanlov natijalariga koʻra maskanlarni ijaraga berish “E-auksion” elektron savdo platformasida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida elektron shaklda tuziladigan (shu jumladan, elektron raqamli imzo orqali) ikki tomonlama shartnoma orqali rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnomasi muddati tugagandan soʻng maskanlarning binolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga mulk huquqi asosida qoldiriladi, qolgan mol-mulk va jihozlar tadbirkorlik subyekti tomonidan erkin tasarruf etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan ijaraga olingan maskanlarda videokameralar oʻrnatilganligi va “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etilganligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maskanlar negizida “Elektron kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish, ularda videokameralar va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan, elektr energiyasi xarajatlarini qoplash maskanlarni ijaraga olgan tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida beriladigan “Jamoatchilik nazorati maskanlari” roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishga qoʻyiladigan minimal talablar va takliflarni baholash mezonlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-oktabrga qadar mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan maskanlardan (muhandislik-texnik kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan yoki oʻtkazish oson boʻlgan) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining murojaatiga asosan maskanlarga tutash hududdan 15 kvadrat metr yer uchastkasini ijara huquqi asosida ushbu qarorning 3-bandida belgilangan ijtimoiy foydali maqsadlar uchun ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur qarorga 4-ilovaga muvofiq tarkibda maskanlarni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruh tarkibini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil turdagi qurilmalarga qoʻyiladigan talablar namunaviy loyihalarining ochiq va shaffof boʻlishini hamda bu haqda ommaviy axborot vositalarida va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-oktabrga qadar ijaraga beriladigan maskanlarning binolari atrofidagi yer uchastkalarida quriladigan yengil turdagi qurilmalarga qoʻyiladigan talablarning texnik topshirigʻini ishlab chiqsin va maskanlarni tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlarga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-noyabrga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan kelishgan holda “Elektron kuzatuv maskanlari”dan foydalanish shartlari, ularning asosiy faoliyat yoʻnalishlari hamda ularda tungi xizmatga jalb qilingan ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-noyabrga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda eksperiment natijalarini puxta tahlil etgan holda respublika boʻyicha barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini joriy etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Elektron kuzatuv maskanlari”ni tashkil etish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladigan maskanlar boʻyicha savdolarni oʻtkazish uchun elektron xizmatlar koʻrsatilishi boʻyicha “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi bilan shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tartibning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
588-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida beriladigan “Jamoatchilik nazorati maskanlari”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar nomi

Tuman-shahar nomi

MFY nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

“Garezsizlik” MFY

Qoʻngʻirot tumani

“Ajiniyaz” MFY

Shumanay tumani

“Tozabozor” MFY

2.

Andijon viloyati

Andijon shahri

“Oʻzbegim” MFY

Xoʻjaobod tumani

“Beshkaram” MFY

3.

Buxoro viloyati

Buxor� shahri

“Toʻqimachi” MFY

“Piridastgir” MFY

Kogon tumani

“B.Naqshband” MFY

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

“Xalqobod” MFY

“Navroʻz” MFY

Sh. Rashidov tumani

“Qahramon” MFY

Forish tumani

“Oqtepa” MFY

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahri

“Otchopar” MFY

Koson tumani

“Paxtazor” MFY

Shahrisabz tumani

“Chorshanbe” MFY

Yakkabogʻ tumani

“Jambul” MFY

6.

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Dehqon” MFY

Konimex tumani

“Yuksalish” MFY

Nurota tumani

“Yangi turmush” MFY

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

“Dashtbogʻ” MFY

“Yuksalish” MFY

Uychi tumani

“Yuksalish” MFY

Norin tumani

“Shoʻrariq” MFY

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

“Tinchlik” MFY

9.

Sirdaryo viloyati

Xovos tumani

“Bunyodkor” MFY

Boyovut tumani

“Joʻlangar” MFY

Sirdaryo tumani

“Shirin” MFY

10.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani

“Navroʻz” MFY

Sherobod tumani

“Doʻstlik” MFY

11.

Toshkent viloyati

Angren shahri

“Mustaqillik” MFY

Ohangaron tumani

“Eyvalek” MFY

Zangiota tumani

“Iqbol” MFY

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahri

“Maʼrifat” MFY

Qoʻqon shahri

“43-Navbahor” MFY

Oʻzbekiston tumani

“Bozor Yaypan” MFY

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahri

“Temir yoʻlchi” MFY

Shovot tumani

“Turkiston” MFY

Bogʻot tumani

“Obod” MFY

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoatchilik nazorati maskanlari”ning binolarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olishga qoʻyiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MINIMAL TALABLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hududni tasvirga tushirish va kuzatish uchun videokuzatuv ip kamerasi color full (kamera 8 mp) — 4 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Video tasvirni monitorga chiqarib beruvchi qurilma — 1 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Videokuzatuv kameralariga quvvat yetkazib beruvchi qurilma — 1 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tasvirga olingan video lavhalarni saqlovchi qurilma — 1 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “UPS” qurilmasi — 1 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Videokuzatuv kameralarini qurilmalarga ulash uchun 5e kategoriyali SFTP kabeli — 1 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Videokuzatuv kameralari orqali tasvirga olingan lavhalarni koʻrish uchun 26 dyuymli monitor — 1 ta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamoatchilik nazorati maskanlari”ning binolarini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berishda eng yaxshi takliflarni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASh MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Loyiha boʻyicha takliflar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududni tasvirga tushirish va kuzatish uchun videokuzatuv ip kamerasi color full (kamera 8 mp) soni — eng yaxshi taklifga 50 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tasvirga olingan video lavhalarni saqlovchi qurilmaning xotira hajmi (gigabayt) — eng yaxshi taklifga 20 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “UPS” qurilmasi soni — eng yaxshi taklifga 15 ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) videokuzatuv kameralari orqali tasvirga olingan lavhalarni koʻrish uchun monitor hajmi (dyuym) — eng yaxshi taklifga 15 ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha mezonlar boʻyicha jami maksimal ball 100 ga teng boʻlib, quyidagi formula asosida har bir mezon boʻyicha talabgorning balli hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tball=(Ttk/Tmaks)×Mmaks
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tball — talabgor tegishli mezon boʻyicha olgan ball;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ttk — talabgorning tegishli mezon boʻyicha bergan taklifidagi koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tmaks — talabgor tomonidan tegishli mezon boʻyicha berilgan takliflar orasidagi eng yaxshi koʻrsatkich;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mmaks — baholash mezonlarining 1-bandida koʻrsatilgan har bir mezon boʻyicha belgilangan maksimal ball.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Talabgorlar

“a” mezon

Ball

“b” mezon

Ball

“v” mezon

Ball

“g” mezon

Ball

Jami ball

1-talabgor

7 dona*

50

1024 GB

6,7

1 dona

15

32 dyuym

11,2

82,8

2-talabgor

5 dona

35,7

2048 GB

13,3

1 dona

15

26 dyuym

9,1

73,1

3-talabgor

4 dona

28,6

3072 GB*

20,0

1 dona

15

43 dyuym*

15,0

78,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mezonlar boʻyicha Tmaks:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” mezon boʻyicha 1-talabgorning taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“b” mezon boʻyicha 3-talabgorning taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” mezon boʻyicha barcha talabgorlarning taklifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” mezon boʻyicha 3-talabgorning taklifi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash mezonlarining 2-bandida nazarda tutilgan tartibda har bir mezon boʻyicha ball hisoblangandan soʻng har bir talabgor toʻplagan ballarning jami yigʻindisi hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol sifatida koʻrsatilgan holatda eng yuqori ball 1-talabgor tomonidan toʻplangan va eng yaxshi taklif sifatida eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlarining eng yaxshi takliflarini tanlab olish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida tashkil etiladigan vaqtinchalik ishchi guruhning namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, ishchi guruh rahbari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri, viloyatlar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmalari boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari

Lavozimi boʻyicha

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hududiy boshqarmalari boshliqlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh rahbari zaruratga koʻra ishchi guruh tarkibiga boshqa tashkilotlar rahbarlari yoki vakillarini ham jalb qilishga haqli.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2021-y., 09/21/588/0895-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)