1-ILOVA
|
T/r |
Funksiya |
Vakolatli organ |
|
1. |
Tashuvchilar tomonidan sanitariya qoidalarining buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etish. |
Transport vazirligi |
|
2. |
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar ekin maydonlarida, tomorqa yerlarida, issiqxona xoʻjaliklarida fitosanitariya holati ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib borish. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
3. |
Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllashning sifati ustidan nazorat olib borish. | |
|
4. |
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼmuriy binolarini qurish ishlarining sifati boʻyicha monitoring olib borish. |
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi |
|
5. |
Aksiz markalaridan foydalanish va ularni sotish, shuningdek, aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklarni savdo tarmogʻi (chakana, ulgurji) orqali sotishni nazorat qilish. |
Davlat bojxona qoʻmitasi |
|
6. |
Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalar hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida keltirilgan asbob-uskunalar (jihozlar, materiallar, axborot va tashkiliy texnika tizimlari va vositalari) reyestrini yuritish va belgilangan tartibda nazoratini amalga oshirish. | |
|
7. |
Chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sugʻurta boʻyicha qonunchilikda belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish. | |
|
8. |
Issiqlik taʼminoti, suv taʼminoti va oqava suvlarni chiqarib yuborish korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari sarflanishini nazorat qilish. |
Davlat soliq qoʻmitasi |
|
9. |
Qurilishda metall prokatining qoʻllanilishi yuzasidan tegishli nazoratni taʼminlash. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
10. |
Oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini taʼminlash, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar boʻyicha bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. |
Davlat statistika qoʻmitasi |
|
11. |
Tegishli hududda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari |
|
12. |
Yoqilgʻi-energetika tarmoqlari mahsulotlariga shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflarning shakllantirilishi va qoʻllanishining toʻgʻriligini doimiy nazorat qilib borish. | |
|
13. |
Yer qaʼridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. | |
|
14. |
Kommunal xizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisida daʼvolar bilan sudga murojaat qilish. | |
|
15. |
Tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish. | |
|
16. |
Yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligi, ularni saqlash sharoitlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish. |
2-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomlanishi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va oʻtkazish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish, Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini yuritish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-dekabr | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil manfaatdor idoralar |
2. | Tadbirkorlik faoliyati erkinligi indeksini aniqlash tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-dekabr | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil manfaatdor idoralar |
3. | “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini ishga tushirish. Bunda, ushbu tizim quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlishini taʼminlash: davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish; tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish va tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining hisobini yuritish. Bunda, Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga integratsiya qilinadi; tadbirkorlik subyektlarini tegishli majburiy talablar boʻyicha onlayn oʻqitish va faoliyati majburiy talablarga mosligini oʻzini-oʻzi tekshirish mexanizmlarini joriy qilish; nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarning belgilangan tartibda oʻtkazilishini baholash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-aprel | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil Moliya vazirligi manfaatdor idoralar |
4. | Har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish boʻyicha savolnomalarni Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan holda tasdiqlash. | Ichki idoraviy hujjat | 2022-yil 1-yanvar | Nazorat qiluvchi organlar, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
Tasdiqlangan savolnomalarni nazorat qiluvchi organlarning rasmiy veb-saytiga, shuningdek, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga (ushbu tizim ishga tushirilgandan soʻng) joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2022-yil 1-yanvar, doimiy | ||
5. | Nazorat qiluvchi organ tomonidan tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibini oʻrnatish. B?nda, xabarnomada tekshiruv oʻtkazish muddati va predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligi, korrupsiya alomatlari vujudga kelganda xabar berish tartibi, mansabdor shaxslarning harakatlari ustidan shikoyat berish tartibi va manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq masalalar majburiy tartibda koʻrsatilishini nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-dekabr | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
6. | Davlat nazorati funksiyalari, majburiy talablar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega mansabdor shaxslarning elektron reyestrlarini shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda: davlat nazorati funksiyalari reyestrida davlat nazorati funksiyasi, nazorat qiluvchi organ, nazoratni amalga oshirish shakli va nazorat obyekti koʻrsatiladi; majburiy talablar reyestrida tadbirkorlik faoliyati turlari boʻyicha majburiy talablar roʻyxati va savolnomalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda koʻrsatiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-noyabr | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil nazorat qiluvchi organlar |
7. | Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2022-yil 1-yanvar | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil manfaatdor idoralar |
8. | Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlarida tekshiruvlar oʻtkazish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2022-yil 1-noyabr | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov) |
9. | Tadbirkorlik subyektlari uchun eng koʻp maʼmuriy yuk boʻlayotgan davlat nazorati funksiyalarini akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, litsenziyalash va boshqa usullar orqali xususiy sektorga oʻtkazish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2022-yil 1-yanvar | Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
11. | Davlat nazorati funksiyalari va tekshiruv turlari roʻyxatlarini tegishli sohalarda xavfsizlik darajasi taʼminlanganligi, ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlanishning joriy holatini inobatga olgan holda kamida uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har uch yilda | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Qosimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Savdo-sanoat palatasi |
3-ILOVA